Gulbahor jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Gulbahor jome masjidi
Gulbahor
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Hamid domla Joʻrayev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Gulbahor jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulbahor jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini 24-uyda joylashgan[2][3]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.80 gektar joyda 100 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻini, Kirda mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Azim koʻchasi, Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Mehnat obod mahalla fuqarolar yigʻini, Sirdaryo mahalla fuqarolar yigʻini, Samarqand mahalla fuqarolar yigʻini, T. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Kungurtus mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Hamid domla Joʻrayev hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulbahor jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 30-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ГУЛБАХОР ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  3. „"ГУЛБАХОР" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.