Gulbogʻ jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Gulbogʻ jome masjidi
Gulbogʻ
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Niyozbosh qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Gulbog' mahalla fuqarolar yigʻini 41-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Shoxruh domla Abdullayev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Gulbogʻ xoji jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Oʻzbekistonda Gulbogʻ nomi bilan faoliyat yuritadigan boshqa masjidlar ham mavjud.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulbogʻ jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Niyozbosh qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Gulbogʻ mahalla fuqarolar yigʻini 41-uyda joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.60 gektar joyda 700 kishidan iborat boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Niyozbosh qishloq fuqarolar yigʻini, Navbahor mahalla fuqarolar yigʻini, Gulbogʻ qishloq fuqarolar yigʻini, Uzumzor mahalla fuqarolar yigʻini, Shirin mahalla fuqarolar yigʻini, Baxt mahalla fuqarolar yigʻini, Uzumzor mahalla fuqarolar yigʻini, A. Ikromov mahalla fuqarolar yigʻini, Islom ota mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi tong mahalla fuqarolar yigʻini, Nafis mahalla fuqarolar yigʻini, Surum mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Shoxruh domla Abdullayev hisoblanib, oʻzining mav’izalari bilan Yangiyoʻl tumanining boshqa masjidlaridagi namozlarda ham qatnashib turadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulbogʻ jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar topilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 9-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ГУЛБОҒ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Gulbog‘ jome’ masjidi“. www.cartogiraffe.com. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.