Pusur Oqsoqol jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Pusur Oqsoqol jome masjidi
Pusur Oqsoqol
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Navbahor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini 16-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Baxodir domla Usmonov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Pusur Oqsoqol jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pusur Oqsoqol jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Navbahor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini 16-uyda joylashgan[2][3]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.80 gektar joyda 800 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Eski bino esa 300 kishiga moʻljallangan edi va namozxonlar uchun noqulay boʻlgan. Mazkur masjidga Navbahor qishloq fuqarolar yigʻini, Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvat mahalla fuqarolar yigʻini, Hamid Olimjon mahalla fuqarolar yigʻini, Goʻzal mahalla fuqarolar yigʻini, Boyovut mahalla fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi niyat mahalla fuqarolar yigʻini, Xusayn Boyqaro mahalla fuqarolar yigʻini, Birlashgan mahalla fuqarolar yigʻini, Bodomzor mahalla fuqarolar yigʻini, Uvaysiy mahalla fuqarolar yigʻini, Soxil boʻyi mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Baxodir domla Usmonov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2001-yil 15-fevral kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid binosi bir necha yillar muqaddam qaytadan bunyod etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Пусур оқсоқол жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  3. „"ГУЛБАХОР" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.