Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Oʻzbekistonnig ma'muriy-hududiy boʻlinishi sxemasi

Oʻzbekistonning ma’muriy-hududiy boʻlinishi 2012-yil holatiga koʻra uch bosqichga ega: birinchi bosqichga 12 viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri kiradi. Viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarga va viloyat (respublikaga) boʻysunuvchi shaharlarga boʻlinadi. Toshkent shahri shahar tumanlariga boʻlinadi. Viloyat va Qoraqalpogʻiston tumanlari tumanga boʻysunuvchi shaharlarga, shahar tipidagi posyolkalarga (shaharcha) va qishloq fuqarolar yigʻinlari (QFY)ga boʻlinadi. Shuningdek, QFYlar viloyatga boʻysunuvchi shaharlar tarkibiga, shahar posyolkalari (qoʻrgʻonlar) viloyat (respublika)ga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahrining ichki tumanlari tarkibiga kirishi mumkin.[1].

Birinchi tartibdagi ma’muriy-hududiy boʻlinish birliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xaritadagi
raqami
Nomlanishi Kirill alifbosida Aholisi
(2015)[2]
ming kishi
Maydoni,
ming km²[3]
Markazi
1 Toshkent shahri Тошкент шаҳри 2371,3 0,3
14 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Қорақалпоғистон Республикаси 1763,1 165,6 Nukus
2 Andijon viloyati Андижон вилояти 2857,3 4,2 Andijon
3 Buxoro viloyati Бухоро вилояти 1785,4 39,4 Buxoro
5 Jizzax viloyati Жиззах вилояти 1250,1 20,5 Jizzax
8 Qashqadaryo viloyati Қашқадарё вилояти 2958,9 28,4 Qarshi
7 Navoiy viloyati Навоий вилояти 913,2 110,8 Navoiy
6 Namangan viloyati Наманган вилояти 2554,2 7,9 Namangan
9 Samarqand viloyati Самарқанд вилояти 3514,8 16,4 Samarqand
11 Surxondaryo viloyati Сурхондарё вилояти 2358,3 20,8 Termiz
10 Sirdaryo viloyati Сирдарё вилояти 777,1 5,1 Guliston
12 Toshkent viloyati Тошкент вилояти 2758,3 15,3 Nurafshon
4 Fargʻona viloyati Фарғона вилояти 3444,9 6,8 Fargʻona
13 Xorazm viloyati Хоразм вилояти 1715,6 6,3 Urganch

Quyi ma’muriy-hududiy birliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Oltinkoʻl tumani Олтинкўл тумани Oltinkoʻl 11 ta shahar posyolkalari (shp), 8 ta qishloq fuqarolar yigʻini (qfy)
2 Andijon tumani Андижон тумани Kuyganyor 18 shp, 9 qfy
3 Asaka tumani Асака тумани Asaka Asaka shahri, 4 shp, 8 qfy
4 Baliqchi tumani Балиқчи тумани Baliqchi 3 shp, 9 qfy
5 Boʻz tumani Бўз тумани Boʻz 3 shp, 3 qfy
6 Buloqboshi tumani Булоқбоши тумани Buloqboshi 4 shp, 5 qfy
7 Jalolquduq tumani Жалолқудуқ тумани Jalaquduq Jalaquduq shahri, 7 shp, 8 qfy
8 Izboskan tumani Избоскан тумани Poytugʻ Poytugʻ shahri, 4 shp, 9 qfy
9 Qoʻrgʻontepa tumani Қўрғонтепа тумани Qoʻrgʻontepa Qorasuv, Qoʻrgʻontepa shaharlari, 1 shp, 5 qfy
10 Marhamat tumani Марҳамат тумани Marhamat Marhamat shahri, 10 shp, 5 qfy
11 Paxtaobod tumani Пахтаобод тумани Paxtaobod Paxtaobod shahri, 3 shp, 5 qfy
12 Ulugʻnor tumani Улуғнор тумани Oqoltin 1 shp, 4 qfy
13 Xoʻjaobod tumani Хўжаобод тумани Xoʻjaobod Xoʻjaobod shahri, 5 shp, 4 qfy
14 Shahrixon tumani Шаҳрихон тумани Shahrixon Shahrixon shahri, 3 shp, 12 qfy
Andijon shahri Андижон шаҳри
Xonobod shahri Хонобод шаҳри 1 shp, 1 qfy

Buxoro viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Olot tumani Олот тумани Olot Olot shahri, 8 shp, 10 qfy
2 Buxoro tumani Бухоро тумани Galaosiyo Galaosiyo shahri, 6 shp, 14 qfy
3 Vobkent tumani Вобкент тумани Vobkent Vobkent shahri, 3 shp, 11 qfy
4 Gʻijduvon tumani Ғиждувон тумани Gʻijduvon Gʻijduvon shahri, 14 shp, 14 qfy
5 Jondor tumani Жондор тумани Jondor 9 shp, 13 qfy
6 Kogon tumani Когон тумани Kogon 2 shp, 9 qfy
7 Qorakoʻl tumani Қоракўл тумани Qorakoʻl Qorakoʻl shahri, 12 shp, 16 qfy
8 Qorovulbozor tumani Қоровулбозор тумани Qorovulbozor Qorovulbozor shahri, 4 qfy
9 Peshku tumani Пешку тумани Yangibozor 4 shp, 10 qfy
10 Romitan tumani Ромитан тумани Romitan Gazli va Romitan shaharlari, 3 shp, 6 qfy
11 Shofirkon tumani Шофиркон тумани Shofirkon Shofirkon shahri, 8 shp, 12 qfy
Buxoro shahri Бухоро шаҳри 2 qfy
Kogon shahri Когон шаҳри

Jizzax viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jizzax viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Arnasoy tumani Арансой тумани Gʻoliblar 2 shp, 6 qfy
2 Baxmal tumani Бахмал тумани Usmat 7 shp, 10 qfy
3 Gʻallaorol tumani Ғаллаорол тумани Gʻallaorol Gʻallaorol shahri, 6 shp, 14 qfy
4 Jizzax tumani Жиззах тумани Uchtepa 7 shp, 12 qfy
5 Doʻstlik tumani Дўстлик тумани Doʻstlik Doʻstlik shahri, 1 shp, 7 qfy
6 Zomin tumani Зомин тумани Zomin Dashtobod shahri, 4 shp, 12 qfy
7 Zarbdor tumani Зарбдор тумани Zarbdor 4 shp, 5 qfy
8 Zafarobod tumani Зафаробод тумани Zafarobod 4 shp, 6 qfy
9 Mirzachoʻl tumani Мирзачўл тумани Gagarin Gagarin shahri, 2 shp, 6 qfy
10 Paxtakor tumani Пахтакор тумани Paxtakor Paxtakor shahri, 1 shp, 7 qfy
11 Forish tumani Фориш тумани Yangiqishloq 2 shp, 10 qfy
12 Yangiobod tumani Янгиобод тумани Balandchaqir 2 shp, 5 qfy
Jizzax shahri Жиззах шаҳри

Qashqadaryo viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qashqadaryo viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
3 Gʻuzor tumani Ғузор тумани Gʻuzor Gʻuzor shahri, 5 shp, 12 qfy
2 Dehqonobod tumani Деҳқонобод тумани Karashina 3 shp, 14 qfy
4 Qamashi tumani Қамаши тумани Qamashi Qamashi shahri, 5 shp, 11 qfy
5 Qarshi tumani Қарши тумани Beshkent Beshkent shahri, 15 shp, 15 qfy
6 Koson tumani Косон тумани Koson Koson shahri, 14 shp, 9 qfy
7 Kasbi tumani Касби тумани Mugʻlon 9 shp, 10 qfy
8 Kitob tumani Китоб тумани Kitob Kitob shahri, 13 shp, 12 qfy
9 Mirishkor tumani Миришкор тумани Yangi Mirishkor 3 shp, 12 qfy
10 Muborak tumani Муборак тумани Muborak Muborak shahri, 5 shp, 4 qfy
11 Nishon tumani Нишон тумани Yangi-Nishon Tolimarjon, Yangi-Nishon shaharlari, 9 shp, 8 qfy
1 Chiroqchi tumani Чироқчи тумани Chiroqchi Chiroqchi shahri, 8 shp, 20 qfy
12 Shahrisabz tumani Шаҳрисабз тумани Shahrisabz Shahrisabz shahri, 19 shp, 12 qfy
13 Yakkabogʻ tumani Яккабоғ тумани Yakkabogʻ Yakkabogʻ shahri, 14 shp, 9 qfy
Qarshi shahri Қарши шаҳри 1 shp

Navoiy viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navoiy viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Konimex tumani Конимех тумани Konimex 4 shp, 7 qfy
2 Karmana tumani Кармана тумани Karmana 6 shp, 6 qfy
3 Qiziltepa tumani Қизилтепа тумани Qiziltepa Qiziltepa shahri, 12 shp, 8 qfy
5 Navbahor tumani Навбаҳор тумани Beshrabot 5 shp, 7 qfy
6 Nurota tumani Нурота тумани Nurota Nurota shahri, 5 shp, 7 qfy
7 Tomdi tumani Томди тумани Tomdibuloq 1 shp, 7 qfy
8 Uchquduq tumani Учқудуқ тумани Uchquduq Uchquduq shahri, 1 shp, 5 qfy
4 Xatirchi tumani Хатирчи тумани Yangirabot Yangirabot shahri, 11 shp, 9 qfy
Zarafshon shahri Зарафшон шаҳри 1 shp
Navoiy shahri Навоий шаҳри 1 shp

Namangan viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
3 Kosonsoy tumani Косонсой тумани Kosonsoy Kosonsoy shahri, 10 shp, 7 qfy
4 Mingbuloq tumani Мингбулоқ тумани Jomashoʻy 7 shp, 7 qfy
5 Namangan tumani Наманган тумани Toshbuloq 10 shp, 12 qfy
6 Norin tumani Норин тумани Haqqulobod Haqqulobod shahri, 8 shp, 8 qfy
7 Pop tumani Поп тумани Pop Pop shahri, 15 shp, 10 qfy
8 Toʻraqoʻrgʻon tumani Тўрақўрғон тумани Toʻraqoʻrgʻon Toʻraqoʻrgʻon shahri, 13 shp, 8 qfy
10 Uychi tumani Уйчи тумани Uychi 13 shp, 8 qfy
9 Uchqoʻrgʻon tumani Учқўрғон тумани Uchqoʻrgʻon Uchqoʻrgʻon shahri, 4 shp, 8 qfy
1 Chortoq tumani Чортоқ тумани Chortoq Chortoq shahri, 10 shp, 9 qfy
2 Chust tumani Чуст тумани Chust Chust shahri, 11 shp, 11 qfy
11 Yangiqoʻrgʻon tumani Янгиқўрғон тумани Yangiqoʻrgʻon 19 shp, 11 qfy
Namangan shahri Наманган шаҳри

Samarqand viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
8 Oqdaryo tumani Оқдарё тумани Loyish 10 shp, 6 qfy
1 Bulungʻur tumani Булунғур тумани Bulungʻur Bulungʻur shahri, 3 shp, 7 qfy
3 Jomboy tumani Жомбой тумани Jomboy Jomboy shahri, 5 shp, 8 qfy
2 Ishtixon tumani Иштихон тумани Ishtixon Ishtixon shahri, 12 shp, 9 qfy
4 Kattaqoʻrgʻon tumani Каттақўрғон тумани Payshanba 8 shp, 11 qfy
5 Qoʻshrabot tumani Қўшработ тумани Qoʻshrabot 2 shp, 7 qfy
6 Narpay tumani Нарпай тумани Oqtosh Oqtosh shahri, 3 shp, 9 qfy
7 Nurobod tumani Нуробод тумани Nurobod Nurobod shahri, 1 shp, 7 qfy
10 Payariq tumani Пайариқ тумани Payariq Payariq, Chelak shaharlari, 9 shp, 11 qfy
11 Pastdargʻom tumani Пастдарғом тумани Juma Juma shahri, 12 shp, 13 qfy
9 Paxtachi tumani Пахтачи тумани Ziyovuddin 7 shp, 8 qfy
12 Samarqand tumani Самарқанд тумани Gulobod 2 shp, 8 qfy
13 Toyloq tumani Тойлоқ тумани Toyloq 3 shp, 9 qfy
14 Urgut tumani Ургут тумани Urgut Urgut shahri, 7 shp, 12 qfy
Kattaqoʻrgʻon shahri Каттақўрғон шаҳри 1 shp
Samarqand shahri]] Самарқанд шаҳри 3 shp

Surxondaryo viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surxondaryo viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
9 Oltinsoy tumani Олтинсой тумани Qarluq 14 shp, 9 qfy
1 Angor tumani Ангор тумани Angor 12 shp, 7 qfy
3 Boysun tumani Бойсун тумани Boysun Boysun shahri, 5 shp, 7 qfy
4 Denov tumani Денов тумани Denov Denov shahri, 12 shp, 17 qfy
5 Jarqoʻrgʻon tumani Жарқўрғон тумани Jarqoʻrgʻon Jarqoʻrgʻon shahri, 5 shp, 7 qfy
6 Qiziriq tumani Қизириқ тумани Sariq 6 shp, 10 qfy
7 Qumqoʻrgʻon tumani Қумқўрғон тумани Qumqoʻrgʻon Qumqoʻrgʻon shahri, 11 shp, 8 qfy
8 Muzrabot tumani Музработ тумани Xalqobod 10 shp, 9 qfy
10 Sariosiyo tumani Сариосиё тумани Sariosiyo Shargʻun shahri, 4 shp, 9 qfy
13 Termiz tumani Термиз тумани Uchqizil 9 shp, 5 qfy
14 Uzun tumani Узун тумани Uzun 9 shp, 7 qfy
11 Sherobod tumani Шеробод тумани Sherobod Sherobod shahri, 7 shp, 9 qfy
12 Shoʻrchi tumani Шўрчи тумани Shoʻrchi Shoʻrchi shahri, 10 shp, 10 qfy
Termiz shahri Термиз шаҳри

Sirdaryo viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirdaryo viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Oqoltin tumani Оқолтин тумани Sardoba 3 shp, 3 qfy
2 Boyovut tumani Боёвут тумани Boyovut 4 shp, 12 qfy
3 Guliston tumani Гулистон тумани Dehqonobod 5 shp, 9 qfy
5 Mirzaobod tumani Мирзаобод тумани Navroʻz 2 shp, 9 qfy
7 Sayxunobod tumani Сайхунобод тумани Sayxun 4 shp, 7 qfy
6 Sardoba tumani Сардоба тумани Paxtaobod 1 shp, 6 qfy
8 Sirdaryo tumani Сирдарё тумани Sirdaryo Baxt, Sirdaryo shaharlari, 4 shp, 9 qfy
4 Xovos tumani Ховос тумани Xovos 2 shp, 11 qfy
Guliston shahri Гулистон шаҳри 3 qfy
Shirin shahri Ширин шаҳри
Yangiyer shahri Янгиер шаҳри

Toshkent viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent viloyatining ma’muriy boʻlnishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
7 Oqqoʻrgʻon tumani Оққўрғон тумани Oqqoʻrgʻon Oqqoʻrgʻon shahri, 2 shp, 10 qfy
6 Ohangaron tumani Оҳангарон тумани Ohangaron Ohangaron shahri, 4 shp, 8 qfy
1 Bekobod tumani Бекобод тумани Zafar 5 shp, 12 qfy
2 Boʻstonliq tumani Бўстонлиқ тумани Gʻazalkent Gʻazalkent shahri, 17 shp, 18 qfy
3 Boʻka tumani Бўка тумани Boʻka Boʻka shahri, 8 qfy
11 Zangiota tumani Зангиота тумани Keles Keles shahri, 21 shp, 18 qfy
5 Qibray tumani Қибрай тумани Qibray 16 shp, 10 qfy
10 Quyichirchiq tumani Қуйичирчиқ тумани Doʻstobod Doʻstobod shahri, 2 shp, 9 qfy
8 Parkent tumani Паркент тумани Parkent Parkent shahri, 3 shp, 9 qfy
9 Piskent tumani Пискент тумани Piskent Piskent shahri, 2 shp, 6 qfy
12 Oʻrtachirchiq tumani Ўртачирчиқ тумани Toʻytepa Toʻytepa shahri, 5 shp, 13 qfy
4 Chinoz tumani Чиноз тумани Chinoz Chinoz shahri, 9 shp, 8 qfy
14 Yuqorichirchiq tumani Юқоричирчиқ тумани Yangibozor 3 shp, 9 qfy
13 Yangiyoʻl tumani Янгийўл тумани Yangiyoʻl Yangiyoʻl shahri, 5 shp, 8 qfy
Olmaliq shahri Олмалиқ шаҳри
Angren shahri Ангрен шаҳри Yangiobod shahri, 3 shp
Bekobod shahri Бекобод шаҳри
Chirchiq shahri Чирчиқ шаҳри

Fargʻona viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fargʻona viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Oltiariq tumani Олтиариқ тумани Oltiariq Tinchlik shahri, 14 shp, 15 qfy
2 Bagʻdod tumani Бағдод тумани Bagʻdod 21 shp, 10 qfy
3 Beshariq tumani Бешариқ тумани Beshariq Beshariq shahri, 10 shp, 9 qfy
4 Buvayda tumani Бувайда тумани Ibrat 10 shp, 11 qfy
5 Dangʻara tumani Данғара тумани Dangʻara 9 shp, 8 qfy
9 Quva tumani Қува тумани Quva Quva shahri, 15 shp, 11 qfy
8 Qoʻshtepa tumani Қўштепа тумани Langar 14 shp, 15 qfy
10 Rishton tumani Риштон тумани Rishton Rishton shahri, 13 shp, 11 qfy
11 Soʻx tumani Сўх тумани Ravon 7 shp, 4 qfy
12 Toshloq tumani Тошлоқ тумани Toshloq 10 shp, 10 qfy
14 Oʻzbekiston tumani Ўзбекистон тумани Yaypan Yaypan shahri, 22 shp, 10 qfy
13 Uchkoʻprik tumani Учкўприк тумани Uchkoʻprik 11 shp, 9 qfy
6 Fargʻona tumani Фарғона тумани Chimyon 21 shp, 16 qfy
7 Furqat tumani Фурқат тумани Navbahor 8 shp, 6 qfy
15 Yozyovon tumani Ёзёвон тумани Yozyovon 9 shp, 10 qfy
Qoʻqon shahri Қўқон шаҳри 1 shp
Quvasoy shahri Қувасой шаҳри 1 shp, 6 qfy
Margʻilon shahri Марғилон шаҳри 1 shp
Fargʻona shahri Фарғона шаҳри

Xorazm viloyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorazm viloyatining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Markazi Tarkibi[1]
1 Bogʻot tumani Боғот тумани Bogʻot 5 shp, 10 qfy
2 Gurlan tumani Гурлан тумани Gurlan 9 shp, 9 qfy
6 Qoʻshkoʻpir tumani Қўшкўпир тумани Qoʻshkoʻpir 6 shp, 12 qfy
8 Urganch tumani Урганч тумани Qorovul 5 shp, 10 qfy
4 Xazorasp tumani Хазорасп тумани Xazorasp Pitnak shahri, 4 shp, 11 qfy
3 Xonqa tumani Хонқа тумани Xonqa 5 shp, 10 qfy
5 Xiva tumani Хива тумани Xiva Xiva shahri, 8 shp, 9 qfy
7 Shovot tumani Шовот тумани Shovot 7 shp, 11 qfy
9 Yangiariq tumani Янгиариқ тумани Yangiariq 6 shp, 8 qfy
10 Yangibozor tumani Янгибозор тумани Yangibozor 3 shp, 8 qfy
Urganch shahri Урганч тумани

Qoraqalpogʻiston Respublikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoraqalpogʻiston Respublikasining ma’muriy boʻlinishi
Xaritadagi
raqami
Oʻzbek tilida (lot./kir.) Qoraqalpoq tilida (lot./kir.) Markazi Tarkibi[1]
1 Amudaryo tumani
Амударё тумани
Aʻmudaʻrya rayonı
Әмудәрья районы
Mangʻit Mangʻit shahri, 4 shp, 16 qfy
2 Beruniy tumani
Беруний тумани
Biruniy rayonı
Бируний районы
Beruniy Beruniy shahri, 1 shp, 13 qfy
10 Qoraoʻzak tumani
Қораўзак тумани
Qaraoʻzek rayonı
Қараөзек районы
Qoraoʻzak 1 shp, 8 qfy
5 Kegeyli tumani
Кегейли тумани
Kegeyli rayonı
Кегейли районы
Kegeyli Xalqobod, 2 shp, 9 qfy
9 Qoʻngʻirot tumani
Қўнғирот тумани
Qonʻrat rayonı
Қоңрат районы
Qoʻngʻirot Qoʻngʻirot shahri, 5 shp, 12 qfy
8 Qanlikoʻl tumani
Қанликўл тумани
Qanʻlıkuʻl rayonı
Қаңлыкүл районы
Qanlikoʻl 1 shp, 7 qfy
6 Moʻynoq tumani
Мўйноқ тумани
Moynaq rayonı
Мойнақ районы
Moʻynoq Moʻynoq shahri, 6 qfy
7 Nukus tumani
Нукус тумани
Noʻkis rayonı
Нөкис районы
Oqmangʻit 1 shp, 6 qfy
12 Taxtakoʻpir tumani
Тахтакўпир тумани
Taxtakoʻpir rayonı
Тахтакөпир районы
Taxtakoʻpir 1 shp, 8 qfy
13 Toʻrtkoʻl tumani
Тўрткўл тумани
Toʻrtkuʻl rayonı
Төрткүл районы
Toʻrtkoʻl Toʻrtkoʻl shahri, 5 shp, 15 qfy
14 Xoʻjayli tumani
Хўжайли тумани
Xojeli rayonı
Хожели районы
Xoʻjayli Taxiatosh, Xoʻjayli shaharlari, 2 shp, 10 qfy
3 Chimboy tumani
Чимбой тумани
Shimbay rayonı
Чимбай районы
Chimboy Chimboy shahri, 1 shp, 11 qfy
11 Shumanay tumani
Шуманай тумани
Shomanay rayonı
Шумоной районы
Shumanay Shumanay shahri, 7 qfy
4 Ellikqal’a tumani
Элликқалъа тумани
Ellikqala rayonı
Элликқала районы
Boʻston Boʻston shahri, 1 shp, 13 qfy
Nukus shahri
Нукус шаҳри
Noʻkis qalasi
Нөкис қаласи
1 shp

Toshkent shahri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahrining tumanlari xaritasi
Xaritadagi
raqami
Lotin alifbosida yozilishi Kirill alifbosida yozilishi Tarkibi[1]
8 Olmazor tumani Олмазор тумани
1 Bektemir tumani Бектемир тумани
4 Mirobod tumani Миробод тумани
5 Mirzo Ulugʻbek tumani Мирзо Улуғбек тумани 1 shp
6 Sirgʻali tumani Сирғали тумани
9 Uchtepa tumani Учтепа тумани
3 Yashnobod tumani (2014-yilgacha Hamza tumani) Яшнобод тумани
2 Chilonzor tumani Чилонзор тумани
7 Shayxontoxur tumani Шайхонтохур тумани
11 Yunusobod tumani Юнусобод тумани
10 Yakkasaroy tumani Яккасарой тумани

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qisqacha tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asr boshlarida Rossiya qaramogʻidagi Oʻrta Osiyo hududlari

Oktyabr inqilobiga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududi Rossiya imperiyasining Kaspiyorti viloyati (ruscha: Закаспийская область), Samarqand viloyati (ruscha: Самаркандская область), Sirdaryo viloyati (ruscha: Сырдарьинская область), Fargʻona viloyati (ruscha: Ферганская область)ga hamda uning vassallari hisoblangan – Buxoro amirligi va Xiva xonligiga boʻlingan edi. 1918-yil Turkistonda shoʻro hokimiyati oʻrnatilganidan soʻng, hozirgi Oʻzbekiston hududida (Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududlaridan tashqari) poytaxti Toshkent shahri boʻlgan Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etildi. 1920-yilda Buxoro va Xivada shoʻro hokimiyati oʻrnatilishi natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzildi. 1923-yil 30 oktyabrda Xorazm XSR, 1924-yil 19 sentyabrda esa Buxoro XSR xalq sovet respublikasidan, sovet sotsialistik respublikasiga oʻzgartirildi.[4].

1924-yil 16 sentyabrda Turkiston ASSR MIQning navbatdan tashqari sessiyasida Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni amalga oshirish qarori qabul qilindi. Ushbu qaror doirasida SSSR tarkibida Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil etilganligi deklaratsiya qilindi. Uning tarkibiga sobiq Samarqand, Yettisuv, Fargʻona viloyatlarining, Buxoro SSR, Xorazm SSR hududlarining ayrim qismlari qoʻshib olindi. Bu qaror 1924-yil 14 oktyabrda Ishchi va harbiy deputatlari Shoʻrosining Butunrossiya Markaziy Iroya Qoʻmitasi (BMIQ)ning ruscha: Всероссийский центральный исполнительный комитет Советов рабочих и солдатских депутатов (ВЦИК) 2-sessiyasida tasdiqlandi va 1925-yilning 11 mayida 12-Butunrossiya Shoʻrolar qurultoyida (ruscha: Всероссийский съезд Советов) qabul qilindi. Poytaxti Samarqand shahri boʻlgan Oʻzbekiston SSRning tashkil topgan sanasi 1924-yilning 27 oktyabri hisoblanadi. Bundan tashqari Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi ham tuzildi[5].

1924—1938[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston 1927-yilda

1925-yili Oʻzbekiston SSRda oblastlar (viloyatlar)ga boʻlinish amalga oshirildi. Oblastlar uyezdlarga, uyezdlar esa volostlarga boʻlindi. 1926-yilning 1 yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma’muriy-hududiy boʻlinishi quyidagicha edi[6]:

Oblast (viloyat) Uyezdlar
Zarafshon Buxoro, Gʻijduvon, Karmana, Nurota
Qashqadaryo Behbudiy, Gʻuzor, Shahrisabz
Samarqand Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Xoʻjand
Surxondaryo Boysun, Sherobod, Yurchi
Toshkent Mirzachoʻl, Toshkent
Fargʻona Andijon, Qoʻqon, Namangan, Fargʻona, Konibodom rayoni (tumani)
Xorazm Gurlan, Yangi-Urganch, Xiva, Shoʻraxon
Tojikiston ASSR Togʻli-Badaxshon, Garm, Dushanbe, Koʻlob, Qoʻrgʻontepa, Panjikent, Oʻratepa (viloyatlari)
Konimex tumani
viloyat hisobida
yoʻq

Aytish joizki, aynan oʻsha yili viloyat va uyezdlar bekor qilinib, oʻrniga 10 ta: Andijon, Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand va Xorazm okruglari tashkil etildi. Okruglar rayonlarga (tumanlarga) boʻlindi. 1929-yilda Tojikiston ASSR va Xoʻjand okrugi Oʻzbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, ular oʻrnida Tojikiston SSR tashkil etildi. Bu qaror 1929-yilning 5 dekabrida SSSR MIQ tomonidan tasdiqlangan[7]. 1930-yilda Oʻzbekiston SSRning poytaxti Toshkent shahriga koʻchirildi. Shu yili butun Shoʻro ittifoqida boʻlgani kabi Oʻzbekiston SSRda ham barcha okruglar bekor qilindi. Ular tarkibiga kirgan rayonlar (tumanlar) esa bevosita respublikaga boʻysundirildi. 1931-yil Oʻzbekiston SSRda 71 ta rayon [oʻz navbatida rayonlar 1494 ta qishloq sovetiga (ruscha: сельсовет) boʻlingan], respublikaga boʻysunuvchi 9 ta shahar (bu shaharlarga yana 204 ta qishloq soveti boʻysungan) boʻlgan[8]. 1935-yilda Oʻzbekiston SSR rayonlarining bir qismi Qashqadaryo okrugiga birlashtirildi. 1936-yil 5 dekabrda RSFSR tarkibidan Oʻzbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR qoʻshib berildi[9].

1938—1987[tahrir | manbasini tahrirlash]

1938-yil 1 dekabr holatiga Oʻzbekiston SSR xaritasi

1938-yil 15 yanvarda Oʻzbekiston SSR tarkibida Buxoro (Surxondaryo okrugi bilan birga), Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tuzildi[9]. 1938-yil 1 oktyabrdagi maʻlumotlarga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma’muriy-hududiy boʻlinishi quyidagicha koʻrinishga ega boʻlgan[10]:

Viloyat Viloyatga boʻysunuvchi tuman va shaharlar (sh.)
Buxoro Beshkent, Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Gʻuzor, Dehqonobod, Kogon, Qamashi, Qorakoʻl, Qarshi, Kosonsoy, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Kitob, Romitan, Sverdlov, Chiroqchi, Shofirkon, Shaxrisabz, Yakkabogʻ, Buxoro sh., Gʻijduvon sh., Kogon sh., Qarshi sh., Shahrisabz sh.
Surxondaryo okrugi
Buxoro viloyati tarkibida
Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Sariosiyo, Termiz, Sherobod, Shoʻrchi, Termiz sh.
Samarqand Oqdaryo, Bulungʻur, Gʻallaorol, Jomboy, Zomin, Qoradaryo, Kattaqoʻrgʻon, Mitan, Narpay, Nurota, Payariq, Pastdargʻom, Paxtakor, Samarqand, Urgut, Forish, Xatirchi, Samarqand sh., Jizzax sh., Kattaqoʻrgʻon sh.
Toshkent Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Yuqorichirchiq, Kalinin, Mirzachoʻl, Quyichirchiq, Orjonikidze, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Xovos, Chinoz, Yangiyoʻl, Toshkent sh., Chirchiq sh., Yangiyoʻl sh.
Fargʻona Oyim, Oltiariq, Andijon, Bagʻdod, Baliqchi, Voroshilov, Jalolquduq, Izboskan, Kaganovich, Kosonsoy, Kirov, Qoʻqon, Kuybishev, Lenin, Margʻilon, Marhamat, Molotov, Namangan, Norin, Pop, Paxtaobod, Stalin, Toshloq, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Fargʻona, Xoʻjaobod, Chust, Yangiqoʻrgʻon, Fargʻona sh., Andijon sh., Qoʻqon sh., Leninsk sh., Margʻilon sh., Namangan sh., Chust sh.
Xorazm Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Mangʻit, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Urganch sh., Xiva sh.
Qoraqalpoq ASSR Qoraoʻzak, Kegeyli, Qipchoq, Kuybishev, Qoʻngʻirot, Moʻynoq, Tomdi, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shabboz, Toʻrtkoʻl sh., Nukus sh., Xoʻjayli sh., Chimboy sh.

1941-yil 6 martda Fargʻona viloyati tarkibidan Andijon va Namangan ajratib olindi. Buxoro viloyati tarkibidan esa Surxondaryo okrugi ajratib olinib, Surxondaryo viloyati tashkil etildi. 1943-yil 20 yanvarda Buxoro viloyatining bir qismidan Qashqadaryo viloyati tuzildi[9]. Buning natijasida 1947-yilning 1 yanvarida Oʻzbekiston SSRning ma’muriy-hududiy boʻlinishi quyidagi koʻrinishga keldi[11]:

Viloyat Viloyatga boʻysunuvchi tuman va shaharlar (sh.)
Andijon Oyim, Oltinkoʻl, Andijon, Baliqchi, Voroshilov, Jalolquduq, Izboskan, Lenin, Marhamat, Paxtaobod, Stalin, Xoldevonbek, Xoʻjaobod, Chinobod, Andijon sh., Leninsk sh.
Buxoro Olot, Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Kogon, Qorakoʻl, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Romitan, Sverdlov, Tomdi, Shofirkon, Buxoro sh., Gʻijduvon sh., Kogon sh.
Qashqadaryo Beshkent, Gʻuzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kitob, Koʻkbuloq, Miroqi, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qarshi sh., Shahrisabz sh.
Namangan Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chust, Yangiqoʻrgʻon, Namangan sh., Chust sh.
Samarqand Oqdaryo, Bulungʻur, Gʻallaorol, Jomboy, Jizzax, Zomin, Ishtixon, Qoradaryo, Qoraqishloq, Kattaqoʻrgʻon, Komsomolskiy, Qoʻshrabot, Mitan, Narpay, Nurota, Payariq, Pastdargʻom, Paxtakor, Samarqand, Urgut, Forish, Xatirchi, Samarqand sh., Jizzax sh., Kattaqoʻrgʻon sh.
Surxondaryo Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Termiz sh.
Toshkent Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻka, Yuqorichirchiq, Kalinin, Qorasuv, Mirzachoʻl, Quyichirchiq, Orjonikidze, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Sirdaryo, Toshkent, Xovos, Chinoz, Yangiyoʻl, Toshkent sh., Angren sh., Bekobod sh., Chirchiq sh., Yangiyoʻl sh.
Fargʻona Oltiariq, Oxunboboyev, Bagʻdod, Buvayda, Vodil, Gorskiy, Kaganovich, Kirov, Qoʻqon, Quvasoy, Quva, Kuybishev, Molotov, Soʻx, Toshloq, Fargʻona, Frunze, Fargʻona sh., Qoʻqon sh., Margʻilon sh.
Xorazm Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Mangʻit, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Urganch sh., Xiva sh.
Qoraqalpogʻiston ASSR Qoraoʻzak, Kegeyli, Qipchoq, Kuybishev, Qoʻngʻirot, Moʻynoq, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shabboz, Toʻrtkoʻl sh., Nukus sh., Xoʻjayli sh., Chimboy sh.
1950-60 yillarda Oʻzbekiston SSR chegaralarining oʻzgarishi

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956-yil 13 fevraldagi Qozogʻiston SSR va Oʻzbekiston SSR oʻrtasidagi chegaraning qisman oʻzgartirilishi toʻgʻrisidagi Qaroriga (ruscha: Указ Президиума ВС СССР от 13.02.1956 о частичном изменении границы между Казахской ССР и Узбекской ССР) muvofiq Qozogʻiston SSRdan Mirzachoʻl (qozoqcha: Мырзашөл) choʻlining va Boʻstondiq (qozoqcha: Бостандық, hozir Oʻzbekistonda – Boʻstonliq) tumanining bir qismi Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshildi. 1963-yil SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qaroriga muvofiq Chimkent (qozoqcha: Шымкент) va Qiziloʻrda (qozoqcha: Қызылорда) viloyatlarining 36,6 ming km² hududi Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshib berildi. 1960-yil 25 yanvarda Qashqadaryo va Namangan viloyatlari bekor qilindi. Qashqadaryo viloyatining hududlari Surxondaryo viloyati tarkibiga qoʻshildi. Namangan viloyati esa Andijon va Fargʻona viloyatlari oʻrtasida boʻlib berildi. 1963-yil 16 fevralda Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xoʻjaligi uchun unumlashtirilgan yerlari ajratib olinib, yangi Sirdaryo viloyati tuzildi (ma’muriy markazi avval Yangiyer boʻlgan, 1963-yil noyabr oyida Gulistonga oʻzgartirilgan). 1964-yil 7 fevralda Qashqadaryo, 1967-yil 18 dekabrda esa Namangan viloyatlari qayta tuzildi[9]. 1971-yilning 28 iyunida Sirdaryo viloyatining uncha katta boʻlmagan Jetisoy, Kirov va Paxtaorol tumanlari Qozogʻiston SSRning Chimkent viloyatiga qoʻshib olindi[12]. 1973-yil 29 dekabrda Sirdaryo viloyatining bir qismidan Jizzax viloyati tashkil etildi. 1982-yil 20 aprelda Buxoro va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlaridan Navoiy viloyati tashkil etildi[9]. Natijada, 1987-yil 1 yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma'muriy-hududiy boʻlinishi quyidagi koʻrinishga keldi[13]:

Viloyat Viloyatlarga boʻysunuvchi tuman va shaharlar
Qoraqalpogʻiston ASSR Amudaryo, Beruniy, Boʻzatov, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Leninobod, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Toʻrtkoʻl sh., Nukus sh., Beruniy sh., Qoʻngʻirot sh., Moʻynoq sh., Taxiatosh sh., Xoʻjayli sh., Chimboy sh.
Andijon Oltinkoʻl, Andijon, Baliqchi, Boʻz, Jalolquduq, Izboskan, Komsomolobod, Lenin, Marhamat, Moskva, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Andijon sh., Leninsk sh., Sovetobod sh., Shahrixon sh.
Buxoro Olot, Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Kogon, Qorakoʻl, Peshku, Romitan, Sverdlov, Shofirkon, Buxoro sh., Gʻijduvon sh., Kogon sh.
Jizzax Arnasoy, Baxmal, Gʻallaorol, Jizzax, Doʻstlik, Zomin, Zarbdor, Mirzachoʻl, Oktyabrskiy, Paxtakor, Forish, Jizzax sh.
Qashqadaryo Bahoriston, Gʻuzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kitob, Muborak, Nishon, Ulyanovskiy, Usmon Yusupov, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qarshi sh., Koson sh., Kitob sh, Muborak sh., Shahrisabz sh.
Navoiy Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Navoiy sh., Zarafshon sh., Uchquduq sh.
Namangan Zadaryo (Daryoorti), Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon, Namangan sh., Kosonsoy sh., Uchqoʻrgʻon sh., Chortoq sh., Chust sh.
Samarqand Oqdaryo, Bolshevik, Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Qoʻshrabot, Narpay, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Sovetobod, Urgut, Samarqand sh., Oqtosh sh., Kattaqoʻrgʻon sh., Urgut sh.
Surxondaryo Oltinsoy, Angor, Boysun, Gagarin, Denov, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Leninyoʻli, Sariosiyo, Termiz, Sherobod, Shoʻrchi, Termiz sh., Denov sh.
Sirdaryo Oqoltin, Boyovut, Voroshilov, Guliston, Ilich, Komsomol, Mehnatobod, Sirdaryo, Xovos, Guliston sh., Sirdaryo sh., Shirin sh., Yangiyer sh.
Toshkent Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Gʻalaba, Kalinin, Kommunist, Orjonikidze, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Toshkent, Chinoz, Yangiyoʻl, Olmaliq sh., Angren sh., Ohangaron sh., Bekobod sh., Narimonov sh., Chirchiq sh., Yangiobod sh., Yangiyoʻl sh.
Fargʻona Oltiariq, Oxunboboyev, Bagʻdod, Buvayda, Kirov, Quva, Leningrad, Rishton, Toshloq, Oʻzbekiston, Fargʻona, Frunze, Yozyovon, Fargʻona sh., Qoʻqon sh., Quva sh., Quvasoy sh., Margʻilon sh.
Xorazm Bogʻot, Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Urganch sh., Gurlan sh., Drujba sh., Xonqa sh., Xiva sh., Shovot sh.
Toshkent shahri Akmal Ikromov, Kirov, Kuybishev, Lenin, Oktyabrskiy, Sobir Rahimov, Sirgʻali, Frunze, Xamza, Chilonzor

1987-yildan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yil 6-sentabrda Jizzax va Navoiy viloyatlari bekor qilinib, Jizzax viloyati Sirdaryo, Navoiy esa, Samarqand viloyati tarkibiga qoʻshildi. 1989-yil mayida sobiq Navoiy viloyatining katta qismi Buxoro viloyatiga qoʻshildi. 1990-yil fevralda Jizzax viloyati, 1992-yil esa Navoiy viloyati qayta tiklandi[9]. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Qoraqalpogʻiston ASSR maqomi Qoraqalpogʻiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1990-yillar boshlarida shoʻroviy ideologik nomga ega tuman va shaharlarning nomlari oʻzgartirildi. Oʻzbekistondagi oxirgi (2012-yilgi holatga koʻra) yirik ma’muriy-hududiy oʻzgarish 1999-yilda qiligan boʻlib, unga koʻra, Sirdaryo viloyatining Yangirabot tumani Jizzax viloyati tarkibiga qoʻshildi.

2000-yildan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda imzolangan „Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisida“gi shartnomaga muvofiq Toshkent viloyatidagi Bogʻis qishlogʻining bir qismi, 2004-yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlararo komissiyasi bayonnomasiga asosan Toshkent viloyatidagi Xiyobon qishlogʻi Qozogʻiston tasarrufiga oʻtkazilishi belgilangan lekin amalda bu hududlar u yoki bu hududda ekani rasman tasdiqlanmasdan qolib ketgan[14]. 2021-yil may oyida ikki davlat hukumatlarining kelishuvi asosida ushbu qishloqlar Qozogʻistonning Turkiston viloyatiga qarashli Oqjar (Bogʻis) va Kurkeles (Xiyobon) qishloq okruglariga qoʻshib olingan. Qozogʻistonga topshirilgan yer maydonlari 795,62 gektarni tashkil etadi[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 „СОАТО Система обозначений административно-территориальных образований“(aniqlanmagan). Узстат. 25-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-aprel 2014-yil.
  2. Doimiy aholining soni (1991 — 2015-yillarda Oʻzbekiston va shaharlari aholisining oʻsib borishi) Arxivlandi 2015-04-02 Wayback Machine saytida. // Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika boshqarmasi. Demografik ma'lumotlar[sayt ishlamaydi]
  3. „ПРЕДСТАВИТЕЛЬСТВО ТОРГОВО-ПРОМЫШЛЕННОЙ ПАЛАТЫ РФ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ“(rus.). 25-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-iyun 2012-yil. Arxivlandi 2012-06-25 at WebCite[[]]
  4. Большая советская энциклопедия, 2-е изд, М., издательство БСЭ, 1949-1960 гг., том 44, страница 17
  5. Большая советская энциклопедия, 2-е изд., М., издательство БСЭ, 1949-1960 гг., том 29, страницы 293-294
  6. Территориальное и административное деление Союза ССР на 1-е января 1926 года. — Издательство Главного управления коммунального хозяйства НКВД, 1926. — С. 139. — 288 с. — 4 000 экз.
  7. Большая советская энциклопедия. — 2-е изд. — БСЭ, 1949-1960. — Т. 41. — С. 477-478.
  8. Административно-территориальное деление Союза ССР. — "Власть Советов", 1931. — С. 152-155. — 316 с. — 8 000 экз.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 Д. В. Заяц Изменение административно-территориального деления союзных республик : газета. — 2001. — № 28.
  10. СССР. Административно-территориальное деление союзных республик на 1 октября 1938 года. — "Власть Советов", 1938. — 328 с. — 50 000 экз.
  11. СССР. Административно-территориальное деление союзных республик на 1 января 1947 года. — "Известия Советов депутатов трудящихся СССР", 1947. — 488 с. — 75 000 экз.
  12. СССР. Административно-территориальное деление союзных республик на 1 июля 1971 г.. — «Известия Советов Народных Депутатов СССР», 1971. — 688 с. — 100 000 экз.
  13. СССР. Административно-территориальное деление союзных республик. — "Известия Советов Народных Депутатов СССР", 1987. — 672 с. — 103 800 экз.
  14. „Ўзбекистондаги икки қишлоқнинг нима учун Қозоғистонга ўтгани маълум бўлди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 25 май.
  15. „Ўзбекистон ҳудудига тегишли бўлган иккита қишлоқ расмий равишда Қозоғистонга ўтди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 25 май.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:MDH