Tavxid jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Tavxid jome masjidi
Tavxid
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Shoʻralisoy mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Abdulhamid domla Mamajonov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Tavxid jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tavxid jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Shoʻralisoy mahalla fuqarolar yigʻini joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 300 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Shoʻralisoy mahalla fuqarolar yigʻini, Shodiyona mahalla fuqarolar yigʻini, Yuqori Chirchiq mahalla fuqarolar yigʻini, Musaffo mahalla fuqarolar yigʻini, Yoshlik mahalla fuqarolar yigʻini, Darxon mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon ota mahalla fuqarolar yigʻini, Markaz mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻini, Qizil ariq mahalla fuqarolar yigʻini, Isloxot mahalla fuqarolar yigʻini, da yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Abdulhamid domla Mamajonov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tavxid jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarqa havola qilindi. Yangi masjid binosi zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan boʻlib, 20 kishilik qulay tahoratxona, dam olish xonasi, imom-xatib xonasi, maʼnaviyat-maʼrifat xonasi, xonaqoh, fuqarolarni qabul qilish xonalari mujassam. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Тавхид жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Tavxid jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.