Zafarobod (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Zafarobod
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Jizzax viloyati
Tuman Zafarobod tumani
Koordinatalari 40°23′09″N 67°49′06″E / 40.38583°N 67.81833°E / 40.38583; 67.81833Koordinatalari: 40°23′09″N 67°49′06″E / 40.38583°N 67.81833°E / 40.38583; 67.81833
Aholisi 5 800 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Zafarobod (shaharcha) (Oʻzbekiston)
Zafarobod

Zafarobod — Jizzax viloyatidagi shaharcha (1997 y.dan). Zafarobod tumanining maʼmuriy markazi. Z.ga 1970y.lar boshida Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish avj olgan davrda asos solingan, 1973 yildan tuman markazi. Maydon 230 ga. Aholisi 4000 kishi (2001). Eng yaqin temir yoʼl stansiyasi — Paxtakor sh. gacha 18 km, Jizzax sh.gacha 42 km. Z.dan Jizzax sh.ga, Paxtakor, Arnasoy, Forish tumanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllari qurilgan.

Zafarobodda paxta tozalash zdi, elektrod ishlab chiqarish kichik korxonasi, bosmaxona, novvoyxona bor. Avtotransport, mashinatraktor xizmati koʻrsatish, gazlashtirish korxonalari, avtomobil yoʻllari boshqarmasi, kommunal va maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlari faoliyat koʻrsatadi.

Zafarobodda tuman hokimligi binosi, supermarket, "Otaxonlar" choyxonasi, "Paxtabank", 2 umumiy taʼlim maktabi, tarix muzeyi, madaniyat saroyi, dehqon bozori, kutubxona, 100 oʻrinli kasalxona, poliklinika, avtostansiya mavjud. Xotira xiyoboni, Mustaqillik maydoni barpo etilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil