Kontent qismiga oʻtish

Vikiiqtibos

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Vikiiqtibos
Web-manzil http://wikiquote.org/
Interwiki q:
Asosiy boʻlim koʻp tilli
uz.wikiquote.org
Asos solingan sana 10-iyul 2003-yil
Asoschi Jimmy Wales va Vikimedia jamiyati
Reklama yoʻq

Vikiiqtibos (viki va iqtibos soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikiquote) – mashhur kishilar hamda asar qahramonlari iqtiboslarining erkin toʻplami. Vikipediya singari Vikiiqtibos ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan yuritiladi. Vikiiqtibos ilk bor ingliz tilida 2003-yil 10-iyulda ish boshlagan. Loyihaning oʻzbekcha boʻlimi esa 2007-yilning fevral oyida faol tahrir qilina boshlagan.

Ushbu loyiha tashrif buyuruvchilarga oʻz hissalarini qoʻshish imkoniyatini beruvchi kam sonli onlayn iqtiboslar toʻplamlaridan biridir[1]. U har bir iqtibos uchun aniq manbalarni koʻrsatishga va notoʻgʻri berilgan iqtiboslarni tuzatishga intiluvchi juda kam sonli resurslardan biri hisoblanadi. Vikiiqtibos sahifalari Vikipediyadagi mashhur shaxslar haqidagi maqolalar bilan oʻzaro bogʻlangan[2].

Tadqiqotlarda foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vikiiqtibos tilshunoslik va sunʼiy idrok bilan bog‘liq tadqiqotlarda matn korpusi sifatida ishlatilishi mumkin[3]. Masalan, 2017-yilda bo‘lib o‘tgan NIPS [en] konferensiyasida Wrocław universiteti jamoasi Vikiiqtibosdan kam uchraydigan soʻzlarni aniqlaydigan suhbat modulini yaratishda foydalangan[4]. Shuningdek, ba’zi tadqiqotchilar Vikiiqtibosdan ekstremistik fikrlar aks etgan iqtiboslarni aniqlash uchun til modellarini o‘rgatishda ham foydalanishgan[5].

  1. DeVinney, Gemma.. „Wikiquote: Another source for quotes on the Web“. UB Reporter. University of Buffalo (2007-yil 18-yanvar). 2012-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-noyabr.
  2. Ahsan, Hafsa.. „It's all about Wikis“. DAWN (2007-yil 27-yanvar). 2012-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Buscaldi, D.; Rosso, P. (2007). "Some Experiments in Humour Recognition Using the Italian Wikiquote Collection". Lecture Notes in Computer Science. International Workshop on Fuzzy Logic and Applications. doi:10.1007/978-3-540-73400-0_58. ISBN 978-3-540-73399-7.
  4. Chorowski, Jan; Łancucki, Adrian; Malik, Szymon; Pawlikowski, Maciej; Rychlikowski, Paweł; Zykowski, Paweł (21 May 2018). A Talker Ensemble: the University of Wrocław's Entry to the NIPS 2017 Conversational Intelligence Challenge (Report).
  5. Lane, R.O.; Holmes, W.J.; Taylor, C.J.; State-Davey, H.M.; Wragge, A.J. (30 March 2021). "Predicting the Descent into Extremism and Terrorism". 6th IMA Conference on Mathematics in Defence and Security. Institute of Mathematics and its Applications. https://cdn.ima.org.uk/wp/wp-content/uploads/2019/10/Predicting-the-descent-into-extremism-and-terrorism-2.pdf.