Qamashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qamashi
shahar
38°49′27″N 66°27′39″E / 38.82417°N 66.46083°E / 38.82417; 66.46083 G OKoordinatalari: 38°49′27″N 66°27′39″E / 38.82417°N 66.46083°E / 38.82417; 66.46083 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Qamashi tumani
Aholisi
33 800
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Qamashi xaritada
Qamashi
Qamashi

QamashiOʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1978-yildan). Qamashi tumani markazi (1974-yil 23-dekabrgacha Qamashi qishlogʻi). Transport yoʻli stansiyasi. Qamashidan Karshi shahrigacha 63 km. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha Q nomi oʻzbekqoʻngʻirot urugʻining qamaychi tarmogʻi nomidan olingan. Aholisi 34 ming kishi (2005). Qamashida paxta tozalash zavodi, koʻrpa paxta fabrikasi, qurilish materiallari kombinati va boshqalar qurilish tashkilotlari, MTP, 2 avtokorxona,qamashi cherry avtosaloni,kompyuter clublari,it park,istrohot bog‘lari,ko‘p qavatli turar joylar,texnika va oziq ovqat dukonlar tarmog‘i,"Langar ota ziyorotgohi" "Mikron" firmasi (makaron ishlab chiqaradi), terini qayta ishlash korxonasi, momiq fabrikasi, ishlab turibdi. Kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshma korxonalar mavjud. 2 litsey, 32 kasb-hunar kolleji, 5 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uyi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixonalar va tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qamashidan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Qamashi" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil