Namoz
Din asoslari |
Allohning birligi • Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
Asosiy ibodatlar |
Kalimai shahodat Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
Muhim Shaxslar |
Muhammad •
Abu Bakr • Umar • Usmon • Ali • Sahobalar • Ahli bayt • Islom paygʻambarlari |
Muqaddas matnlar |
Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
Islomdagi mazhablar |
Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
Jamoat |
Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
Islom portali |
Namoz (fors.) — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi 5 rukndan biri. N. musulmonlarga meʼroj kechasi (qarang Isro va meʼroj) farz qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. oʻqish farz hisoblanadi. N. oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, Qurʼon oyatlaridan tilovat qilishda duolar oʻqish, rukuʼ, sajda, tiz choʻkib oʻtirish, salom berishlarni oʻz ichiga oladi. N.ning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, vojib, sunnat, nafl, ishroq, tahajjud, qazo, shukri vuzu, janoza va boshqa qoʻshimcha N.lar borki, ularni ado etish musulmon kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat N.lari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi N.lar sirasiga kiradi.
N. oʻqish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda oʻqish joyi pok boʻlishi shart. N. qiblaga — Makkadagi Kaʼba ibodatxonasiga qarab oʻqiladi. Uni oʻqishda maxsus toʻshama — joynamozdan foydalanish odatga aylangan. N.ni kishi bir oʻzi yoki jamoa boʻlib oʻqishi mumkin, lekin juma kunidagi juma N.ini masjidda jamoa bilan oʻqish tavsiya etiladi. Jamoa boʻlib N. oʻqiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri (imom) imomlikka oʻtadi. N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, yigʻlash, yoʻtalish, turli harakatlar qilish va boshqa mumkin emas. Kasal va nogironlar N.ni oʻzlariga qulay holatda oʻqiydilar.
Islomdagi mazhablar koʻrsatmalarida N. oʻqish qoidalarining bir-biridan farq qiladigan jihatlari bor. Oʻzbekistonda N., asosan, hanafiylik mazhabiga muvofiq oʻqiladi.[1]
Jarayon[tahrir]
Tahorat qilib boʻlgandan keyin namoz oʻqiladi.
1. Qiblaga yuzlanib, qoʻllarni koʻtarib"اَللهُ اَكْبَرُ" (Allohu akbar) deyiladi.
2. Sano duosi oʻqiladi.
3. Avval Fotiha surasini, soʻngra boshqa biror surani oʻqiladi.
4. „Allohu akbar“ deb rukuʻ qilinadi va rukuda 3 marotaba: „سُبْحَانَ رَبِّيَ الْعَظِيمِ“ „Subhana robbiyal-aʼziym“ (Ulugʻ Robbim pokdir!) deyiladi.
5. Ruku’dan boshni koʻtarib:
„سَمِعَ اللهُ لِمَنْ حَمِدَهُ، رَبَّناَ وَ لَكَ الْحَمْدُ“ „Sami’allohu liman hamidah, Robbana-a valakal hamd“ (Alloh Oʻziga hamd aytuvchini eshitdi. Ey Parvardigorimiz! Senga hamd(lar) boʻlsin) deyiladi.
6. „Allohu akbar“ deb sajda qilinadi va sajdada 3 marta „سُبْحَانَ رَبِّيَ الْأَعْلَى“ „Subhana robbiyal aʼla“ (Eng oliy zot boʻlmish Parvardigorim barcha aybu nuqsondan pokdir) deyiladi.
7. „Allohu akbar“ deb sajdadan boshni koʻtarib oʻtiriladi va: „رَبِّ اغْفِرْ لِي“ „Robbigʻ-firli“ deyiladi.
8. Biroz jalsada bo'lib, „Allohu akbar“ deb ikkinchi marta sajda qilinadi va sajdada „Subhana Robbiyal-aʼla“ deyiladi.
9. „Allohu akbar“ deb ikkinchi rakatga turiladi.
Namozni boshlashdan oldin ado etilishi lozim boʻlgan toʻqqizta shart bordir:
1. Islom.
2. Aql.
3. Tamyiz (esni tanishlik).
4. Tahoratli boʻlish.
5. Najosatlardan poklanish.
6. Avratni yopish.
7. Namoz vaqtining kirishi.
8. Qiblaga yuzlanish.
9. Niyat.
Namoz turlari[tahrir]
Namoz nomi | arabcha: ' | Maʼnosi/ Tarjimasi |
Namoz vaqti/ Qay holatda oʻqilishi |
Masʼuliyati/ |
Rakatlar soni |
---|---|---|---|---|---|
Asr | صلاة العصر | Vaqt Oʻrta namoz | Kechki mahal. Inson soyasi oʻzidan ikki barobar kattalashganda oʻqiladi. | Farz | 4 |
Asr namozini oʻz vaqtida oʻqish zarur. | |||||
Vitr | وتر | Sunnat/Vojib | |||
. | |||||
Jum’a | صلاة الجمعة | Jaʼmlanuvchu namoz | Juma kuni | Farz/Sunnat | 4,2,4 |
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
|