Turkiy Kengash
Turkiy Kengash (ozarb. Türk Şurası, qoz. Түркі Кеңесі, qirgʻ. Түрк Кеңеши, turk. ''Türk Keneşi, ingl. Turkic Council) — turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan. Ushbu tashkilot 2009-yilning 3-oktyabr kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida asos solingan.
Tashkilot nomi | Turkiy Kengash |
Aʼzo davlatlar soni | 4 ta |
Shtab-kvartira | ![]() |
Parlament assambleyasi | ![]() |
Turkiy Kengash akademiyasi | ![]() |
Tashkilot turi | Xalqaro tashkilot |
Asos solingan sana | 2009-yil, 3-oktyabr |
Rasmiy tillar | ozarbayjoncha, qirgʻizcha, qozoqcha, turkcha, inglizcha |
Bosh kotib | ![]() |
Rasmiy sayti | turkkon.org |
Mundarija
Tarixi[tahrir]
1992-yilda ilk bor «Turkiyzabon davlatlar sammiti» boʻlib oʻtdi. 2009-yilning 3-oktyabr kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida «Naxchivon kelishuvi» imzolandi va «Turkiy kengash» xalqaro tashkilotiga asos solindi va tashkilot kotibiyati bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi[1].
Ushbu tashkilotga asos solinishdan avval, 1992-yilda Qozogʻustonning oʻsha paytdagi poytaxti Almatida «Birlashgan turkiylar tili va sanʼati maʼmuriyati»ga asos solingan edi. 1998-yilda esa Ozarbayjonning Boku shahrida «Turkiyzabon davlatlar parlamentlik assambleyasi» tashkil etildi. Yaqin kelajakda «Turkiy Kengashga» Turkmaniston va Oʻzbekiston kirishi kutilmoqda.
Aʼzo davlatlar[tahrir]
Davlat | Poytaxti | Maydoni | Aholisi soni | YIP |
---|---|---|---|---|
![]() |
Boku | 86 600 km² | 9 780 700 | $ 98,776 mlrd |
![]() |
Bishkek | 198 500 km² | 5 776 500 | $ 13,231 mlrd |
![]() |
Ostona | 2 724 902 km² | 17 440 000 | $ 264,894 mlrd |
![]() |
Anqara | 783 562 km² | 77 695 900 | $ 1,444 trln |
«Turkiy Kengash» aʼzosi boʻlmagan turkiyzabon davlatlar[tahrir]
Davlat | Poytaxti | Maydoni | Aholisi soni | YIP |
---|---|---|---|---|
![]() |
Lefkosiya | 3 300 km² | 294 900 | $ 177,6 mln |
![]() |
Ashxobod | 491 200 km² | 5 240 500 | $ 54,746 mlrd |
![]() |
Toshkent | 447 400 km² | 31 000 000 | $ 123,577 mlrd |
Tashkilot sohalari[tahrir]
- Istanbul kotibiyati
- Prezidentlar kengashi
- Tashqi ishlar vazirlari kengashi
- Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet
- Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi
- Bokudagi parlament assambleyasi
- Ostonadagi turkiy akademiya
- Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti
Tashkilot bosh kotiblari[tahrir]
Xalil Aqinchi[2] | ![]() |
3.10.2009 | 16.09.2014 |
Ramil Hasanov | ![]() |
16.09.2014 | hozirgi vaqtgacha |