Kontent qismiga oʻtish

Narmaxonmadi Xudoyberdiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Narmaxonmadi Joʻrayevich Xudoyberdiyev
Нармахонмади Джураевич Худайбердыев
 10-OʻzSSR Ministrlar soveti raisi
 
Mansab davri
1971-yil 25-fevral – 1984-yil 19-noyabr
Oʻtmishdoshi Rahmonqul Qurbonov
Vorisi Gʻayrat Qodirov
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1970-yil – 1971-yil fevral
Oʻtmishdoshi Egamqul Tasanbayev
Vorisi Qudrat Ahmedov
 OʻzSSR Qishloq xo’jaligi vaziri
 
Mansab davri
1965-yil mart – 1970-yil
Hukumat boshligʻi Rahmonqul Qurbonov
Oʻtmishdoshi Joʻra Xonazarov
Vorisi Erkin Shayxov
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1961-yil iyul – 1963-yil fevral
Oʻtmishdoshi Orif Hakimov
Vorisi Fahriddin Shamsiddinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-fevral 1928-yil
Yotoq qishlogʻi, Jizzax tumani, Samarqand okrugi, OʻzSSR
Vafoti 27-noyabr 2011-yil(2011-11-27)
(83 yoshda)
Ilmiy unvoni Veterinariya fanlari doktori
Maʼlumoti Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti
Mukofotlari
«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Narmaxonmadi (Normuhammad) Joʻrayevich Xudoyberdiyev (1928-yil 10-fevral – 2011-yil 27-noyabr) – sovet oʻzbek davlat va partiya arbobi, OʻzSSR Ministrlar soveti raisi (1971—1984).

1928-yil 10-fevralda Oʻzbekiston SSR Samarqand okrugi Yotoq qishlogʻida (hozirgi Jizzax viloyati Forish tumani Bogʻdon shaharchasi) oʻzbek dehqon oilasida tugʻilgan. 1948-yildan KPSS aʼzosi.

1959-yil Qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan. Institut yoshlar tashkiloti kotibi lavozimida ishlagan. Veterenariya fanlari doktori (1952), dotsent (1954).

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

19541955 yy. – OʻzSSR kompartiyasi kotibi yordamchisi.

1955 y. – Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari.

19551957 yy. – Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi.

19571959 yy. – OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi kotibi.

19591960 yy. – Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari.

19601961 yy. – OʻzSSR Ministrlar soveti raisining oʻrinbosari.

19611962 yy. – Surxondaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi.

19621965 yy. – OʻzSSR Kompartiyasi kotibi.

19651970 yy. – OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri.

19701971 yy. – Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi.

25-fevral 1971 – 19-noyabr 1984 yy. – OʻzSSR Ministrlar soveti raisi.

1986-yil 27-iyulda „Paxta ishi“ doirasida partiyadan boʻshatilgan.

23-fevral 1987-yilda pora olganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. 9 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov qaroriga muvofiq, 1991-yilda ozod etilgan. Barcha mukofot va unvonlari qaytarib berilgan[1][2][3][4].

  1. Xudayberdiev Narmaxonmadi Djuraevich
  2. Kto est kto
  3. „Худайбердыев Нармахонмади Джураевич“. Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. 2012-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-iyun.
  4. arxiv nusxasi, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-11-12