Xontoʻra xoji jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xontoʻra xoji jome masjidi
Xontoʻra xoji
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Boʻzsuv qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Umid mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Qamariddin domla Qambarov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Xontoʻra xoji jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xontoʻra xoji jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Boʻzsuv qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Umid mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidga Boʻzsuv qishloq fuqarolar yigʻini, Umid mahalla fuqarolar yigʻini, Temur Malik mahalla fuqarolar yigʻini, Osiyo koʻchasi, Taraqqiyot mahalla fuqarolar yigʻini, Islom ota mahalla fuqarolar yigʻini, Qizil suv mahalla fuqarolar yigʻini, Karanku mahalla fuqarolar yigʻini, Tutzor mahalla fuqarolar yigʻini, Ozod Sharofiddinov mahalla fuqarolar yigʻini, Istiqbol mahalla fuqarolar yigʻini, Taraqqiyot mahalla fuqarolar yigʻini, Paxtakor mahalla fuqarolar yigʻini, Kenglik mahalla fuqarolar yigʻini, Nishon mahalla fuqarolar yigʻini, Qoʻshdaryo mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Qamariddin domla Qambarov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xontoʻra xoji jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Yaqin yillarda amalga oshirilgan qayta taʼmirlash ishlari asosan, islom meʼmorchiligi asosida bunyod etildi. Hozirda jome masjid hududida imom-xatib xonasi, xonaqoh, tahoratxona, kutubxona va ziyoratchilarni qabul qilish xonalari mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2002-yil 23-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ХОНТЎРАХОЖИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.