Angliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Angliya Birlashgan Qirollik xaritasida

Ángliya (ingl. England) – Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-gʻarbini egallagan.

AngliyaBuyuk Britaniyaning ma’muriy-siyosiy qismi, uning tarixiy o‘zagi. Buyuk Britaniya o.ning janubiy va o‘rta hududida joylashgan. Germaniyada yashagan va 5 – 6-asrlarda Yevropa qit’asidan orolga ko‘chib borgan angllar qabilasidan Angliya nomi kelib chiqqan. Keng ma’noda ko‘pincha Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma qirolligini Angliya deb ataydilar. Maydoni 131 ming km², aholisi – 50 mln. kishiga yaqin (1999). Buyuk Britaniya butun maydonining 54% va aholisining 80%dan ko‘prog‘i. Angliya 39 graflik, 6 metropoliya grafligi va katta Londonga bo‘linadi. Londonning alohida boshqaruv tizimi bor: uning 28 okrugidan har birida kengash mavjud. Londondagi ijroiya hokimiyatini lord-mer amalga oshiradi. Angliya – iqtisodiy jihatdan Buyuk Britaniyaning eng rivoj-langan bo‘lagi. Mamlakatning an’anaviy sanoat tarmoqlari: konchilik (toshko‘mir, temir ruda), kora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati asosiy markazlari shu yerda joylashgan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik), elektr va radiotexnika, atom sanoati ham yaxshigina rivojlangan. Angliyada mamlakatning eng katta sanoat markazlari: London, Birmingem, Liverpul va boshqa joylashgan. Buyuk Britaniya jami ekinzorlarining salkam 70% Angliyaga to‘g‘ri keladi. U sut chorvachiligi, sabzavotchilik va bog‘dorchilikning asosiy maskani hamdir. Angliyada transport tarmog‘i qalin, uning portlari (London, Liverpul, Sautxempton va boshqalar) orqali mamlakat yuk aylanmasining 80%dan ko‘prog‘i o‘tadi. Yana qarang Buyuk Britaniya.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil