Maqsuda Vorisova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maqsuda Vorisova
Tavalludi 20-yanvar 1961-yil (1961-01-20) (63 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Maqsuda Azizovna Varisova (tugʻ. 1961-yil 20-yanvar, Toshkent viloyati Zangiota tumani, OʻzSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi raisining oʼrinbosari.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1961-yil 20-yanvarda Toshkentda tugʻilgan[1].
  • 1987-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan[2].
  • 1987-1989-yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumani 6-sonli poliklinikasining terapevti boʻlib ishlagan.
  • 1989-yildan 2003-yilgacha Toshkent viloyati Zangiota tumani „Nazarbek“ qishloq vrachlik punktida umumiy amaliyot shifokori boʻlib ishlagan[3].
  • 2018-yildan beri Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining 19-sonli qishloq oilaviy poliklinikasini boshqaruvchisidir[4].
  • 2018-yilda deputatlar birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va Jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash boʻyicha Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisining oʻrinbosari etib tayinlangan[5].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda 1-darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  2. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  3. https://xabar.uz/uz/jamiyat/bir-guruh-deputatlarga
  4. https://xdp.uz/ru/
  5. https://lex.uz/docs/5104578