Vasiliy Yesin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Pavlovich Yesin
Oʻzbekiston Kompartiyasi Navoiy viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1982 – 1986
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Anatoliy Yefimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1930-yil 4-fevral
Ulyanovsk viloyati Bazarniy Sizgan posyolkasi
Vafoti 13-avgust 1998-yil(1998-08-13)
(68 yoshda)
Kalujskaya viloyati Kaluga shahri, Rossiya
Taʼlim Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi instituti
Kasbi irrigatsiya muhandisi
Maʼlumoti Oliy
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Vasiliy Pavlovich Yesin — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yil 4-fevralda Ulyanovsk viloyatidagi Bozorniy Syzgan ishchi posyolkasida tugʻilgan. KPSS aʼzosi. Ota-onasi: otasi — Yesin Pavel Mixaylovich, onasi — Yesina Anastasiya Stepanovna, opa-singillari — Aleksandra, Olga, Klaudiya. 1942-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent shahridan 80 km uzoqlikda joylashgan Sirdaryo shahriga koʻchib kelgan.

1948—1953-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi institutida (TIIMSH) oʻqigan.

1953-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1953-1986-yillarda „Fargʻonavodstroy“ trestiga qarashli 3-SMUda usta, bosh usta, bosh muhandis, boshliq, ushbu trest boshqaruvchisi vazifalarida, Fargʻona viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, KPSS Fargʻona viloyat qoʻmitasi ikkinchi kotibi, OʻzSSR Vazirlar Kengashi raisining qurilish va sanoat masalalari boʻyicha oʻrinbosari, KPSS Navoiy viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vazirligining Fargʻona viloyati irrigatsiya va melioratsiya boʻyicha kolxozlararo kengashi raisi kabi masʼul vazifalarda ishlagan. Faxriy irrigator.

U 7, 8, 9 va 10-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti, 11-chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati etib saylangan. KPSS XXV qurultoyi delegati.

1998-yil 13-avgustda Sankt-Peterburgda vafot etgan. Kalugadagi Trifonovskiy qabristoniga dafn etilgan.

Xotini - Merkulova Nina Aleksandrovna. 1928-yil 10-sentyabrda Orenburg viloyati Sorochinsk shahrida tugʻilgan.

Xotinining ota-onasi: otasi — Aleksandr Filippovich Merkulov, onasi — Olga, singlisi — Olga, aka-ukalari — Nikolay, Vasiliy.

1947—1953-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida tahsil olgan.

Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumani (Margʻilon) Gorchakovo qishlogʻidagi sovxoz bogʻi bosh agronomi boʻlib ishlagan.

2007-yil 22-fevralda Sankt-Peterburgda vafot etgan. Kalugadagi Trifonovskiy qabristoniga dafn etilgan.

Bolalari: Oʻgʻli — Yesin Yuriy Vasilyevich 1954-yil 16-may, Fargʻona viloyati, Oxunboboyev tumani, Gorchakovo qishlogʻi (Margʻilon) Qizi - Yesina Tatyana Vasilevna 1958-yil 21-fevral, Farg'ona viloyati, Oxunboboev tumani, Gorchakovo qishlog'i (Margʻilon).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Desyatiy soziv. (Kratkie biograficheskie svedeniya). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 23.