Kitob (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Kitob
shahar
Kitob Zarafshan Range.jpg
39°08′01″N 66°52′55″E / 39.13361°N 66.88194°E / 39.13361; 66.88194 G OKoordinatalari: 39°08′01″N 66°52′55″E / 39.13361°N 66.88194°E / 39.13361; 66.88194 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Kitob tumani
Markazi balandligi 672 m
Rasmiy til(lar)i o'zbek
Aholisi
51 235
Milliy tarkib o'zbek 100%
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kitob xaritada
Kitob
Kitob
Kitob Zarafshan Range.jpg

Kitob — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Qashqadaryo bilan Okdaryo oraligʻidagi Shahrisabz-Kitob botigida, oʻrtacha 685 m balandlikda joylashgan. Qarshi — Kitob temir yoʻl shoxobchasining oxirgi — Kitob st-yasidan 4 km, viloyat markazi — Qarshi shahridan 130 km. Aholisi 34,9 ming kishi (2000).

Shahar nomi forscha kift — yelka, ob — suv soʻzlaridan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. K. oʻrta asrlarda Gʻarb bilan Sharq mamlakatlarini birbiriga bogʻlagan yirik kar-von yoʻli yoqasida, Samarqand va Shahrisabz (Kesh)ga yaqin joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Maydoni 40 ga, shahar arki 1 ga dan koʻproq joyni egallagan. Ark harobalari hozir Qalandartepa deb yuritiladi. Shahar devorining qalinligi 7,5 m. Bu devor taxmi-nan miloddan avvalgi 3-asrda qurilgan. Oʻtmishda K.ning jan.-gʻarbiy tomonida kulolchilik mahallalari joylashgan. Arxeologik qazishlar natijasida ochilgan madaniy qatlamlardan katta marmar plitalar, bino qoldiqlari, turli shakldagi rangli sopol idishlar, mayda haykalchalar va boshqa buyumlar topilgan. Shahar bir qancha vaqt tushkunlikka tushib, 6—7-asrlarda qayta tiklangan. Arkdan tashqarida 2,5 ga yerga qalʼa-qarorgoh qurilib, qalin devor bilan oʻrab olingan. 9—17-asrlarda shahar avvalgi mavqeini yoʻqotgan. 18-asrda K. beklik markaziga aylangach, birmuncha tiklangan. Oʻsha davrda K.da 6 shahar darvozasi, bir necha oʻn guzar, 2 karvonsaroy, bozor, hammom, 4 qabriston boʻlgan. iHoz. K. Qashqadaryo viloyatining yirik madaniy va iqtisodiy markazlarilan. Paxta tozalash, vino z-dlari va boshqa korxonalar mavjud. K. kenglik st-yasi jahondagi 5 ta shunday st-yaning biridir (qarang Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi). K.da tuman hokimiyati binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, madaniyat uyi, umumiy taʼ-lim maktablari, avtostansiya, madaniyat va istirohat bogi, stadion va tennis korti, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.

K. Katta Oʻzbekiston trakti orqali Shahrisabz, Samarqand va boshqa shahar hamda tumanlar bilan bogʻlangan.[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob shahri Oʻzbekistonning navqiron shaharlaridan biri hisoblanadi.

KIFTIOB-yoxud ikki daryo oʻrtasidagi shahar demakdir. Kitob tumani hududini uch tomondan baland togʻlar — Ziyovuddin, Qoʻrgʻontogʻ (Zarafshon tog' tizmasining davomi) va Taxta Qoracha (Hisor tog' tizmasining davomi) togʻi oʻrab turadi. Joʻgʻrofiy joylashuvi jihatidan bu shahar shimoldan Samarqand viloyati, sharqdan qoʻshni Tojikiston Respublikasi, janubdan Shahrisabz, gʻarbdan Chiroqchi tumanlari bilan chegaradosh Kitob soʻzi asli tojik tilidan olingan boʻlib, «Kift» — yelka, «ob» — suv, yaʼni yelkadan oʻtgan suv degan maʼnoni anglatadi. Kitob shahrining ikki tomonidan ikki daryo — Qashqadaryo va Oqdaryo oqib oʻtadi. Ikki daryo oraligʻida esa Kifti-ob — suv boshi, yaʼni Kitob shahri joylashgan. Aytishlaricha, «Kitob» soʻzining arabcha (sahifalar bor, oʻqish mumkin boʻlgan) «kitob» soʻziga aloqasi yoʻq. Kitob shahri yozma manbalarda XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab uchraydi. Shahar atrofi baland va mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan boʻlib, uning Jangallik, Govxona, Ravatoq, Qorapoycha, Xoʻjaroʻshnoyi, Loʻlixona va Kunchiqar nomlari bilan yuritiladigan 7 ta mustahkam darvozalari boʻlgan. Kitob bekligi Buxoro amirligi tarkibiga kirgan. Kitob shahri qadimdan Shahrisabz bilan yonma-yon joylashganligi va bu yerdan Buyuk Ipak yoʻli oʻtganligi sababli har yili yuzlab, minglab savdo karvonlari oʻtib turgan. Shahar aholisining koʻpchiligi hunarmandchilik va savdo bilan mashgʻul boʻlgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, XVIII asrning oxiri XIX asrning ikkinchi yarmida shaharda toʻquvchilik, boʻyoqchilik, gilamdoʻzlik, kashtadoʻzlik, doʻppidoʻzlik, zargarlik, misgarlik, temirchilik, koʻnchilik, mahsidoʻzlik, kovushdoʻzlik, kulolchilik, duradgorlik, tegirmonchilik, juvozkashlik kabi 30 dan ortiq hunar turi mavjudligi va u yaxshi rivojlanganligi qayd etilgan. Arxiv maʼlumotlariga koʻra, 1870-yilning oxirida Kitob shahridagi 51 ta guzarda 3700 xonadon boʻlib, unda 18500 nafar aholi yashagan. Shaharda 3 ta madrasa, 9 ta masjid, maktablar, 12 ta karvonsaroy, 2 ta bozor maydoni, yuzlab savdo doʻkonlari va rastalar boʻlgan. XIX asrning 80-90 yillariga kelib, shaharda olacha va chit toʻqish, boʻz, namat, ipak matolar, chodir, palos, shollar, rang-barang kashtalar tayyorlash, ayniqsa, tez rivojlanadi. Kitoblik hunarmandlar tayyorlagan sifatli buyumlar yerli aholi ehtiyojini taʼminlash bilan birga tashqi bozorga ham koʻplab chiqarilganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Zeb-ziynat, kulolchilik buyumlari, gilamlar, iroqi doʻppilar, oʻymakoriy eshiklar Turkiston oʻlkasida ochilgan 1886 hamda 1890-yilgi koʻrgazmalarda yuqori baholangan. XX asrning boshlarida shaharda shoyi toʻqish, ip yigirish, turli matolar toʻqish, koʻnchilik, boʻyoqchilik, gilam va palos toʻqish hunari ancha taraqqiy etgani, mahsulotkfh sifati yaxshilanganligi koʻzga tashlanadi. Negaki, 1909-yilda Toshkentda ochilgan Turkiston oʻlka hunarmandchilik va sanoat koʻrgazmasida kitoblik qoʻligul hunarmandlarning faolroq qatnashganliklari va ular tayyorlagan buyumlar kumush va bronza nishonlar, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangani bunga misol. XX asrning 20-yillariga kelib, Kitob shahrida hunarmandchilik korxonalari bilan yonma-yon paxta tozalash zavodlari, moy ishlab chiqarish korxonasi, pillakashlik fabrikasi va bir necha artellar faoliyat koʻrsata boshladi. Kitob shahridagi tarixiy binolar — obidalarga kelsak, shahar qoʻrgʻoni, madrasa, masjidlar, karvonsaroylar oʻzaro urushlar va tashqi hujumlar, ayniqsa, 1870-yildagi hujum natijasida vayron qilindi. Shoʻro zamonida esa madrasa va masjidlar ataylab buzib tashlandi. Qadimiy Kitob shahri va tumani hududida bir nechta tarixiy inshootlar, binolarning baʼzilari bizning davrimizgacha saqlanib qolgan boʻlib, bu yerlarda oʻz zamonasining buyuk kishilari, olimlari, maʼrifaparvarlari yashab, samarali ijod qilganlar. Kitob tumani hududida joylashgan tarixiy meʼmoriy obidalardan biri XII—XIII asrlarga tegishli Hazrati Sulton maqbarasi va XV asrning ikkinchi yarmiga tegishli Hazrat Bashir ota maqbarasidir Hazrat Bashir Mirzo Ulugʻbek davrining koʻzga koʻringan olimlaridan biri va uning doʻsti boʻlgan, XVI—XVII asrlarga doir yana bir ziyoratgoh olim, shayx Xoʻja Abduboqiy nomi bilan bogʻliq Xoʻja Imkonagiy xonaqohidir. Bu islomiy obidalar Istiqlol yillarida obodonlashtirildi, baʼzi joylari taʼmirlanib, davlatimiz muhofazasiga olindi. Kitob shahri qadimdan buyuk olimlar, shoirlar, dostonchilar, baxshilar, sanʼatkorlar maskanidir. Oʻzbek-tojik tillarida sheʼrlar ijod qilgan «Yusuf va Zulayho» dostonini yaratgan shoir Junaydullo Islom shayx oʻgʻli Hoziq, «Chor darvesh», «Mahfil oro», «Toʻtinomo» kabi yirik asarlar yaratgan Mullo Qurbon Xromiy, «Alpomish», «Saydimxon», «Malika ayyor», «Avazxon», «Xilomon», «Qironxon», «Kuntugʻmish», «Goʻroʻgʻli», «Yusuf bilan Ahmad» kabi xalq dostonlarini qoyilmaqom etib kuylagan baxshi-shoir, Oʻzbekiston xalq dostonchisi Abdulla Nurali oʻgʻli va boshqalar shular jumlasidan. Jahon fani taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan dunyoning beshdan bir muhim nuqtasi — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Xalqaro Kenglik Stantsiyasi — rasadxonasi ham Kitob shahrida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarida Kitob shahri va tumanining qiyofasi butunlay oʻzgarib, yangi turar-joylar, maktablar, litsey va kollejlar, madaniyat markazlari, sport maydonlari, tibbiyot muassasalari qad koʻtardi.

Hokimlik manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob shahri General Joʻrabekov koʻchasi 32 uy
Indeks 180700
tel.: +998-75-5425307
faks: +998-75-5425007
e-mail: kitob@qashqadaryo.uz />

Ishoratlar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil