Yangiqishloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Yangiqishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Jizzax viloyati
Tuman Forish tumani
Koordinatalari 40°25′07″N 67°10′46″E / 40.41861°N 67.17944°E / 40.41861; 67.17944Koordinatalari: 40°25′07″N 67°10′46″E / 40.41861°N 67.17944°E / 40.41861; 67.17944
Aholisi 4 410 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yangiqishloq (Oʻzbekiston)
Yangiqishloq

Yangiqishloq — Jizzax viloyati Forish tumanidagi shaharcha (1978 yildan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Jizzax (67 km). Aholisi 8,4 ming kishi (2003). Shaharchada paxta tozalash zavodi, MTP, avtokorxona, tikuvchilik fabrikasi, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxona va mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, madaniyat saroyi, madaniyat uylari, "Chorvador" xalq dastasi, markaziy va bolalar kutubxonalari aholiga xizmat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari va maydonchalari va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Ya. — Jizzax, Ya. — Forish, Ya. — Chimqoʻrgʻon va boshqalar yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi.