Kontent qismiga oʻtish

Gʻallaorol

Gʻallaorol
shahar
40°01′17″N 67°35′51″E / 40.02139°N 67.59750°E / 40.02139; 67.59750
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Gʻallaorol tumani
Aholisi
23 110
Vaqt mintaqasi UTC+5
Gʻallaorol xaritada

Gʻallaorol — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati[1] Gʻallaorol tumanidagi shahar (1973-yildan), tuman markazi. Transport yoʻli stansiyasi mavjud. Viloyat markazi (Jizzax shahri[2]) dan 30 km gʻarbda joylashgan. Toshkent — Samarqand temir yoʻl, Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Aholisi 23 ming kishini tashkil etadi (2005). Paxta tozalash, gʻisht, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash, sutni qayta ishlash zavodlari, parran-dachilik fabikasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi.

Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, Xotira bogʻi bor. Stadion, sport zallari, sport maydonchalari va boshqa sport insho-otlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻallaoroldan Toshkent, Samarqand, Jizzax va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Toshkent — Samarqand elektr poyezdi shahar hududidan oʻtadi.

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Jizzax_viloyati
  2. „arxiv nusxasi“. 2024-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-fevral.