Muborak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Muborak
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Qashqadaryo viloyati
Tuman Muborak tumani
Koordinatalari 39°15′36″N 65°00′09″E / 39.26000°N 65.00250°E / 39.26000; 65.00250Koordinatalari: 39°15′36″N 65°00′09″E / 39.26000°N 65.00250°E / 39.26000; 65.00250
Aholisi 23 800 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Muborak (Oʻzbekiston)
Muborak

Muborak — Oʻzbekiston respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan shahar. Muborak muhim gaz va neft shahridir. Shahar Muborak tumanining markazi hisoblanadi. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 78 km masofada joylashgan.

Tarixi[tahrir]

Muborak 1974-yildan beri shahar hisoblanib keladi. Baʼzi mahalliy rivoyatlarga koʻra, „Muborak“ nomi Imom Buxoriyning ustozlaridan biri deb sanalgan Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziyga atab barpo qilingan „Xoʻjamuborak“ qishlogʻi nomidan olingan.

Demografiyasi[tahrir]

Muborakning aholisi 31 455 kishidir.[1] 2002-yil aholi soni 28 300 kishi boʻlgan.[2] Muborakda asosan oʻzbeklar yashaydi. Shuningdek, tojik, rus, turkman, ukrain, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor.

Iqtisodi[tahrir]

Muborak muhim gaz va neft shahridir.[3] Muborak yaqinida Muborak gazkondensat koni joylashgan.

Madaniyati[tahrir]

Muborakda tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash zavodi, „Muborakneftgaz“ korxonasi, bosmaxona, toʻrt avtokorxona, oʻn qurilish taʼmirlash korxonasi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, sanoat kasb-hunar, tibbiyot, pedagogika-iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, kutubxona, klub, stadion, yoshlar sport majmuasi, tennis korti, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Shaharda suv bilan davolash fizioterapiya shifoxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Transporti[tahrir]

Muborak Qarshi—Buxoro temir yoʻlidagi stansiyadir. U yerga KitobQarshiBuxoro poyezdi qatnaydi. Shuningdek Muborakdan Koson, Qarshi, Buxoro yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]