Zarbdor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zarbdor
shahar
40°04′29″N 68°10′06″E / 40.07472°N 68.16833°E / 40.07472; 68.16833 G OKoordinatalari: 40°04′29″N 68°10′06″E / 40.07472°N 68.16833°E / 40.07472; 68.16833 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Zarbdor tumani
Asos solingan 1992-yil
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
41 270
Vaqt mintaqasi UTC+5
Zarbdor xaritada
Zarbdor
Zarbdor

Zarbdor — Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shahar (1992-yildan), Zarbdor shahri tumanning janubida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi — Jizzax shahridan 30 km sharqda. Aholisi 41 270 kishi (2021). Zarbdor shahrida hokimiyat binosi, un kombinati, paxta tozalash zavodi, avtokorxonalar, dehqon bozori, maishiy xizmat va savdo shoxobchalari, madaniyat saroyi, klublar, 10 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, kasb-hunar litseyi, markaziy stadion, restoranlar, prokuratura, nuroniylar maskani, 2 ta bogʻ, 3 ta jom’e masjidi va hokazo bor. Zarbdor shahri 13 ta mahalladan tashkil topgan. Bular:Ravot,Navoiy,Lalmikor,Beshkubi,Nurlikent,Yangihayot,Buloqboshi,Nurobod,Oybek,Tinchlik,Mustaqillik,Oqbuloq va Oqboʻyra. Shahar muhim avtotransport yoʻllari yoqasida joylashgan. Viloyat markazi va boshqa aholi punktlari bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Zarbdor shahri Jizzax viloyatidagi yirik 3 ta shahardan biri hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Zarbdor, 2020-yil