Kontent qismiga oʻtish

Damir Yodgorov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Damir Solihovich Yodgorov
 Buxoro viloyati hokimi
Mansab davri
1991-yildan – 1994-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Mavlon Rahmonov
Buxoro viloyati KP MK birinchi kotibi
Mansab davri
1988-yildan – 1991-yilgacha
Oʻtmishdoshi Ismoil Jabborov
Vorisi lavozim tugatilgan
 Qoraqalpogʻiston SSR Ministrlar Soveti raisi
Mansab davri
1985-yildan – 1988-yilgacha
Oʻtmishdoshi Marat Yusupov
Vorisi Sagindik Nietullaev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-fevral 1937-yil
Shofirkon, Shofirkon tumani, OʻzSSR
Vafoti 4-iyul 2025-yil(2025-07-04)
(88 yoshda)
Buxoro
Mukofotlari

Damir Solihovich Yodgorov (1937-yil 18-fevral, Shofirkon, Buxoro viloyati – 2025-yil 4-iyul) – SSSR va Oʻzbekiston davlat va jamoat arbobi; 1985-yildan 1988-yilgacha – Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashining Raisi; Oʻzbekiston SSR 100-sonli Buxoro milliy-hududiy saylov okrugidan SSSR xalq deputati; KPSS Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, KPSS MK aʼzosi, KPSS XIX Butunittifoq konferensiyasi delegati; iqtisod fanlari nomzodi. 1991—1994-yillarda Buxoro viloyati hokimi[1][2][3][4][5][6].

Yodgorov 1937-yil 18-fevralda, Shofirkonda agronom va qishloq oʻqituvchisi Solih Yodgorov oilasida tugʻilgan. 5 ta farzanddan ikkinchisi. 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959-yildan komsomol va partiya ishlarida (1960-yildan KPSS aʼzosi): institut komsomol qoʻmitasi kotibi, Buxoro viloyat komsomol qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari, Buxoro viloyat komiteti instruktori. Oʻzbekiston Kompartiyasi (1961—1962), Oʻzbekiston KP MK instruktori (1962).

1966—1967-yillarda Toshkent zilzilasidan keyin bolalarni evakuatsiya qilish boʻyicha komsomol Markaziy qoʻmitasida ishlay boshlagan. Toshkentdagi tabiiy ofatdan keyin 30 mingdan ortiq bola evakuatsiya qilingan[7].

1967—1978-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasining qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri va xoʻjaligi boʻyicha kotibi.

1978—1984-yillarda SSSR Suv xoʻjaligi vazirligi „Glavsredazsovxozstroy“ boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.

1984—1985-yillarda Qoraqalpogʻiston qurilish boshqarmasi boshligʻi.

1985-yil avgustdan 1988-yil oktyabrgacha Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi[8][9], KPSS XIX Butunittifoq konferensiyasi delegati[10][11].

1988-yil oktyabrdan 1991-yil sentyabrgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, shu bilan birga, 1990—1991-yillarda Buxoro viloyat kengashining raisi kabi vazifalarda faoliyat yuritgan[12].

KPSS XXVIII qurultoyi delegati (1990)[13]. 1990-yildan 1991-yilgacha KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi[12]. Oʻzbekiston SSR 100-sonli Buxoro milliy-hududiy saylov okrugidan SSSR xalq deputati (1989—1991)[14][15] SSSRda konstitutsiyaviy nazorat toʻgʻrisidagi SSSR qonunini ishlab chiqish komissiyasi aʼzosi.

1992-yil yanvardan 1994-yil martgacha – Buxoro viloyati hokimi[16].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Damir Yodgorov iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

  1. „Исполнительные и распорядительные органы государственной власти Кара-Калпакской — Каракалпакской АССР“ (ruscha). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  2. „Республика Каракалпакстан“. г. Нукус (ruscha). archive.today. 2010-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  3. „XXVIII-й съезд Коммунистической партии Советского Союза 2 — 13.7.1990“ (ruscha). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  4. „Ядгаров Дамир Салихович“ (ruscha). Supsov.narod.ru. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  5. „Комитет конституционного надзора СССР. 1989—1991“, Конституционный суд России. 
  6. „Договор об экономическом, научно-техническом и культурном сотрудничестве между Бухарской областью Республики Узбекистан и Республикой Татарстан“ (ruscha). InfoCourt (19-fevral 1993-yil). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-mart 2015-yil.
  7. Shevarov D. Na kratkiy mig dlya pereklichki… // Pervoe sentyabrya. – № 15.
  8. „Исполнительные и распорядительные органы государственной власти Кара-Калпакской — Каракалпакской АССР“ (ru). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  9. „Исполнительные и распорядительные органы государственной власти Кара-Калпакской — Каракалпакской АССР“ (ru). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  10. „Список делегатов XIX всесоюзной конференции КПСС“ (ru). Защита памяти. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  11. „Республика Каракалпакстан“ (ru). archive.today. 2010-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  12. 12,0 12,1 Люди и Книги.
  13. „XXVIII-й съезд Коммунистической партии Советского Союза 2 — 13.7.1990“ (ru). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. 2013-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  14. ЦентрАзия.
  15. „Ядгаров Дамир Салихович“ (ru). Supsov.narod.ru. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
  16. „Договор об экономическом, научно-техническом и культурном сотрудничестве между Бухарской областью Республики Узбекистан и Республикой Татарстан“ (ru). InfoCourt (1993-yil 19-fevral). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-mart. / Dogovor ot 19 fevralya 1993 goda]