Qirsadaq jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Qirsadaq jome masjidi
Qirsadaq
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Qirsadaq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Madaniyat mahalla fuqarolar yigʻini 31-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Isroil domla Shergʻoziyev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Qirsadaq jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirsadaq jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Qirsadaq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Madaniyat mahalla fuqarolar yigʻini 31-uyda joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.50 gektar joyda 400 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Qirsadaq qishloq fuqarolar yigʻini, Naima mahalla fuqarolar yigʻini, Madaniyat mahalla fuqarolar yigʻini, Qoʻchqorov koʻchasi, Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini, Bamaynimillal mahalla fuqarolar yigʻini, Soxibkorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Sobir Rahimov mahalla fuqarolar yigʻini, Samarqand mahalla fuqarolar yigʻini, T. Tojiyev mahalla fuqarolar yigʻini va Nurislom mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Isroil domla Shergʻoziyev hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirsadaq jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarqa havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 15-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ҚИРСАДАҚ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Qirsadaq jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.