Sayid ibn Zayd jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sayid ibn Zayd jome masjidi
Sayid ibn Zayd
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Doʻstobod stqishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan O. Quchqorov mahalla fuqarolar yigʻini 162-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Komil domla Xolmatov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Sayid ibn Zayd jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayid ibn Zayd jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Doʻstobod qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan O. Quchqorov mahalla fuqarolar yigʻini 162-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Komil domla Xolmatov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.60 gektar joyda 750 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Doʻstobod qishloq fuqarolar yigʻini, O. Quchqorov mahalla fuqarolar yigʻini, Niyozmat ota qishloq fuqarolar yigʻini, Ustozlar mahalla fuqarolar yigʻini, A. Jomiy mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi yer mahalla fuqarolar yigʻini, Islos mahalla fuqarolar yigʻini, Izzat mahalla fuqarolar yigʻini, Camanzor mahalla fuqarolar yigʻini, X. Shukurov mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayid ibn Zayd jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 6-sentabr kuni roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasidan qabul qilingan. Mazkur jome masjidga mahalliy aholining talab va takliflariga binoan islom ilmining eng buyuk namoyondalardan biri boʻlgan Sayid ibn Zayd sharafiga – „Sayid ibn Zayd“ deya nomlangan. Masjid binosi mahalliy aholi vakillari, homiylar tomonidan bir necha yillar muqaddam qayta taʼmirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „САЙИД ИБН ЗАЙД ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „"САЙИД ИБH ЗАЙИД" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.