Zomin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Zomin
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Jizzax viloyati
Tuman Zomin tumani
Koordinatalari 39°57′47″N 68°23′38″E / 39.96306°N 68.39389°E / 39.96306; 68.39389Koordinatalari: 39°57′47″N 68°23′38″E / 39.96306°N 68.39389°E / 39.96306; 68.39389
Rahbar Umrzaqov Sanaqul Mustafaqulovich
Asos solingan 1986-yil
Aholisi 28 000 nafar (2016)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Zomin (Oʻzbekiston)
Zomin

Zomin — Zomin tumanidagi shahar va tumannning maʼmuriy markazi.

Geografik joylashuvi[tahrir]

Viloyat markazi Jizzax shahridan 68 km. Zominsuv soyidan suv ichadi. Yakin temir yoʻl stansiyasi Dashtobod (20 km).

Aholisi[tahrir]

Aholisi 28 ming kishi (2016). Zomin tarixiy shahar boʻlib, qadimda Sarsanda, Susanda, Sabza nomlari bilan ham yuritilgan. Uning asos solingan yili nomaʼlum. Lekin arab geograf sayyoh olimlari Ibn Havkal, Muqaddasiylar (Yu-a.)ning maʼlumotlariga koʻra, Zomin arablar kelmasdan oldin ham boʻlgan va Ustrushonada yirik shaharlardan hisoblangan. Shahar Zominsuvning har ikkala sohiliga joylashgan. 10-asrda Zomin yonida qadimiy, arablar kelgunga qadar boʻlgan eski shaharning harobalari saqlanganligi manbalarda qayd etilgan. Shahar yonida jome masjidi boʻlgan. Zominning Samarqand, Buxoro, Shosh (Toshkent) va Fargona vodiysi shaharlarini bogʻlovchi katta karvon yoʻlida joylashganligi uning ravnaqiga ijobiy taʼsir etgan. 15—17-asrlarda Zomin mustahkam qalʼadan iborat viloyat markazi edi. 1868 yili rus podsho hukumati qoʻshinlari tomonidan bosib olingunga qadar Buxoro amirligiga qarashli boʻlgan va vaqt oʻtishi bilan avvalgi mavqeini yoʻqotgan. Zominda avtokorxona, tuman qurilish boshqarmasi, mahalliy sanoat va milliy buyumlar ishlab chiqarish korxonalari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, yoʻl qurilish va taʼmirlash idorasi, madaniyat uyi, aloqa boʻlimi, umumiy taʼlim maktablari, kutubxonalar, tuman markaziy kasalxonasi, sanitariya epidemiologiya stansiyasi, va xususiy dorixonalar bor. Zomin — Toshkent, Zomin — Jizzax, Zomin — Guliston yoʻnalishlarida avtobus qatnovlari boʻlgan, maʼlum vaqt oʻtib ular oʻrnini yengil avtomobillar egallagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil