Ahmadali Rizayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmadali Rizayev
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi 1-sekretari
Mansab davri
1956-yil may – 1962-yil may
Oʻtmishdoshi Nasi Maxmudov
Vorisi Nazar Matchonov
Andijon viloyati Ijroiya qoʻmitasi rahbari
Mansab davri
1955-yil – 1956-yil may
Oʻtmishdoshi Ergash Ashurov
Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi rahbari
Mansab davri
1953-yil oktabr – 1955-yil
Vorisi Faxriddin Shamsiddinov
Andijon viloyati Ijroiya qoʻmitasi rahbari
Mansab davri
1951-yil avgust – 1952-yil sentabr
Vorisi Ergash Ashurov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1912-yil 12-mart
Marhamat, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 5-yanvar 2005-yil(2005-01-05)
(92 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Ahmadali Rizaev (12.03.1912, Fargʻona viloyati , Marhamat tumani 2005.05.5 .[manba kerak]) — sovet maxfiy xizmati arbobi, partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1956—1962).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1938-yildan VKP (b) aʼzosi. Kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. 1931-yilda Andijon pedagogika texnikumini, 1935-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining birinchi semestrini, 1953-yilda Fargʻona pedagogika institutining uchta kursini tamomlagan.

  • 1931—1933-yillarda oʻqituvchi, maktab mudiri (Oʻzbekiston SSR Marxamat tumani),
  • 1933-yil may-noyabrda tahririyat mas’ul kotibi (Oʻzbekiston SSR Marhamat tumani),
  • 1933—1935-yillarda Qizil Armiya xizmatida, kursant, 6-oʻzbek togʻ-kavkaz diviziyasi alohida aloqa otryadi komandiri;
  • 1936—1939-yillar — stajyor, Qoraqalpoq ASSR NKVD komissarining yordamchisi;
  • 1939—1940-yillarda NKVDning Kegayli tuman boʻlimi boshligʻi (Qoraqalpoq ASSR),
  • 1940-yil oktabr-dekabr NKVDning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi boshligʻi (Qoraqalpoq ASSR),
  • 1940—1941-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarining oʻrinbosari, davlat xavfsizligi kichik leytenanti;
  • 1941—1942-yillar Qoraqalpoq ASSR Ichki ishlar xalq komissari,
  • 1942—1945-yillarda boshliq oʻrinbosari, NKVD polkining maxsus boʻlimi boshligʻi,
  • 1945—1946-yillarda Samarqand garnizoni kontrrazvedka boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
  • 1946—1948-yillarda MGB Leninskiy shahar boʻlimi boshligʻi (Andijon viloyati),
  • 1948—1951-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Lenin tumani qoʻmitasi birinchi kotibi;
  • 1951-yil mart-avgust oylarida Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasi kotibi,
  • 1951—1952-yillarda Andijon viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi,
  • 1953—1955-yillarda Fargʻona viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi,
  • 1955—1956-yillarda Andijon viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi,
  • 1956—1962-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi,
  • 1962-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoʻqon shahar qoʻmitasi birinchi kotibi (Fargʻona viloyati) kabi mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

SSSR Oliy Kengashining 4-6-chaqiriq deputati.

Mukofotlar va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lenin (1957), Qizil Yulduz (1949), Mehnat Qizil Bayroq (1949), Ikkinchi darajali Vatan urushi (1945) ordenlari bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Petrov N. V. Kto rukovodil organami gosbezopasnosti, 1941—1954 gg.