Said Aloviddin maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Said aloviddin maqbarasiIchan qalʼadagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr). Soʻfi Amir Kulol tomonidan ustozi shayx Aloviddin qabri ustiga qurilgan. Maqbara (13,0x10,4 m) peshtoqli, ziyoratxona va goʻrxonadan iborat. 14-asr 1-yarmida peshtoqi jan.ga qaratib goʻrxona bunyod etilgan. Goʻrxonaning gʻarbida ziyoratxona (18-asr) qad rostlagan. Xonalar gumbaz tomli, ziyoratxonaga poygumbaz darchasidan yorugʻlik tushib turadi. Ichkarisi ganch suvok, qilingan. Goʻrxonadagi sagʻanalar boʻrtma koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Ularning birida arab yozuvida Said Aloviddinning vafoti yozilgan (1303 y. 18 mart). Sagʻana supa shaklida boʻlib, burchaklarida bejirim ustunchalar bor, ular piromoni bandi rumiy deb ataluvchi handasiy shaklga ega. Supa devorlaridagi madohilsimon namoyon nafis ishlangan. 1825 yilda meʼmor Hubbiqulixoʻja oʻgʻli Hamidxoʻja tomonidan qulab tushgan peshtoqi qayta tiklanib, gumbaz, sagʻana, ziyoratxona devorlari taʼmir qilingan. Ziyoratxona devorlarida fors tilida (arabcha nastaʼliq yozuvida) binoning qurilishi va meʼmorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. 1957 yilda I.Notkin va V.Bulatova tomonidan ilmiy jihatdan oʻrganilgan. Xiva shahrining 2500 y.lik yubileyi arafasida maqbarada taʼmirlash ishlari oʻtkazildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil