Quvayt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Quvayt Davlati
Quvayt davlat bayrogʻi   Quvayt davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: For Kuwait
Madhiya: Al-Nasheed Al-Watani
Quvayt Xaritasi
Poytaxt Quvayt
Rasmiy til(lar)
Hukumat Semi-Konstitutsion Rohiblik
 •  Amir   Sabah Al-Axmad Al-Jaber Al-Sabah
 •  Bosh Vazir   Nasser Al-Mohammed Al-Ahmed Al-Sabah
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 •  Sana   19 iyun 1961
Maydon  
 • Butun 17,820 km² (157-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 2,335,648 (140- oʻrin)
 • Zichlik 131/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$53,310 mil. (74-)
 • Jon boshiga AQSh$22,825
Pul birligi Kuwaiti Dinar (KWD)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma KU
Internet domen .kw
Telefon prefiksi +965

Kuvayt, Kuvayt Davlati (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston yarim orolida, Fors qoʻltigʻining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maydoni 17,8 ming km². Aholisi 2,04 mln. kishi (2001). Poytaxti — Al-Kuvayt shahri. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. K. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 16-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — amir (1977-yildan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament — Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. Yer yuzasining koʻp qismi gʻarbdan sharqqa pasayib boruvchi plato. Fors qoʻltigʻining sohili botqoqli pasttekislik. K. hududi Afrika— Arabiston platformasining shim.-sharqida. Basra—Kuvayt sineklizasida joylashgan. Iqlimi quruq, tropik iqlim. Yanv. ning temperaturasi 11°, iyulniki 34°. Yillik yogʻin 100–150 mm. Landshafta: shim. qismida toshloq, markaziy va jan. qismiga tomon qumli choʻl bilan almashinib boradi. Oʻsimlik kam, tuprogʻi boʻz tuproq.

Aholisining 90% ga yaqini arablar, ularning yarmidan koʻpi muhojirlar. Koʻchmanchi badaviylar, hindistonlik va pokistonliklar, eronliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Dini — islom dini. Aholining 96%i shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Kuvayt va Al-Ahmadi.

Tarixi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikkacha K. hududi Bobil, Ossuriya va Eron davlatlari tarkibiga kirgan. Undan keyingi davrlarda esa turli davlatlar oʻrtasida talash boʻlib keldi.

7-asr dan K. arab xalifaligi, 16-asrdan Usmonli turk saltanati tarkibida. 18-asr oʻrtalaridan K.da hokimiyat as-Saboh sulolasi shayxlari qoʻlida. 18-asr ning 60-yillaridan K.ga Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi kirib kela boshladi. 1899 yil dan K. amalda Buyuk Britaniya tasarrufiga oʻtdi. K. xalqining kurashi natijasida 1961 yil 19 iyunda K. mustaqillikka erishdi. Hukumat bir necha ilgʻor islohot oʻtkazdi. Mamlakatda siyosiy hayot faollashib, 1967 yilda K. kasaba uyushmalari federatsiyasi tuzildi. K. hukumati ijobiy betaraflik, hamma mamlakatlar bilan hamkorlik qilish siyosatini rasmiy ravishda eʼlon qildi. 1990 yil 2 avg .da Iroq K. ni bosib olib, oʻz viloyati deb eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, 29 mamlakatdan iborat koalitsiya kuchlari K. ni 1991 yil 26 fevralda butunlay ozod qildi.

K. 1963 yil dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1994 yil 8 iyulda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25 fevral — Milliy kun (1961).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. K.da siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. K. demokratik forumi, muxolifatdagi partiya, 1991 yil 7 muxolifat guruhining birlashuvi natijasida tuzilgan. K. ishchilari umumiy federatsiyasi kasaba uyushmasi 1967 yil dek. da tuzilgan. Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.

Xoʻjaligi. 2-jahon urushigacha K. iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi koʻchmanchi chorvachilik, sohilda esa dengiz jonivorlarini ovlash boʻlgan, aholining bir qismi savdo-sotiq va, xususan, marvarid savdosi bilan shugʻullangan. Urushdan keyin boy neft konlari negizida neft kazish sanoati rivojlandi. 1970-yillarga kelib yalpi milliy mahsulotning salkam 60%, valyuta tushumining 94% neft sanoatiga toʻgʻri keldi. Iroq agressiyasi K. iqtisodiyotiga, ayniqsa, neft konlariga katta zarar yetkazdi. Ammo 1993 yil dayoq neft eksportidan olingan mablagʻ urushdan avvalgi darajadan oshib 9,9 mlrd. va 1994 yil 11,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. K.da neftdan olinadigan daromadlarning 10% "Kelgusi avlodlar jamgʻarmasi"ga oʻtkaziladi. Asosiy neft konlari: Al-Burkon, Al-Makva, Vafra, Ahmadi. Yiliga 25 mln. tonva neftni qayta ishlab oladigan 3 ta zavod mavjud. Tabiiy gaz ham qazib olinadi. Shuningdek, kimyo (kimyoviy oʻgʻit, ammiak, oltingugurt, kaustik soda, boʻyoq), kemasozlik, metall ishlash (quvur, akkumulyator), oziq-ovqat, qurilish ashyolari sanoati (sement, gʻisht, cherepitsa va boshqalar) ishlab chiqarish kabi tarmoqlari ham rivojlangan. Elektr stansiyalar, dengiz suvini chuchitadigan qurilmalar bor. Temir-tersakdan metall eritadigan, neft sanoati uskunalarini, roʻzgʻor elektr va radio asboblarini taʼmirlaydigan korxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari ham mavjud. 90-yillarda neft sanoati yalpi ichki mahsulotning 42% ni, boshqa sanoat tarmoqlari 14,5%, qishloq xoʻjaligi esa 0,3% ni tashqil etdi. 1 yilda oʻrtacha 16,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.

K.- x.da hamon koʻchmanchi chorvadorlik ustun. Vohalarda xurmo, bugʻdoy, arpa, sabzavot yetishtiriladi. Umuman, mamlakat xududining atigi 1 % qishloq xoʻjaligi ga yaroq-li. Bu aholinig qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ehtiyojining 50% nigiva qondiradi. Oziq-ovqatning koʻp qismi chetdan keltiriladi. Baliqovlash aholi ehtiyojining 25% ni qondiradi. K.da temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 4 ming km dan ortiq. Dengiz transporta, ayniqsa, tankerdar katta ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Shuvayx (Kuvayt), AshShuayba, Mino-al-Ahmadi. Chetga neft va neft mahsulotlari, kimyoviy oʻgʻit, suyultirilgan gaz, asbest quvurlar, sement va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, qurilish ashyolari, metall va metall buyumlar, oziq-ovqat keltiradi. K.ning bir qancha mamlakatlardagi sarmoyalarning katta qismi koʻchmas mulkka aylantirilgan. Jumladan, Gollandiya va Daniyada K. ga karashli neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi 9 davlatda 5117 avtomobil yoqilgʻisini quyish tarmoqlari mavjud. Bundan tashqari, Angiyaning "British petrolium", "Midlend", Germaniyanig "Daymler bens", "Folksfagen", "Simens", Ispaniyaning "Taras", Fransiyaning "Pariba" kabi yirik kompaniya va banklari hissadoridir. "Santa-Fe" xalqaro neft kompaniyasi K. ning toʻla xususiy mulki hisoblanadi. Asosiy savdo mijozlari: Yaponiya, AQSH, Yevropa Itti-foqi mamlakatlari, Xitoy, arab mamlakatlari. Pul birligi — Kuvayt dinori.

Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari. Vrachlar K. davlat untida va chet ellarda tayyorlanadi. Davlat oʻquv yurtlarida barcha turdagi taʼlim bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 4 yil, oraliq maktabda 4 yil va oʻrta maktabda 4 yil Boshlangʻich va oral i q maktablarda 6— 14 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Mamlakatda 1 oliy oʻquv yurti — K. davlat universiteti (1966 yilda asos solingan) mavjud. Ilmiy muassasalari: K. ilmiytadqiqot instituti (1967), qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (1953), Arab rejalashtirish instituti (1966)— hammasi Kuvayt shahrida. K. markaziy kutubxonasi (1936), universitet kutubxonasi, Kuvayt shahrida K. muzeyi va tabiiy-tarixiy muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K. da bir necha gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muhimlari: "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilidagi kundalik gaz., 1976 yildan), "Arab tayme" ("Arab vaqti", ingliz tilidagi gaz., 1977 yildan), "Al-Vatan" (arab tilidagi kundalik gaz., 1974 yildan), "Al-Jamahir" ("Omma", arab tilidagi kundalik gaz., 1984 yildan), "Al-Kabas" ("Bilim", arab tilidagi kundalik gaz., 1972 yildan), "Kuvayt tayme" ("Kuvayt vaqti", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1961 yildan), "Ar-Risola" ("Maktub", arab tilidagi haftalik gaz., 1961 yil dan), "As-Siyosa" ("Siyosat", arab tilidagi kundalik gaz., 1965 yildan), "Al-Xadaf" ("Maqsad", arab tilidagi haftalik gaz., 1961 yildan), "Al-Amal" ("Ishchi", haftalik jur.), "Al-Arabi" ("Arab", oynoma, 1958 yildan), "Al-Kuvayti" ("Kuvaytlik", haftalik jur., 1961 yildan), "At-Talia" ("Ilgor", haftanoma, 1962 yildan). K. axborot agentligi (KUVA) 1976 yilda tuzilgan. K. radioeshittirish xizmati 1951 yil, televideniyesi 1961 yil tashqil etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Faylaka o.dan qad. ibodatxona vayronasi, jez haykalchalar, ioniy kolonnali Satir ibodatxonasi, keramika buyumlari topilgan (miloddan avvalgi 3-asr). Kuvayt shahri ning eski uylari 1—2 qanatli boʻlib, tosh va loydan ishlangan hamda tashqi (devon) va ichki (haram)ga ajratilgan. Gumbazli 1 va 2 minorali jome masjidlar (Katta masjid, as-Suk va boshqalar) qurilgan. 1950—60 yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat inshootlari barpo etildi. Koʻp qanatli uylar qurilib, koʻchalar koʻkalamzorlashtirildi. Temir-beton va oynadan qurilayotgan koʻp qanatli uylar koshinli, shishaband. Xalq ustalarining sanʼati bezak buyumlarda (yogʻoch kosa, shisha munchoqlar, qimmatbaho tosh koʻzli oʻzuklar, kumush yoki qoʻrgʻoshin qoplab vaqshlangan chilimlar va boshqalar) koʻzga tashlanadi.

Musiqasi arab musiqa sanʼati bilan bevosita bogʻlangan. Hanaskorlik musiqa sanʼati rivojlangan. Chet elda oʻqib kelgan musiqa mutaxassislari maktablarda daryo beradi va hanaskorlar orkestrini tashqil qiladi. Yirik milliy professioval orkestr — radio va televideniye orkestri bor. Unga mahalliy bastakorlar musiqa yozib beradi.

Teatri. 1957 yil Xalq, teatri tuzildi. 1959 yildan Arab teatri ishlay boshladi. Uning repertuarini Misr va mahalliy mualliflar pyesalari boyitib keldi. 1964 yil truppani miyerlik rej. Zakiy Toʻlaymat boshqarib, arab pyesalarini sahnalashtirdi va mamlakatda ilk bor teatr bilim yurtini tashqil etdi. 1963 yil Fors qoʻltigʻi K. teatri paydo boʻldi va unda mahalliy dramaturglar asarlari qoʻyildi. 1967 yil yava bir teatr truppasi — K. teatri tashqil etildi.

Kinosi. 60-yillar boshidan qisqa metrajli voqeiy va hujjatli filmlar suratga olina boshladi. 1971 yil "Shafqatsiz dengiz" (rej. Xolid Saddiq) ba-diiy filmi namoyish qilindi. K.ning oʻz kinostudiyasi yoʻq.

Oʻzbekiston — K. munosabatlari. 1994 yil iyulda ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrvatilgach, turli sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. 1994 yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan K. oʻrtasida "Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim" kelishib olindi.

1997 yil da K. iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi Nukus va Urganch shaharlarini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun 18 mln. AQSH dollari miqdorida pul ajratdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonga 6 mln. kuvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 yil muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan.

1998 yil 250 ming kuvayt dinori miqdoridagi kredit mablagʻi oʻzlashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunga K. parlamentida K. — Oʻzbekiston doʻstlik qoʻmitasi tashqil etilgani yaqqol misol boʻla oladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil