Arxiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Arxiv (lot. archivum, yun. archeion – muassasa) – 1) hujjatlar saqlanadigan joy; 2) idoralar, tashkilotlar, shuning-dek ayrim shaxslar ish faoliyati davomida toʻplangan hujjatlar majmui. Qadimgi oʻzbek davlatlarida 3–4-asrlardayoq mar-kazlashgan hamda xususiy hujjatxonalar mavjud edi; temuriylar (14–15-asr), keyinchalik Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklari davrida saroy arxiv-kutubxo-nalari boʻlgan. 1919-yil 5-noyabr Turkiston Respublikasi Yagona Davlat Arxiv jamgʻarmasi (YADAJ) va Maorif Xalq komissarligi qoshida Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi (AIMB), 1930-yildan Oʻzbekiston Markaziy Arxiv boshqarmasi (OʻzMAB) vujudga keldi.1931-yilda Oʻzbekiston YADAJ boʻlimlari oʻrniga Markaziy arxiv (MA), Oʻzbekiston Markaziy Tarix arxivi (OʻzMTA), 1943-yilda. Oʻzbekiston kinosurat-ovozli hujjatlar Markaziy Davlat arxivi, 1962-yilda Oʻzbekiston Markaziy davlat tibbiyot arxivi (1965-yildan Oʻzbekiston Tibbiyot va texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi) tashkil etildi. Arxivlar ishlarini uygʻunlashtirish va boshqarish uchun 1959-yilda Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi qoshida A boshqarmasi tuzildi. 1961-yildan mazkur Boshqarma Arxivlar Bosh boshqarmasiga aylantirilib, Oʻzbekiston Ministrlar Sovetiga boʻysundirildi. 1992-yil 19-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi deb nomlandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat Arxivlari hamda muassasalar tasar-rufidagi Arxivlar unga boʻysunadi. Oʻzbekiston Respublikasida jami 77 davlat Arxivi boʻlib, ularda 6 mln.ga yaqin hujjatlar, jumladan 360 mingdan ortiq surat hujjatlari, 14 mingga yaqin ovozli hujjatlar, 17,5 mingga yaqin kinohujjatlar saqlanadi (1999). Markaziy davlat arxivida 13-asrdan boshlab shu bugungacha boʻlgan hujjatlar bor. Oʻzbekiston rassomlarining ishlari Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Badiiy jamgʻarmasi, shaxsiy guplam va muzeylardan oʻrin olgan. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon va boshqa shaharlarda Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Ayniy, Muxtor Ashrafiy, Abdulla Qahhor, Fafur Gʻulom, Oybek, Hamid Olimjon va boshqalarning ba’zi Arxiv materiallari ular uy-muzeylarida jamlangan.Oʻzbekistonda A.larni shakllan-tirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv muassasalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Arxivlar toʻgʻrisida"gi qonuni (1999-yil 15-aprel) bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan barcha Arxiv hujjatlarini toʻliq qamrab olishga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlit-ligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgan. Konunga koʻra, hujjatlarda Oʻzbekiston xalqining moddiy va ma’na-viy hayoti aks ettirilgan barcha Arxiv fondlarining majmui Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi deb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi davlat va nodavlat Arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat Arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, prokuraturalar, sudlar, banklarda, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolat-xonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan Arxiv hujjatlari davlat Arxiv fondini tashkil etadi. Nodavlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida toʻplangan Arxiv hujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy Arxivlarino davlat Arxiv fond imi tashkil etadi. Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondiga kiritish yoki hujjatlarni undan chiqarish ekspert komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi. Hujjatlarning qimmatliligini aniqpash mezonlarini, ekspert komissiyalarini tuzish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi belgilaydi. Arxiv uchun mutaxassis xodimlar Toshkent madaniyat institutida hamda Oʻzbekiston milliy universiteti tarix fakultetida tayyorlanadi. Ra’noxon Fayziyeva.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil