Mugʻlon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mugʻlon
shahar
38°57′33″N 65°25′41″E / 38.95917°N 65.42806°E / 38.95917; 65.42806 G OKoordinatalari: 38°57′33″N 65°25′41″E / 38.95917°N 65.42806°E / 38.95917; 65.42806 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Kasbi tumani
Aholisi
23 200
Vaqt mintaqasi UTC+5
Mugʻlon xaritada
Mugʻlon
Mugʻlon

Mugʻlon — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi qishloq. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Koson (20 km). Mugʻlondan viloyat markazi (Qarshi shahri)gacha 45 km. Aholisi 7 ming kishi (2003). Obihayot va Kasbi kanallaridan suv oladi. Maʼmuriy idoralar, aloqa boʻlimi, avtostansiya, Oʻzbekiston—Turkiya qoʻshma korxonasi, dehqon bozori, 2 umumiy taʼlim maktabi, litsey-internat, madaniyat saroyi, stadion, markaziy kasalxona, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Mugʻlon— Qarshi, Mugʻlon—Koson yoʻnalishlarida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil