Gʻulomjon Fozilov
Gʻulomjon Fozilov | |
---|---|
Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyati qoʻmitasi 1-kotibi | |
Mansab davri 1990-yil 21-iyun — 1991-yil 14-sentabr | |
Oʻtmishdoshi | Hamid Majidov |
Vorisi | Shavkat Yoʻldoshev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1936 1936 |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
![]() |
Gʻulomjon Fozilov shoʻro iqtisod, davlat va siyosiy arbobi.
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1936-yilda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.
1959-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1959-1992-yillarda irrigatsiya tizimlari boshqarmasi Margʻilon ishlab chiqarish uchastkasi muhandisi, Margʻilon tuman komsomol qoʻmitasi birinchi kotibi, Fargʻona kolxoz-sovxoz hududiy boshqarmasi bosh muhandisi, Oxunboboyev nomidagi ishlab chiqarish boshqarmasi bosh muhandisi, instruktor, boʻlim boshligʻi, Fargʻona viloyat partiya qoʻmitasi qurilish boʻlimi boshliq oʻrinbosari, „Fargʻonavodstroy“ tresti mudiri, Fargʻona shahar partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, „Fargʻonaqurilish“ uyushmasi boʻlim mudiri, Fargʻona viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat komiteti 1-kotibi, Fargʻona viloyati hokimi[1] kabi masʼul lavozimlarda mehnat qilgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10, 11 va 12-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
1992-yil 21-fevralda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Fargʻona viloyati hokimi etib tayinlandi[2].
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Desyatiy soziv. (Kratkie biograficheskie svedeniya). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 259.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 30-aprel 2021-yil.
- ↑ Pravda Vostoka“. press.natlib.uz. 26-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-aprel 2021-yil.