Beshkent
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Beshkent — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi shahar (1977-yildan). Tuman markazi (1964-yildan). 1926-yildan Beshkent tumani markazi boʻlgan. B. tumanning shim.-sharqiy qismida joylashgan. Viloyat markazi va yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qarshigacha 7 km. Aholisi 15,8 ming kishi (2005). Xoʻjaliklari va aholisi Beshkent kanalidan suv oladi. Shaharda paxta tozalash zavodi, non kombinati, 5 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston — Rossiya, Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari) faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, Qarshi choʻlini oʻzlashtirish bilan shu-gʻullanuvchi bir qancha korxona va muassasa bor. 4 umumiy taʼlim maktabi (3,9 ming oʻquvchi), 1 litsey (237 oʻquvchi), 1 kasb-hunar kolleji (627 oʻquv-chi) mavjud. 11 sport inshooti, 32 jismoniy tarbiya va sport jamoalari faoliyat koʻrsatadi. 2 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxona, 3 poliklinika aholiga xizmat koʻrsatadi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |