Akrom Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akrom Xoʻjayev
Akrom Xujaev.jpg
Andijon viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1964-yil — 1965-yil
Oʻtmishdoshi Poʻlat Qayumov
Vorisi Poʻlat Qayumov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1927-yil 13-yanvar
Qoʻqon shahri
Vafoti 2009-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Ilmiy unvoni Geologiya-minerologiya fanlari doktori
Mukofotlari Order of Lenin ribbon bar.png Order badge of honor rib.png Order october revolution rib.png Orderredbannerlabor rib.png Orderredbannerlabor rib.png Orderredbannerlabor rib.png
Unvoni Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog

Akrom Xoʻjayev (1927-yil 13-yanvar, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri — 2009-yil) — sovet davlat va partiya arbobi, geoglogiya-mineralogiya fanlari doktori (1969), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog (1977). 1950-yildan KPSS aʼzosi[1][2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akrom Rustamovich Xoʻjayev 1927-yil 13-yanvarda Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tavallud topgan. 1962-yilda I. M. Gubkin nomidagi Moskva Neft kimyosi va gaz sanoati institutini tugatgan[2]. 1948—1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Xalq xoʻjaligi kengashining gaz va neft sanoati boshqarmasida ishlagan. 1961—1965-yillarda Andijon viloyati partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston Xalq xoʻjaligi kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, Andijon viloyati sanoat partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, Andijon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi[3], Oʻzbekiston Xalq xoʻjaligi kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 1965—1985-yillari Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari[3], 1985—1988-yillarda Oʻzbekiston SSR Mineralogiya ministrligi tasarrufidagi Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti katta ilmiy xodimi, 1988—2009-yillari mazkur institutning bosh ilmiy xodimi vazifasida ishlagan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi. 6—9-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1963—1979-yillar)[1].

Akrom Xoʻjayev 2009-yilda vafot etdi.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akrom Xoʻjayevning ilmiy ishlari, asosan, Oʻzbekistondagi neft-gaz konlarining paydo boʻlishi, mineral yoqilgʻi resurslari, ularni qidirib topish va foydalanishning iqtisodiy samaradorligi masalalariga bagʻishlangan. 1969-yilda Akrom Xoʻjayev „Fargʻona vodiysi shimoliy qismining geologik tuzilish xususiyatlari va neft-gazlilik istiqboli“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[1]. Akrom Xoʻjayev Oʻrta Osiyodagi neft-gaz va yoqilgʻi resurslari hamda geologiya boʻyicha 50 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 6 ta monografiya muallifi hisoblanadi[2]. Akrom Xoʻjayev Moskva (1971, 1976), Nice (1973), London shaharlarida (1976) oʻtkazilgan neft-gaz kongresslari ichtirokchisi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Geologiya i neftegazonosnost Severnoy Fergani. (ruscha: Геология и нефтегазоносность Северной Ферганы.) (1969);
  • Mineralniye toplivniye resursi Uzbekistana i ekonomika ix ispolzovaniya. (ruscha: Минеральные топливные ресурсы Узбекистана и экономика их использования.) (1972);
  • Neftyaniye i gazoviye mestorojdeniya Uzbekistana. (ruscha: Нефтяные и газовые месторождения Узбекистана.) (2 tomlik, 1973—1974);
  • Toplivno-energeticheskie kompleksi Sredneaziatskogo ekonomicheskogo rayona. (ruscha: Топливно-энергетические комплексы Среднеазиатского экономического района.) (1974);
  • Ekonomicheskaya effektivnost poiskovix i razvedochnix rabot na neft i gaz v Uzbekskoy SSR. (ruscha: Экономическая эффективность поисковых и разведочных работ на нефть и газ в Узбекской ССР.) (1976)[1].

Unvon va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 OʻzSE 1979, s. 413
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Akrom Xoʻjayev“ (rus tilida). 19-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 „Akrom Xoʻjayev“ (rus tilida). 12-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1979 — 656 bet.