Muhammad Rahim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1428 — 1468 Abdulxayr
1501 — 1510 Muhammad Shayboniy
1510 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1539 Ubaydulla I
1539 — 1540 Abdulla I
1540 — 1552 Abdullatif
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1556 — 1583 Pirmuhammad
1583 — 1598 Abdulla II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy Otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1861 Nasrulla
1861 — 1885 Muzaffaruddin
1885 — 1911 Said Abdulahad
1911 — 1919 Said Olim

Muhammad Rahim (17561758-yillar) — mangʻitlar sulolasining asoschisi, Muhammad Hakimbiyning oʻgli. (1709— 1758.24.3) — mangʻitlar sulolasining asoschisi, qushbegi, Buxoro xoni (1756—58). Muhammad Hakimbiynmng oʻgʻli. Otasining koʻmagi bilan Ashtarxoniylardan Abulfayzxon saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan. Eron hukmdori Nodirshohning Buxoroga hujumidan keyin mamlakatda uning mavqei yanada oshgan va Abulfayzxonning qiziga uylangan. Buxoroning ob-roʻli kishilaridan 12000 nafarga bosh boʻlib, ularni oq uylik sifatida Eron poytaxti — Mashhadga olib kelgan. Keyinchalik kattaqoʻrgʻonlik Ibodullohbiy boshchiligida xitoyqipchoq qavmlari koʻtargan isyonni bostirish uchun Nodirshohning buyrugʻi bilan Buxoroga qaytadi (1745) va qushbegi — bosh vazir lavozimini egallaydi. Aynan shu paytdan boshlab u Buxoro xonliginiig amaldagi hukmroniga aylangan. M.R. buyrugʻi bilan 1747 yilda Abulfayzxon Mir Arab madrasasi hujralaridan birida oʻldiriladi. Taxtga Abdulmoʻminxon (hukmronligi: 1747— 51), Ubaydullaxon III ibn Abdulmoʻminxon (hukmronligi: 1751—54), Shergʻozi (hukmronligi: 1754—56)ni oʻtqazib, bu qoʻgʻirchoq xonlar davrida markaziy hokimiyatga boʻysunishni xohlamayotgan Miyonkol, Nurota, Urgut, Jizzax, Oʻratepa, Xoʻjand, Toshkent, Shaxrisabz, Boysun, Hisor, Qubodiyon va boshqa bekliklar ustiga yurish qilib, ularni boʻysundiradi. Burqut, bahrin, kenagas, qipchoq, yuz, saroy va boshqa qavmlarni mamlakatning turli hududlariga koʻchirib, xonlikning yaxlitligi va xavfsizligi uchun izchil kurashgan. Urushlar tufayli vayron boʻlgan Dargʻom kanalini qayta tiklattirgan. Buxoro shahrining mudofaa devori mustahkamlanib, balandligi 2 m.li yangi devor qurilgan (1752—53). M. R. Buxoro taxtiga rasmiy ravishda xon boʻlib oʻtirgach (1756.16.12), mangʻitlar sulolasining xukmronligi boshlandi. U Xiva xonligidagi siyosiy nizolardan foydalanib, taxtga oʻz odamlarini oʻtqazgan. Buxorolik tarixchi Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniyning yozishicha, Gʻijduvon tumanidan qaytayotganda yoʻdda vafot etgan. Buxorodagi Shohrud anhori boʻyida, Mozor darvozasidagi Abu Bakr Tarxon qabristonida dafn etilgan.[1][2][3]

Buxoro xonligidagi siyosiy ahvol[tahrir]

Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida oʻzbek qabilalaridan mangʻitlar va qoʻngʻirotlarning nufuzi baland edi. Bu ikki qabila haqiqiy hokimiyat ashtarxoniylar qoʻlida boʻlib turgan davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qilgan edilar. Biroq, keyinchalik, Buxoroda mangʻitlar alohida nufuzga ega boʻlish uchun astoydil kurashdilar. Muhammad Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar.

Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgan edi. Uning oʻgʻli Muhammad Rahimbiy oʻzining muntazam qoʻshinga egaligidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqei uchun daʼvogarlik qila boshladi. Soʻnggi ashtarxoniy Abulfayzxon unga Bosh vazirlik lavozimini berishga majbur boʻldi va oxir-oqibatda markaziy hokimiyat uning qoʻlida toʻplandi.

Nodirshoh 1747-yilda oʻldirilganidan soʻng Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimning Buxoro taxtini egallashiga yoʻl ochib berdi. Uning buyrugʻi bilan Abulfayzxon ham 1747- yili oʻldirildi. Muhammad Rahim taxtga Abulfayzning oʻgʻli Abdulmoʻminni oʻtqazdi va uni oʻziga kuyov qilib oldi. Koʻp oʻtmay Muhammad Rahim kuyovi Abdulmoʻminni ham qatl ettirdi. Tez orada Muhammad Rahim Buxoro aslzodalari va ruhoniylarining qoʻllab-quvvatlashi bilan 1756-yilda oʻzini xon deb eʼlon qildi. Biroq mangʻitlar chingiziylar nasliga mansub boʻlmaganligi uchun undan keyingi mangʻit hukmdorlari oʻzlarini xon deb emas, amir deb ataganlar. Ular Buxoro mintaqasining diniy hukmdori — amir ul-moʻminin hisoblanganlar.

Shunday qilib, 1756-yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi sulola — mangʻitlar sulolasi keldi va davlatni 1920-yilgacha idora qildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan boʻldi. Mangʻitlar 92 oʻzbek qabilasining biri edi.

Muhammad Rahim - Buxoro hukmdori[tahrir]

Muhammad Rahim - mamlakatda oʻzining mutlaq hukmdorligini oʻrnatish hamda ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday siyosatdan koʻzlangan maqsad — markazlashgan davlatni tiklash edi. Muhammad Rahim bu siyosatni roʻyobga chiqarishga qatʼiy kirishdi. U barcha mahalliy hukmdorlarni oʻz huzuriga chorlab, ularga oʻzining asl maqsadini, oʻz boshqaruv dasturini maʼlum qildi. Lekin davom etayotgan ichki nizolar, urushlar mamlakatni xonavayron qilayotganligi, xoʻjalik, savdo-sotiq ishlarining izdan chiqayotganligi, agar bu jarayonlar bundan buyon ham davom etiladigan boʻlsa, davlat halokati muqarrar ekanligini alohida taʼkidladi. Qaysi mahalliy hukmdor markaziy hokimiyatga boʻysunmasa, undaylar ayovsiz jazoga tortilishini ogohlantirdi.

Muhammad Rahimxon mustaqillikni daʼvo etib yurgan Miyonqol, Nurota, Qoʻbodiyon, Boysun, Shahrisabz hamda Urgut bekliklarini toʻrt yil davomida oʻziga boʻysundirdi. Ayni paytda u boʻysunishni istamagan, markaziy hokimiyatga boʻysunmaslikka urinayotgan qabilalarni turgan joyidan koʻchirtirib yuborish siyosatini tutdi. Masalan, burqut, qipchoq, yetti urugʻ, bahrin, yuz kenagas, saroy va boshqa qabilalarga nisbatan ana shunday siyosat yuritildi.

Muhammad Rahim yirik yer egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha davom etib kelgan aralashuvlarini keskin kamaytirishga erisha oldi. Shunday boʻlsa-da, u barcha bekliklarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga toʻla erisha olmadi.[4]


Manbalar[tahrir]

  1. Mirza Abdal’ azim Sami, Tarixi salatini mangitiyya, M.,
  2. Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Muhammad Rahimxon eduportal.uz saytida