Uslub

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.

Vazifaviy U. nutqkoʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy U.lari mavjud: 1) soʻzlashuv U.; 2) rasmiy U.; 3) ilmiy U.; 4) publitsistik U.; 5) badiiy U. Vazifaviy U.ni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv U.i — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal qilishidir. Vazifaviy U.ning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bn, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imoishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning , ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Mas, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv U.iga xos. Soʻzlashuv U. i fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Rasmiy U. (rasmiy ish qogʻozlari U.i) — hozirgi oʻzbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu U. boshqa U.dan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy U.da soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish U.ida kichraytirisherkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinkitantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliklikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu U.dagi ran qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp koʻllanadi. Pekin ran tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy U.da surok, va undov gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxe yoki uchinchi shaxe tilidan yoziladi. Rasmiy ish qogʻozlari matnini tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Mas, buyrukda "... soʻm maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat yozishmalarida "Sizga ...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin.

Ilmiy U. — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy U.dir. Bu U.da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy U.ning bu turi terminologik va mavhum leksikaning , murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k. bilan ajralib turadi. Ilmiy U.da yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy U. oʻz ichida quyidagi mayda U. ga boʻlinadi: ilmiy ish U., ilmiytexnik U., ilmiyommabop U., ilmiypublitsistik U. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy U.ning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.

Publitsistik U. vazifaviy U.ning bir turi boʻlib, u ijtimoiysiyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilmaxilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va sh.k. belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik U. ijtimoiysiyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutklar va sh.k.da oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiysiyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik U.ning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik U.da til vositalaridan foydalanishda muallifning individual U.i deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlada tez koʻzga tashlanadi. Badiiy U.da ham bu holat mavjud; rasmiy U.da esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik U. baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda "ommabop U.", "matbuot U.i" kabi terminlar bilan ham ataladi.

Badiiy U. — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa U.ga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchmametaforik qoʻllanishi va sh.k. belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud boʻlgan barcha lugʻaviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq U.ining oʻziga xos xususiyati deb qarash kerak boʻladi. Chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy U.da chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dagʻal soʻzlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagani holda ularni badiiy U.da oʻrni bilan qoʻllash mumkin. Vazifaviy U.ning hech birida til oʻzining tuzilish jihatlari, lugʻat tarkibi, yaʼni soʻzning maʼno boyligi va rang-barangligini, toʻgʻri va koʻchma maʼnolarni badiiy nutq U.idagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, yaʼni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida soʻz ishlatish va soʻz tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib boʻlmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, soʻz tanlash yoʻsini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga boglik boʻladi. Mas, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim soʻzlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bogʻliq. Mac, bashar, samo, oraz, mujda soʻzlari, asosan, nazmda qoʻllanadi. Nasrda yoki soʻzlashuv nutqida esa bularning sinonimlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar soʻzlari keng qoʻllanadi. Badiiy nutq U.ida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, oʻxshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik soʻroqlarning badiiy U.da faol qoʻllanishi bu U.ning oʻziga xos tarkibi mavjudligini koʻrsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Adabiyot[tahrir]

  • Oʻzbek tili stilistikayei, T., 1983; Qoʻngʻurov R., Begmatov E., Tojiyev Yo., Nutqmadaniyati vauslubiyatasoslari. T., 1992.