Joʻsh ota masjidi
Masjid | |
Joʻsh ota masjidi
| |
Mamlakat | O'zbekiston |
Hudud | Samarqand |
Shahar | Qoʻshrabot |
Manzil | Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Kubayev Narzullo |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joʻsh ota masjidi — Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida joylashgan masjid. Mazkur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joʻsh ota masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. Ishtixon tumani “Eshon Temirxon to‘ra” jome masjidi imom-noibi Nodirxon Ravshanxon o‘g‘lining maqolasiga qaraganda ushbu masjid Shayx Abdulaziz Xo‘ja tomonidan qurilganligini masjid ichidagi minbar tepasidagi devorga yopishtirilgan marmar toshda yozilgan[2]. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Ushbu masjidning imomi Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanining imom-xatibi Kubayev Narzullo bo'lib, Juma namozi, Qurbon va Ramazon hayiti namozlari vaqtida oʻz mav’izalarini qiladi[3].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida maftunkor naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllanilgan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Qoʻshrabot tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Qoʻshrabot tumanining aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[3]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Qoʻshrabot tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi. Shuningdek, masjid Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur’on oʻqiladigan masjidlar roʻyxatiga kiritilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ўзбекистон масжидлари“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
- ↑ „“JO‘SH OTA” JOME MASJIDI TARIXI“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 14-sentabr 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Жуш ота жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 14-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
Qoʻshrabot masjidlari | |
---|---|
Qoʻshrabot |