Obidov rahbarligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim yutuqlarga erishildi, gʻoʻza va bugʻdoy yetishtirishda yangi texnologiyalar (jumladan, gʻoʻzani plyonka ostiga ekish) joriy qilindi va ularning hosildorligi keskin oshdi, yangi sanoat korxonalari, sport inshootlari barpo etildi, aholining turmush darajasini koʻtarish va farovonligini oshirishda muhim ishlar olib borildi. Andijon viloyatida toʻplangan ilgʻor ishlab chiqarish tajribalari mamlakat miqyosida ommalashtirildi. Oʻzbekiston Oliy Kengashi (1990—94), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994). Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan (1995). [2]