Keskan jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Keskan jome masjidi
Keskan
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Keskan mahalla fuqarolar yigʻini 41-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Olim domla Boymirzayev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Keskan jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keskan jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Keskan mahalla fuqarolar yigʻini 41-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Olim domla Boymirzayev hisoblanadi. Jome masjid islom meʼmorchiligi asosida mahalliy aholi vakillari, xunarmandlar, mahalla faollari, homiylar tomonidan zamonaviy usulda barpo etilgan. Mazkur masjidga Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻini, Keskan mahalla fuqarolar yigʻini, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻini, Qatlam mahalla fuqarolar yigʻini, Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Chashma mahalla fuqarolar yigʻini, Yulduz mahalla fuqarolar yigʻini, Zilol mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻini va unga yaqin boʻlgan hududlardan mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keskan jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mazkur masjidning nomlanishi u joylashgan hududning, koʻchasining tarixi nilan bogʻliq degan tahminlar mavjud. Keskan mahalla fuqarolar yigʻini faollari tashabbusi bilan masjid barpo etildi va unga shu mahallaning muborak nomi berildi[3]. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 9-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „КЕСКАН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „ИКРОМ ХОЖИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  3. „Tashkilot haqida“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.