Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev
Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev | |
---|---|
![]() | |
Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 1943 — 1952 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1896 Fargʻona viloyati, Rishton tumani, Uyrat qishlogʻi |
Vafoti |
1977-yil 25-may Fargʻona shahri |
Fuqaroligi |
![]() |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Unvoni |
![]() |
Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev (1896-yil, Fargʻona viloyati, Rishton tumani, Uyrat qishlogʻi — 1977-yil 25-may, Fargʻona shahri) — sovet davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigator (1964), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), KPSS aʼzosi (1927)[1].
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1896-yilda Rossiya imperiyasi tasarrufidagi Turkiston oʻlkasi Fargʻona viloyati Rishton volosti Uyrat qishlogʻida yollanma dehqon oilasida tavallud topgan. Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1916-yilda Rishtonda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonda ishtirok etgan[2]. 1916-yil 12-iyulda „Xoʻja Ilgʻor“ masjidi yonidagi jangda tayoq va toshlar bilan qurollangan rishtonlik qoʻzgʻolonchilar bilan birgalikda mahalliy pristav va uning qoʻriqchilariga hujum uyushtirgan[2]. 1917—1923-yillari Fargʻona vodiysida sovet hokimiyatini oʻrnatish janglarida qatnashgan. Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigan qishloq soveti kotibi, volost oziq-ovqat otryadi inspektori (1917—1922), Rishton tumani Ijroiya qoʻmitasi kommunal xoʻjalik boʻlimi mudiri, oziq-ovqat otryadi inspektori (1922—1924), Bagʻdod tumani Ijroiya qoʻmitasi raisi (1924—1927; 1930—1933), Fargʻona okrug yer boʻlimi mudiri (1927—1929), okrug qishloq ittifoqi raisi (1929—1930), Izboskan (1933—1939), Oʻzbekiston (1939—1943) tumanlari, Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi (1943—1952), Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali ekspulatatsiya boshqarmasi boshligʻi (1952—1957) lavozimlarida ishlagan[1][2]. Oʻzbekiston Kompartiyasi 10-syezdida Markaziy Komiteti aʼzosi, 12-syezdida esa Markaziy Komiteti aʼzoligiga nomzod etib saylangan. 2-chaqiriq SSSR Oliy Soveti (1946—1950), 2-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1947—1950) deputati boʻlgan[1].
Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1977-yil 25-may kuni Fargʻona shahrida vafot etgan[3].
Farzandlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Erkin Usmonxoʻjayev (1926—1987) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
Inomjon Usmonxoʻjayev (1930—2017) — Oʻzbekiston SSR davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1983—1988)[4].
Unvon va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator“ unvoni (1964)[2];
- Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971-yil 8-aprelda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni rivojlantirish, davlatga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirib berishda beshyillik rejani bajarishdagi ulkan yutuqlari, partiya xoʻjalik tashkilotlarida hamda irrigatsiya ishlarida uzoq ishlab, yuqori koʻrsatkichlarga erishgani uchun);
- Lenin ordeni (1939-yil 23-dekabr; 1950-yil 16-yanvar; 1971-yil 4-avgust)[2];
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944-yil 25-dekabr; 1946-yil 23-yanvar; 1957-yil 11-noyabr; 1966-yil 30-aprel);
- „Hurmat belgisi“ ordeni (1945-yil 1-oktabr);
- Qizil Yulduz ordeni (1947-yil 6-fevral);
- 2-daraja Vatan urushi ordeni (1945-yil 1-fevral) bilan taqdirlangan[1].
Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Fargʻona shahrining markaziy koʻchalaridan biri Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi bilan atalgan.
- Rishton tumanidagi qishloq fuqarolar yig‘inlaridan biriga Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi berilgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 OʻzSE 1978, s. 622
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Timur Karimov. „Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev“ (rus tilida). 14-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentabr 2022-yil.
- ↑ Sovet Oʻzbekistoni gazetasi. „Taʼziyanoma“ 3-bet (26-may 1977-yil). 8-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev“ (rus tilida). 8-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentabr 2022-yil.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XI tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1978 — 656 bet.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Vatan urushi ordeni sohiblari
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Fargʻonada vafot etganlar
- 1977-yilda vafot etganlar
- 25-mayda vafot etganlar
- 1896-yilda tugʻilganlar