Otamurod matriza qushbegi masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otamurod matriza qushbegi masjidi
Ota Murod qushbegi masjidi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Meʼmoriy yodgorlik
Turi Masjid
Manzili „Ichan qalʼa“ mahallasi, Boʻyoqchilar koʻchasi, 40-uy
Shahar Xiva
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°24′08″N 60°21′38″E / 41.40221137311101°N 60.36054609395689°E / 41.40221137311101; 60.36054609395689 G OKoordinatalari: 41°24′08″N 60°21′38″E / 41.40221137311101°N 60.36054609395689°E / 41.40221137311101; 60.36054609395689 G O
Qurilishi boshlangan XVIII asr
Qurilishi tugagan 1800-yil
Egasi Davlat mulkiga qarashli
Map
Otamurod matriza qushbegi masjidi xaritada

Otamurod matriza qushbegi masjidi (yoki Ota Murod qushbegi masjidi) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Masjidni XVIIIXIX (1800-yil) asrlarda xon qushbegisi Otamurod Matriza qurdirgan. Bugungi kunda yodgorlik „Ichan qalʼa“ mahallasi, Boʻyoqchilar koʻchasi, 40-uyda joylashgan.

Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otamurod matriza qushbegi masjidi 1800-yilda Xiva xonligida qushbegi (vazir) lavozimida ishlagan Otamurod (manbalarda Ota Murod) qushbegi tomonidan qurdirilgan. 1837-yili Otamurod qushbegi Xiva xoni Muhammad Aminxon shaxsiga oid yomon soʻzlarni aytgani uchun qatl etilgan. Masjidning yozgi ayvonidagi marmar ustun tagida hijriy 1232-yilga oid marmar lavha oʻrnatilgan boʻlib, bu milodiy yil hisobida 1816-yilga toʻgʻri keladi. Otamurod qushbegining oʻgʻli Muhammadrizo (Matriza) 1837-yildagi otasinining vafotidan soʻng, masjidni yangidan qurdirdi. 1846-yilda Muhammad Aminning Xiva xonligi taxtiga oʻtirishida Otamurod Matriza qushbegi katta hissa qoʻshgan[3].

Otamurod matriza qushbegi masjidi Ichan qalʼa hududida, Koʻhna Arkdan shimol tomonda joylashgan. Xivadagi deyarli barcha masjidlarga xos boʻlgan minora bu masjidda ham boʻlgan, ammo u bugungi kungacha saqlanib qolmagan.

Qurilish uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otamurod matriza qushbegi masjidi shimolga qaragan 28,7 metr uzunlikdagi toʻrtburchak maydonga qurilgan[4]. Masjidda koʻp ustunli yozgi ayvon va kvadrat shaklida bunyod qilingan qishki masjid mavjud. Yozgi ayvonining toʻrida, qibla tomonida mehrob joylashgan, mehrobning oʻng tomonida vaʼzxonlik uchun minbar, chap tomonida esa qishki masjidga kirish eshigi va Qurʼon oʻqiladigan maxsus joylar oʻrin olgan. Mehrob arkasimon qilib qurilgan va ganch bilan bezatilgan. Masjidning yozgi ayvonidagi yogʻoch oʻymakorligi bilan ishlangan ustunlari diqqatga sazovordir. Yozgi ayvonning 6 ta ustuni qurilish texnikasi boʻyicha juda mukammal holda arxitekturaviy kompozitsiyaga xos ravishda qurilgan[3].

Masjid xonaqoh, oʻng va ters ayvon hamda 2 ta qoʻshimcha xonadan iborat. Binoga sharqiy tarzdagi peshtoq orqali kiriladi. Kiraverishda 3 gumbazli xona va kichik minora bor. Xonaning shimoli-sharqiy burchagini miyonsaroy va 2 ta qoʻshimcha xona egallagan. Janubdagi ters ayvondan hovliga chiqiladi. Uning qarshisidagi oʻng ayvon 6 ta ustunli, markazidagi mehrob muqarnas naqshlar bilan bezatilgan. Orqasidagi xonaqoh tomi tekis toʻsinlar bilan yopilgan. Toʻsinlar 4 ta ustunga tayangan. Masjid Xorazm turar joylariga xos uslubda qurilgan. Ustunlari oddiy, poyustunlari marmardan, xonaqoh va ayvon devorlariga namoyonlar ishlangan[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichan qalʼa

Bogʻbonli masjid

Juma masjid

Hasanmurod qushbegi masjidi

Shayx Muxtor ota masjidi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]