1999
(1999-yildan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation
Jump to search
Mingyillik: | 2chi mingyillik |
---|---|
Asr: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
1999 yil — XX asrning 99-yili.[1]
Oʻzbekistonda[tahrir]
"Ayollar yili"
- 13 yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita tashkil etildi.
- Yanvar — "Oʻzbekiston tarixi" jurnalining 1-soni chiqdi.
- Yanvar — Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida "Kosonsoy-Tekmen" Oʻzbekiston — Turkiya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi foydalanishga topshirildi.
- Yanvar — Xorazm viloyatida shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi keng nishonlandi.
- 4 fevral — "Fidokor" gazetasi chop etila boshladi.
- 6 fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
- 16 fevral — Toshkent shahrida terrorchi kuchlar siyosiy va diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan terrorchilik harakati oqibatida 16 nafar inson oʻldirildi, 120 kishi tan jarohati oldi.
- 18 fevral — "Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari" davlat dasturi ishlab chiqildi.
- 26 fevral — Prezident farmoni bilan "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida"gi Nizom tasdiqlandi.
- Fevral — Toshkentda Oʻzbekiston tarixchilari jamiyati tashkil etildi.
- 2 mart — 9 may Xotira va qadrlash kuni deb eʼlon qilindi.
- 15 mart — Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
- 21 mart — Samarqand shahrida rus va oʻzbek tillaridagi haftalik "Darakchi" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 30 mart — "Interkontinental" mehmonxonasi har yili oʻtkaziladigan Yevropa "Interkontinental" otellari koʻrik tanlovida birinchilikni oldi.
- Mart — "SamKochAvto" qoʻshma korxonasida shaharlararo va shahar ichida qatnashga moʻljallangan dastlabki avtobuslar ishlab chiqarildi.
- Mart. "Teatr" oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 7 aprel — Toshkent islom universiteti tashkil etildi.
- 14—15 aprel — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahrirda), "Oʻrmon toʻgʻrisida", "Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida", "Xotinqizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi.
- 23 aprel — Toshkentda Maʼrifatchilar jamiyatining taʼsis majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda jamiyat Nizomi tasdiqlandi.
- Aprel — Brisben (Avstraliya)da oʻtkazilgan Xalqaro "Gran pri" turnirida oʻzbek karatechilari 25 ta medalni qoʻlga kiritdilar, ulardan 14 tasi oltin medallardir.
- 1-2 may — Toshkentda kurash boʻyicha birinchi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi.
- 9 may — Oʻzbekiston Respublikasida birinchi bor 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. Toshkentda Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida "Xotira va qadrlash maydoni" barpo etildi.
- 17 may — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida elektrpoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
- 17 may — Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida uni umumiy temir yoʻl tarmogʻi bilan ulaydigan uzunligi 20 km boʻlgan Jiyron—Shoʻrtan temir yoʻl tarmogʻi foydalanishga topshirildi.
- 27 may — Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etildi.
- May — Navoiy viloyatida Navbahor gidrouzeli foydalanishga topshirildi.
- 10 iyun — Zulfiya nomidagi davlat mukofoti taʼsis etildi.
- Iyun — Navoiy shahrida oʻt oʻchiruvchi mashinalarni yigʻish boʻyicha Oʻzbekiston—Ukraina qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
- 1 iyul — Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.
- 19-20 iyul — Toshkentda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha "6+2" guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi kabul qilindi.
- Iyul — Andijon viloyatining Marhamat tumanida Oʻzbekiston—Rossiya "Ekomevalar" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsata boshladi.
- Iyul — Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan "Ilyushin Il-114" samolyoti Toshkent—Nukus, Toshkent—Fargʻona yoʻnalishlari boʻyicha doimiy parvozlarni amalga oshira boshladi.
- 7 avgust — Toshkentda Maʼnaviyat va maʼrifat respublika kengashining taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
- 18 avgust — Vazirlar Mahkamasining Yevropa — Osiyo transkontinental avtomagistralini loyihalash ishlari boʻyicha qarori chiqdi.
- 19-20 avgust — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida", "Turizm toʻgʻrisida", "Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi.
- 26 avgust — Samarqandda "Sharq taronalari" ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.
- Avgust — Fargʻona tumanida pillani qayta ishlaydigan Vodil pillakashlik fabrikasining birinchi navbati ishga tushdi.
- 20—21 sentyabr — Toshkentda "Buyuk ipak yoʻli"ni tiklash boʻyicha xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Oʻrta Osiyo mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Suriya va boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilot vakillari qatnashdilar.
- 21 sentyabr — Shahidlar xotirasi xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
- 27 sentyabr — Toshkentda Amerikaning "Motorola" kompaniyasi vakolatxonasi va radiostansiyalar ishlab chiqaradigan "Oʻzbekiston—Motorola—Telekom—Radio" qoʻshma korxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 12 oktyabr — "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
- 23—30 oktyabr — Toshkentda boks boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda 20 mamlakatdan 210 sportchi qatnashdi.
- 26 oktyabr — "Sharq ayoli" xalqaro ayollar jamgʻarmasi tuzildi.
- Oktyabr — Samarqanddagi "SamKochAvto" Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtobuslarning dastlabki turkumi eksportga joʻnatildi.
- Oktyabr — Toshkentda Respublika "Toshkent" fond birjasi bilan Frankfurt fond birjasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va hamjihatlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
- Oktyabr — Nukusda Onkologiya ilmiy markazi ochildi.
- Oktyabr — Andijon viloyatining Shahrixon tumanida "Anteks" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati toʻqimachilik korxonasi ishga tushirildi. Oktyabr — "Kurash" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 5 noyabr — Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi.
- 6 noyabr — Termiz shahrida "Alpomish" dostonining 1000 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.
- 1 dekabr — Toshkentda "Kabul—Oʻzbek Ko" Oʻzbekiston—Koreya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 5 va 19 dekabr — Barcha viloyat, tuman va shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy Kengashlar deputatligiga erkin demokratik saylovlar boʻlib oʻtdi.
- 17 dekabr — Qoraqalpogʻistonda 115 km uzunlikdagi Miskin — Sulton Uvays magistralida temir yoʻl izlarini tutashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
- 17 dekabr — Xorazmda oʻzbek shoiri, tarixchi Ogahiyning 190 yilligi nishonlandi.
- 18 dekabr — Nukusda Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli tavalludining 175 yilligi nishonlandi.
- 29 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarori chiqdi.
- 1999 — Toshkentda "Toshkent-plaza" xalqaro savdo koʻrgazma majmuasi bunyod etildi.
- 1999 — Oʻzbekiston isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuzildi.
Voqealar[tahrir]
Shuningdek qarang: Turkum:1999-yil voqealari
- Bolgariya NATOning Yugoslaviyaga qarshi harbiy harakatini qoʻllab-quvvatladi. Bolgariya hukumati NATOga kirishga tayyor ekanligini bildirdi.
- mart — Gʻarb davlatlari Kosovo hududida tinchlik oʻrnatish uchun u yerga NATO qoʻshinlarini olib kirishni talab qilib chiqdi. Yugoslaviya prezidenti Slobadan Miloshevich bunga rozi boʻlmadi va natijada NATO Serbiyaga qarshi yirik harbiy-havo operatsiyalarini boshlab yubordi.
- mart — Rossiya Davlat Dumasida yana impichment haqidagi masala koʻyildi va prezident Boris Yeltsin qonunchilik yoʻli bilan hokimiyatdan chetlashtirishdan kutulishga muvaffak boʻldi.
- aprel-may — Hindiston va Pokistonda yadro quroli sinovi oʻtkazildi.
- 1-2 may — Toshkentda kurash boʻyicha birinchi jahon chempionata boʻlib oʻtdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi. Buxorolik Akobir Qurbonov, Kamol Murodov va boshqa oʻzbek kurashchilari dastlabki jahon chempionlari boʻlishdi.
- 19 may-14 avgust — Sergey Stepashin Rossiya Federatsiyasi xukumati raisi etib tayinlandi.
- 19-20 iyul — Toshkentda Afg'oniston muammosini xal etish boʻyicha «6+2» guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi.
- sentyabr — Kosovo xududiga NATO qoʻshini kiritildi.
- oktyabr — Indoneziyada harbiy toʻntarish yuz berdi. Mamlakatda umumxalq saylovi boʻldi. Demokratiyani tiklash toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. Musulmon diniy partiyasi gʻalaba qildi.
- 1 yanvar — Yevro naqdsiz muomalaga kiritildi.
- 24 mart — Serbiyaga qarshi NATO operatsiyasi (1999).
- 20 aprel — AQSHdagi maktablardan birida otishma yuz berdi.
- 17 avgust — Pokrishkin Aleksandr Ivanovich nomidagi harbiy bilim yurti tugatildi.
- sentyabr — Moskvadagi kvartira majmuasi bombalari; Rossiya hukumati bayonotiga koʻra, huruj oqibatida jami 293 kishi halok boʻlgan.
- 28-dekabr — Saparmurot Niyozov Turkmanistonga umrbod prezident deb e'lon qilindi.
- 31 dekabr — Rossiya Prezidenti Boris Yeltsin iste'foga chiqdi.
Vafot etgan[tahrir]
Shuningdek qarang: Turkum:1999-yilda vafot etganlar
- 5 fevral — Wassily Leontief, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1973).
- 26 fevral — Stasis Anglitskis, litvalik shoir
- 11 mart — Herbert Yasper, kanadalik nevropsixologi.
- 21 avgust — Venya Dirkin (Aleksandr Litvinov), rossiyalik shoir, musiqach.
- 24 avgust — Ilya Tyurin, rossiyalik shoir, faylasuf, rok-musiqachi.
- 8 noyabr — Yuriy Malishev, rossiyalik kosmonavt.
- Georgiy Brim
- Ibrohim Hamroyev
- Gerhard Herzberg
- Nabijon Mingboyev
- Yormuhammad Muborakov
- Muslimgauze
- Vali Nabiyevich Nabiyev
- Daniel Nathans
- Glenn T. Seaborg
- Oyimxon Shomurotova
- Anatoliy Solovyanenko
Nobel mukofoti laureatlari[tahrir]
- Fizika — Gerardus 't Hooft va Martinus Veltman
- Kimyo — Ahmed Zewail
- Fiziologiya va tibbiyot — Günter Blobel
- Iqtisodiyot — Robert Mundell
- Adabiyot — Günter Grass
- Tinchlik — Médecins Sans Frontières
Manbalar[tahrir]
![]() |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |