Ikkinchi jahon urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ikkinchi jahon urushi
Infobox collage for WWII.PNG
Sana 1-sentabr 19392-sentabr 1945
Joy Yevropa, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy, Shimoli-sharqiy va Gʻarbiy Afrika, Yaqin Sharq, Atlantika, Hind va Tinch okeanlari, Oʻrta Yer boʻyi.
Sabab Koʻpchilik davlatlarning siyosati; Versal-Vashington tizimining oqibatlari.
Natija Ittifoqchilar gʻalabasi. BMTning tashkil topishi. SSSR kuchli davlatga aylanadi. Dunyo turli xil ijtimoiy-siyosiy tizimli ikki lager - sotsialistik va kapitalistik lagerlarga boʻlinib ketadi. Sovuq urush boshlanadi.
Raqiblar
Aksilhitler ittifoqi:

Flag of the Soviet Union.svg SSSR
US flag 48 stars.svg AQSh
Flag of the United Kingdom.svg Buyuk Britaniya
Flag of France.svg Fransiya
Flag of the Republic of China.svg Xitoy
Flag of Poland.svg Polsha
Flag of Australia.svg Avstraliya
Canadian Red Ensign 1921-1957.svg Kanada
Naval Ensign of the Kingdom of Yugoslavia.svg Yugoslaviya
Flag of New Zealand.svg Yangi Zelandiya
va boshqalar

Hitler ittifoqi:

Flag of German Reich (1935–1945).svg Olmoniya
20px Italiya
Flag of Japan.svg Yaponiya
Flag of Hungary (1920–1946).svg Vengriya
Flag of Finland.svg Finlandiya
Flag of Romania.png Ruminiya
20px Bolgariya
20px Slovakiya
Flag of Independent State of Croatia.svg Xorvatiya
Flag of Thailand.svg Tailand
va boshqalar

Qoʻmondonlar
Flag of the Soviet Union.svg Iosif Vissarionovich Stalin

US flag 48 stars.svg Franklin Delano Roosevelt
Flag of the United Kingdom.svg Winston Churchill
Flag of France.svg Charles de Gaulle
Flag of the Republic of China.svg Chan Kayshi
Flag of Poland.svg Edward Rydz-Śmigły
Flag of Australia.svg John Curtin
Canadian Red Ensign 1921-1957.svg William Lion McCensy King
Naval Ensign of the Kingdom of Yugoslavia.svg Pyotr II Kargeorgiyevich
Flag of New Zealand.svg Michael Joseph Savage

Flag of German Reich (1935–1945).svg Adolf Hitler


20px Benito Mussolini
Flag of Japan.svg imperator Syova
Flag of Hungary (1920–1946).svg Horthy Miklós
Flag of Finland.svg Risto Heikki
Flag of Romania.png Ion Antonescu
20px Boris III
20px Jozef Tiso
Flag of Independent State of Croatia.svg Anton Pavelich
Flag of Thailand.svg Ananda Maxidol

Harbiy yoʻqotishlar
Harbiylar:
17 mln.dan kam boʻlmagan yoʻqotishlar [1] [2] [3] [4] [5]
Fuqaro shaxslar:
33 mln[manba kerak]
Umumiy halok boʻlganlar soni:
50 mln[manba kerak]
Harbiylar:
8 mln[manba kerak]
Fuqaro shaxslar:
4 mln[manba kerak]
Umumiy halok boʻlganlar soni:
12 mln[manba kerak]

Ikkinchi jahon urushi (19391945) — buyuk mamlakatlar — Angliya, Fransiya, Sovet Ittifoqi, Olmoniya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlar oʻrtasida Birinchi jahon urushidan soʻng, 1919—1922 yillari taʼsir doirasini kengaytirish va chegaralarni qayta koʻrib chiqish maqsadida kelib chiqqan qurolli ziddiyatlar (urushlar) majmuasi. Keyinchalik bu dunyodagi ikki harbiy-siyosiy ittifoqlarning ziddiyatiga aylanadi va insoniyat tarixidagi eng yirik urush boʻladi. Ikkinchi jahon urushida dunyo aholisining 80 % dan ortigʻi yashagan 61 ta davlat qatnashdi (ulardan 37 tasi harbiy harakatlarda ishtirok etdi). Harbiy harakatlar 40 ta davlat hududlarini qamradi. Har xil baholarga koʻra 50 dan 70 mlngacha kishi vafot etgan.

Ikkinchi jahon urushi (1939— 45) — Germaniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar Germaniyasi oʻynadi. Gʻarb mamlakatlari (Angliya, Fransiya, AQSH) hukmron doiralarining "kelishtirish" siyosati Avstriyani (1939 y. mart), Chexoslovakiyani (1939 y. mart) Germaniyaga qoʻshib olinishiga va Myunxen bitimiga (1939 y. sent.) yoʻl ochib berdi. I.j.u.ning boshlanishida SSSRning ham aybi bor. 1939 y. 23 av-g .da SSSR bilan Germaniya oʻrtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning maxfiy qoʻshimcha ahdnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR Sharqiy Yevropada oʻzlarining taʼsir doiralarini boʻlib oldilar. Har ikki mamlakat manfaatlari, avvalo, Polsha davlati bilan bogʻliq edi. Sovet tomoni Gʻarbiy Ukraina, Gʻarbiy Belorussiya va Bessarabiya (1921 y.da boy berilgan) hududlarini qaytarib olmoqchi edi. Shuningdek, Germaniya Boltiqboʻyi mamlakatlariga daʼvo qilishdan qam voz kechdi.

Germaniya bilan SSSR shartnomaga muvofik, Polilaga bir vaqtda qoʻshin kiritishlari kerak edi. SSSR bu majburiyatni bajarmadi. 1939 y. 1 sent.da Germaniyaning bir oʻzi Polshaga bostirib kirdi va I.j.u.ni boshlab berdi. 3 sent.da Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. SSSR 1939 i. 17 sent.da Polsha hudu-diga qoʻshin kiritdi. Koʻp oʻtmay Brestda nemis qoʻmondoni T. Guderian va sovet generali S. M. Krivosheiy qoʻmondonligida Polshaning boʻlib olinishi munosabati bilan qoʻshma sovet-german paradi oʻtkazildi.

SSSR I.j.u. bahonasida oʻz hududlarini kengaytirish va chegaralarini mustahkamlashga kirishdi. 1939 y. ZOnoyab.- 1940 y. martda SSSR bilan Finlyandiya oʻrtasida harbiy toʻqnashuv boʻldi. Bundan SSSR manfaatdor edi. Oʻzaro urush natijasida SSSR Fin-lyandiyaning bir qator hududlarini (Leningradga chegaradosh yerlar) tortib olib, shim.gʻarbiy chegaralarini mus-tahkamlab oldi. 1940 y. yozida SSSR ning rasmiy talabi bilan Ruminiya Bessarabiya va Shim. Bukovinani sovetlarga berishga majbur boʻldi. 1940 y. iyunda Estoniya, Latviya va Litva sovet qoʻshinlari tomonidan bosib olinib SSSRga kiritildi.

1940 y. apr.mayda nemisfashist qoʻshinlari Daniya va Norvegiyani is-tilo qildi, 1940 y. 14 mayda — Niderlandiya, 28mayda — Belgiya taslim boʻldi. Shundan soʻng fashist qoʻshinlari Lyuksemburg va Gollandi-yani bosib olib, ular hududi orqali Fransiyaga (22 iyunda taslim boʻldi) bostirib kirdi.

Sovet hukumati fashistlar Germani-yasini Yevropaning navbatdagi poytax-tini bosib olishi munosabati bilan tabriklab bordi. Internatsionalning di-rektivalarida fashizmga qarshi targʻibotni toʻxtatish haqidagi talablar paydo boʻldi. 1940 y. 27 sent.da Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlari Berlinda "uchlar ittifoqi"ni tuzish haqidagi shartnomaga imzo chekishdi. 1940 y. 28 okt.da fashistlar Italiyasi Gretsiyaga bostirib kirdi. 1940 y. 20—24 noyab.da Vengriya, Ruminiya va Slovakiya "uchlar ittifoqi"ga qoʻshildi. 1941 y. martda esa Bolgariyaning monarxiyafashistik hukumati ham bu it-tifoq safiga koʻshilishga rozilik bildirdi.

1940 y. 18 dek.da Gitler SSSRga qarshi urush haqidagi 21sonli direkti-vasi "Barbarossa" rejasiga imzo chekdi. Fashistlar Germaniyasi SSSRga qarshi urush boshlashdan oldin 1941 i. 6—17 apr.da Yugoslaviyani bosib oldi. Shu yilning 13 apr.da SSSR Yaponiya bilan betaraflik haqida kelishib oldi. 1941 y. 20 may — 1 iyunda fashistlar Germaniyasi Krit o.ni egalladi. 18 iyunda esa hujum qilmaslik va hamkorlik haqida Germaniya — Turkiya shartnomasi imzolandi.

1941 y. 22 iyunda fashistlar Germaniyasi SSSRga qoʻqqisdan hujum boshladi. Vengriya, Ruminiya, Finlyandiya, Italiya uning tomonida turib urushga kirdi. Shu kuni Angliya hukumati SSSRni Germaniyaga qarshi urushda qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. 24 iyunda F. Ruzvelt AQSH xukumati SSSRga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. SSSR Germaniyaga qarshi urushning 1-davri (1941 y. iyun — 1941 y. noyab.) da, asosan, mudofaa harakteridagi janglar olib bordi.

Fashistlar Germaniyasi va ittifoqchilarining tajovuzkorona harakatining tobora avj olishi jahon mamlakatlarini tashvishga soldi. 1941 y. yozida fashistlar Germaniyasiga qarshi koalitsiya tuzish yoʻlida dastlabki qadam qoʻyildi. 1941 y. 12 iyulda SSSR na Buyuk Britaniya hukumatlari fashistlar Germaniyasiga karshi urushda birgalikda harakat qilish haqida ksli-shib olishdi. 1941 y. 24 sent.da Sh. ls Goll boshchiligida Ozod Fransiya (1942 y. iyuldan Kurashayotgan Fransiya) milliy qoʻmitasi tuzilib, fashizmga karshi kurash boshladi. 1941 y. 5 dek.da nemisfashist qoʻshinlarining Moskva jangitsagi magʻlubiyati Gitlerning "yashin tezligidagi urush" deb atalmish rejasini puchga chiqardi va natijada unga karshi urushga kirgan mamlakatlar soni ortdi.

1941 y. 7 dek.da Yaponiya PyorlHarborga hujum qilish bilan Buyuk Britaniya va AQShga qarshi urushni boshlab yubordi. 8 dek.da AQSH, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlar Yaponiyaga, 11 dek.da esa Germaniya va Italiya — AQSH ga, shu kuni AQSH fashistlar Germaniyasi va Italiyaga qarshi urush eʼlon qildi.

1941 y. oxiri — 1942 y. boshida Yaponiya Malayziya, Indoneziya, Filippin, Birmani bosib olib, Avstrali-yaga tavdid sola boshladi. Sharqiy frontda esa nemisfashist qoʻshinlari yozgi hujumlar natijasida Kavkaz boʻsagʻasiga, Volga boʻyiga yetib keldi.

1942 y. 1 yanv.da Vashingtonda 26 davlat ishtirokida fashizmga karshi ku-rashuvchi davlatlarning harbiy itti-foqi tuzilib, Deklaratsiya qabul qilindi. 1942 y. 26 mayda SSSR va Buyuk Britaniya oʻrtasida fashistlar Germaniyasi va uning Yevropadagi tarafdorlariga qarshi urushda ittifoqchi boʻlish va urushdan keyin oʻzaro yordam va hamkorlik qilish haqida shar-tnoma imzolandi. 1942 y. yoziga kelib antigitlerchi davlatlar soni yanada ortdi. 1 iyunda Meksika Germaniya, Italiya va Yaponiyaga, 22 avg .da Braziliya Germaniya va Italiyaga, 14 dek.da Efiopiya — Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. Sharqda esa yapon militaristlari Gollandiya Hindistonini (12 mart), Filippin o.larini (9 iyun) qoʻlga kiritdi.

Sovet qoʻshinlari urushning 2-davri (1942 y. noyab.— 1943 y. oxiri) da Stalingrad jangi va Kursk jangilagm gʻalabalari natijasida Germaniya qoʻ-tpnlari qoʻmondonligi strategik ta-shabbusnp butunlay qoʻldan chiqardi. SSSRda na b. hududlarda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1943 y. 13 yanv.da Gitler urushda tashabbusni yana qoʻlga olish maqsadida ommaviy safarbarlik eʼlon qildi, lekin shunga qaramasdan 1943 y. may oyiga kelib Shim. Afrika (q. Shimoliy Afrika kom-paniyasi), Angliya—AQSH qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1943 y. iyul-avg . oylarida Angliya—Amerika desant qoʻshinlari Sitsiliya o.ga tushirildi. 1943 y. 25 iyulda Italiyada Mussolini osib oʻldiriddi va fashistlar rejimi tugatildi. 3 sent.da Italiya soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.

1943 y.ga kelib fashizmga qarshi boʻlgan kuchlar tobora kuchayib bordi. 1943 y. 3 iyunda Jazoirda Fransiya milliy ozodlik qoʻmitasi tuzildi. 12—13 iyulda Germaniyada Ozod Germaniya milliy qoʻmitasi tashkil qilindi. Avg .— sent. oylarida Bolgariya vatanparvarlari frontining milliy qoʻmitasi yuzaga keldi. 1943 y. sent.—okt. oylarida partizanlar bilan Kurashayotgan Fransiya harakati qismlari hamkorligida Korsika o. ozod etildi. 1943 y. 16 yanv.da Iroq, 7 apr. da Boliviya Germaniya, Italiya va Yapo-niyaga qarshi urushga kirdi. 1943 y. 13 okt .da Italiya oʻzining sobiq ittifoqchisi Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. SSSR, Angliya va AQSH hukumatlari Italiyani "birgalikda uru-shayotgan mamlakat" deb tan oldi. 1943 y. 27 noyab.da Kolumbiya Germaniyaga qarshi urushga qoʻshildi. SSSR, AQSH va Angliya huqumat boshliqlari Tehron konferensiyasiyaa Angliya — Amerika qoʻshinlarini Shim. Fransiyaga tushirish yoʻli bilan Yevropada ikkinchi frontni ochish gʻoyatda muhim ekanligini tan olishdi.

Fashizmga qarshi urushning 3-davri (1944 y. yanv.— 1945 y. may) boshlarida sovet qoʻshinlari SSSR hududining deyarli hammasini ozod qildi. Ittifoqchilar 1944 y. 6 iyunga kelibgina Fransiyaga oʻz qoʻshinlarini tushirib, Yevropada ikkinchi frontni ochdilar va sent.da Fransiya qarshilik koʻrsatish harakati kuchlarining faol ishtiro-kida Fransiya hududining deyarli ham-masi fashist bosqinchilaridan ozod qilindi. 1944 y. 27 martda sovet qoʻshinlari Ruminiya hududiga kirib bordi. 13 martda SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya hukumatlari Germaniya tomonida turib urushayotgan Vengriya, Ruminiya, Bolgariya va Finlyandiyaga urushni toʻxtatish haqida murojaat qildi. Natijada bu mamlakatlarda fashizmga qarshi boʻlgan kuchlar harakati faollashdi. 1944 y. mayda Ruminiyada fashizmga qarshi Birlashgan ishchilar fronti, Vengriyada esa Vatanparvar kuchlar fronti, (2 dek.dan Milliy mustaqillik fronti) yuzaga keldi. 21 iyulda Polshada Milliy ozodlik qoʻmitasi tashkil boʻldi.

1944 y. 25 iyulda Gitler mamlakatda "uta ommaviy safarbarlik" eʼlon qildi. Gitlerning bu tadbiri ham yordam bermadi. U bosib olgan mamlakatlarda ozodlik harakatlari avj oldi. 1944 y.

I avg .—2 okt.da Varshavada, 19—25 avg . da Parijda, 23 avg .da Ruminiyada, 6— 10 sent.da Bolgariyada fashist boskinchilariga qarshi qurolli qoʻzgʻolonlar boʻldi. Natijada, jahon urushi maydonida kuchlar nisbati tubdan oʻzgardi. Germaniya ittifoqchilari oʻrtasida parokandalik boshlandi. 1944 y. 26 yanv.da Liberiya, 24 avg .da Ruminiya, 15 sent.da Finlyandiya, 28 dek.da Vengriya, 1945 y. fev.da Peru, Urugvay, Venesuela, Turkiya, Misr, Livan, Su-riya, Saudiya Arabistoni, Paragvay, Ekvador, Chili kabi mamlakatlar, 27 martda esa Argentina fashistlar Germaniyasi va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildilar.

Sovet qoʻshinlari 1944 y. oʻrtalarida Markaziy va Jan.sharqiy Yevropa mamlakatlarini vatanparvar kuchlar yordamida ozod qilishga kirishdi. Shu yili ittifoqchi qoʻshinlar Shim. Italiyani va Gʻarbiy Germaniyaning bir qator r-nlarini ozod qildi. 1945 y. 4—11 fev.da SSSR, AQSH va Angliya davlat rahbarlari ishtirokida boʻlgan Qrim (Yalta) konferensshsidz, Germani-yani batamom tor-mor kilish rejalari, shuningdek, dunyoning urushdan keyingi siyosiy tuzilishi masalalari xususida kelishib olindi.

Amerika—Angliya kurolli kuchlari Tinch okeanidagi Marshall va Mariana o.larini (1944), Filippinni va Yaponiyaning Okinava o.ni (1945) egalladi. 1945 y. 25 apr.da sovet va Amerika kushinlari Elbada uchrashdi. 3 mayda Angliya qoʻshinlari Birma qarshilik harakati kuchlari bilan hamkorlikda poytaxt — Rangunni ozod qildi.

1945 y. 2 mayda sovet qoʻshinlari Berlinni ishgʻol qildi. A. Gitler oʻzini oʻldirdi. 8 mayda Berlin yaqinidagi Karlsxorstda Germaniya oliy qoʻmondonligi vakillari fashistlar Germa-niyasining 2-jahon urushida soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi. 9 mayda sovet qoʻshinlari, chex qarshilik harakati kuchlari ishtirokida Chexoslovakiyaning poytaxti Pragani ozod qildi.

SSSR, AQSH va Angliya xukumatlari boshliklarining Berlin konferensiyasitsa, asosan, Germaniya masalasi, uning keyingi taqdiri va taraqqiyot yoʻli, uni demilitarizatsiyalash va de-mokratiyalash masalasi koʻrildi. Kon-ferensiyada SSSR hukumati Yaponiyaga qarshi ittifokchilar bilan birgalikda urushga kirishini yana bir bor taʼ-kidladi. AQShning havo kuchlari harbiy zaruriyat yoʻqligiga qaramay Yaponiyaning Xirosima (1945 y. 6 avg .) va Nagasaki (9 avg .) sh.lariga atom bom-balari tashladi. Buning natijasida har ikki shahar aholisidan 102 mingga yaqin kishi halok boʻldi, 16 ming kishi bedarak ketdi, 61 ming kishi yarador va 324 ming kishi kuchli radiatsiya bilan zaharlandi.

1945 y. 8 avg .da SSSR olgan majburiyatiga binoan Yaponiyaga urush eʼlon qildi va 9 avg .da unga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. SSSR bilan birgalikda, 10 avg .da Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR), 11 avg .da Xitoy xalq ozodlik armiyasi yapon bosqinchilariga qarshi urushga kirishdi.

Manjuriyadagi yapon qoʻshinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya 1945 y. 2 sent.da soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga koʻl qoʻydi. Shu tariqa I. j. u.ga yakun yasaldi.

Nyurnberg sud jarayoni (1945 y. 20 noyab.— 1946 y. 1 okt.)da natsist harbiy jinoyatchilari ustidan xalqaro sud oʻtkazilib, unda 20 kishi: G. Gering (u oʻzini oʻldirdi), V. Keytel, E. Kaltenbrunner, I. Ribbentrop, G. Gess va b. adolatli jazolandi. Fashistik tashkilotlar: Natsional-sotsialistik partiya (natsistlar), Gestapo, SS, SD, butun insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatchi tashkilotlar deb eʼlon qilindi. Nyurnbergda boʻlib oʻtgan bu xalqaro sud I.j.u.ga soʻnggi nuqtani qoʻydi.

I.j.u.ga 72 davlat jalb etildi. Urushda ishtirok qilgan mamlakatlarning 110 mln. aholisi unga safarbar etildi. Harbiy qarakatlar 40 davlat hu-dudida boʻlib oʻtdi, barcha harajatlar 4 trillion dollarni tashkil etdi. Urush davomida 62 mln. kishi (shu jumladan 27 mln. SSSR fuqarosi) halok boʻldi.

1941 y. 22 iyunda Germaniya SSSRga hujum qilgach, SSSR tarkibida boʻlgan Oʻzbekiston xalqlari ham bu urush girdobiga majburan tortilgan edi. Oʻsha kuni mamlakatda harbiy holat joriy etildi.

Gitlerchilarning Sharqqa doir harbiy rejalarida SSSRni qisqa muddatli kompaniya jarayonida magʻlub qilish va urushni 1941 y. kuzida tamomlash moʻljallangan edi. Yashin tezligida boshlangan urush sovet rahbariyatida sarosimani yuzaga keltirdi. 29 iyundagina Xalq Komissarlari Soveti (XKS) nomidan joylarga koʻrsatmalar yuboriddi. I. V. Stalin faqat 3 iyuldagina xalqqa murojaat bilan chikdi.

1941 y. 30 iyunda Davlat mudofaa qoʻmitasi (DMQ) tuzildi. Uning raisi I. V. Stalin 8 avg .da SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni lavo-zimini egalladi. Urushning dastlabki kunlari mamlakatning barcha iqtisodiymaʼnaviy kuchlarini zudlik bilan mudofaa manfaatlariga boʻysundirish, xalq xoʻjaligini toʻliq harbiy izga solish lozimligi xususida qarorlar, koʻrsatmalar qabul qilindi.

Urush davrining musibatlarini oʻz boshidan kechirgan kishilarning xotiralaridan maʼlum boʻlishicha, odamlar oʻsha vaqtda sovet rejimini himoya qilish zaruriyati haqida kam oʻylar edilar. Xalqning aksariyat qismi mus-tabid tuzumni qoralar edi. Chunki, xa-lqning xotirasidan hali Turkiston Muxtoriyatinij qonga belanganligi, istitslolchilik harakatining zoʻravonlik bilan bostirilishi, diniy eʼtiqod uchun taʼqib qilishlar esdan chiqmagandi. Jamoalashtirishning stalincha zoʻravonlik bilan amalga oshirilishi natijasida yuz bergan jinoyatlar xotiradan koʻtarilmagan edi. Mustabid tuzumning ommaviy qatagʻonlaridan qolgan yaralar hali bitmagan edi. Birok., oʻzbek xalqining fashizmga boʻlgan nafrati mustabid tuzum yetkazgan gʻam-alamni orqa oʻringa surib qoʻydi va u dushmanga qarshi otlandi. Shuningdek, mustabid tuzumning "mafkura mashinasi" ham benuqson ishladi — u SSSR tarkibidagi barcha mustamlaka xalqlarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qila oldi. Oʻzbek xalqining I.j.u.dagi ishtirokining axloqiy-maʼnaviy jihatdan asosi shundaki, bu urushda oʻzbek xalqi fashizmdan faqat SSSRnigina emas, eng avvalo, Oʻzbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bosqinchidan saklab qolishni maqsad qilib qoʻygan edi.

Sovet—german urushi boshlangʻich davrining eng murakkab vazifalaridan biri iqtisodiyotni harbiy izga solish edi. Bu masʼuliyatli vazifani SSSRning qariyb 40% aholisi istiqomat qiladigan, koʻmirning 63% qazib olinadigan, poʻlatning 50% ishlab chiqariladigan, donning 38% yetishtiriladigan, ayniqsa, koʻpgina mudofaa korxonalari joylashgan hududni fashistlar bosib olgan bir paytda hal qilish kerak edi. Front yaqinidagi hududlardan mamlakat ich-karisiga koʻchirilayotgan aholi, sano-at korxonalari, oʻquv-yurtlari va b.ning koʻpchiligi Oʻzbekistonga yuborildi. Chunonchi, Oʻrta Osiyo va Qozo-gʻistonga evakuatsiya qilingan 308 sa-noat korxonasining 104 tasi ("Len-tekstilmash", "Rostselmash", "Krasniy Aksay", Moskvadagi "Elektrokabel" va "Podʼyemnik", Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi, "Krasniy put", Kiyev "Transsignal" z-dlari, Stalingrad kimyo kombinati va b.), 30 dan ortiq harbiy gospital, harbiy artilleriya (toʻpchi) akademiya, bir necha harbiy bilim yurtlari koʻchib keldi.

Rossiya hududidan turli millatga mansub 200 ga yaqin yozuvchi va shoirlar (mas, A. Axmatova, A. Tolstoy, V. Yan, M. Shaginyan va b.) Toshkentga koʻchib kelib, shu yerda ijod qildilar. Rossiya, Ukraina va Belorussiyaning fashistlar bosib olgan hududlaridan 1 mln.dan ortiq kishi, jumladan 200 ming bola Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinib, ularga 135 ming kv.m hajmda uy-joy ajratib berildi. Kupgina oʻzbek oilalari ikkita va undan ortiq yetim bolalarni oʻz tarbiyalariga (jumladan, Sh. Shomahmudovlar oilasi — 14, H. Samadovlar oilasi —- 12, M. Joʻrayeva va Ashurxoʻjayevlar oilasi 8 tadan bolalarni oʻz tarbiyalariga oldilar. 1943 y. oxiriga kelib shaharlarda 4672 bola, qishloklarda esa 870 bola oʻzbek oilalari tomonidan tarbiyaga olinib, ularga xaqiqiy insonparvarlik va mehr-shafqat namunasi koʻrsatildi.

Oʻzbekistonga koʻchirib keltirilgan sanoat korxonalari niqoyatda qisqa muddatda ishga tushirildi. 1941 y. dek.da evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi, 1942 y. 1 yanv.da esa barchasi qayta qurilib toʻla quvvat bilan mahsulot bera boshladi. Bu harbiy korxonalarni ishga tushirishga shaharliklardan tashqari qariyb 500 ming kolxozchidehqonlar jalb qilindi. Korxonalarni harbiy izga oʻtkazish harbiy kommunistik usulda amalga oshirildi: 1941 y. 26 iyundan boshlab mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy ishlab berish, katta yoshdagilar uchun xaftada 6 kunlik ish joriy etildi, ish vaqti 11 soatgacha uzaytirildi, taʼ-tilga chiqish bekor qilindi. Idora xizmatchilari, uy bekalari, oʻquvchilar i.ch.ga jalb qilindi. Agar 1940 y.da sanoat ishchilari orasida xotin-qizlar salmogʻi 34%ni tashkil qilgan boʻlsa, 1942 y.da bu koʻrsatkich 63,5% ga yetdi. Mehnat intizomini buzganlar uchun jazo choralari keskin qoʻyildi. Korxonalardan oʻzboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 y.dan 8 y.gacha muddatga qamoqqa hukm qilindi. 1941 y.de-k.da Oʻzbekiston sanoat korxonalaridan 230 tasi (birgina Toshkentda 63 korxona) harbiy izga kuchirilib, front uchun qurol-yarogʻ i.ch.ga kirishdi.

Oʻzbekistonda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoatning oʻsishi va rivojlanishi bilan birga xom ashyo va yoqilgʻi-energetika bazasini kengaytirish vazifasi ham keskin boʻlib turdi. Ayniqsa, rangli metallarga, neft va koʻmirga boʻlgan ehtiyoj kuchaydi. 1942 y.da Langar molibden koni zaminida molibden f-kasi barpo etildi. Qoʻytosh va Qoratepa rangli metallar konining quvvati keskin oshirildi. Olmaliqda mis va b. rangli metallarning boy konlari topildi. Angren koʻmir koni respublikaning birinchi koʻmir markaziga aylandi. 1942 y. boshlarida l-Oqtepa va Z-Oqqovoq GESlari, shuningdek, Fa-rhod GES umumxalq hashari bilan bunyod etilishi respublikada front ehtiyojlari uchun ishlayotgan sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim rol oʻynadi.

Oʻzbekistonda urush yillarida 280 ta yangi korxona barpo etildi. Respubli-kaning sanoat potensiali 1945 y.ga kelib 1940 y.dagiga nisbatan deyarli 2 barobar koʻpaydi, neft kazib olish 4 barobardan ziyod, metall ishlash tarmoqlari mahsulotlari 4,8 barobar, mashinasozlik mahsulotlari 13,4 barobar, koʻmir qazib chiqarish 30 barobardan kuproq, poʻlat va prokat eritish 2 barobar, elektr energiyasi i.ch. 2,42 marta ortdi. Buning natijasida Oʻzbekiston urush yillarida front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yoʻq qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, dala radiostansiyalari uchun 3 mln. radio lampa, 330 mingga parashyut, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom kir yuvish poyezdi, 2200 ta Kuchma oshxona va kupgina harbiy anjomlar yetkazib berish imkoniga ega buldi. Respublika yengil sanoat komissarligi korxonalari 1941—45 y.lar mobaynida jangchilar uchun 7518,8 mingta gimnastyorka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdi.

I.j.u. yillarida fashizmga qarshi qulga qurol olib jang qilgan oʻzbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263000 dan ziyod kishi qalok boʻldi, 132670 kishi bedarak yoʻqoldi, 60452 vatandoshimiz urushdan nogiron boʻlib qaytdi. Shuningdek, un minglab oʻzbekistonlik jangchilar asirlikda boʻldi. Mustabid tuzum ular bilan "ochik,chasiga" gaplashdi. Demak, frontga safarbar qilinganlarning qar uchtasidan bittasi uyiga kaytmadi. Umuman, SSSR buyicha urush davrida fashistlar qoʻlida 6,2 mln. kishi asirlikda boʻlgan. Urush oxiriga kelib ulardan 4 mln. kishi halok boʻlgan. Omon qolgan asirlar soni 1 mln.dan sal koʻproqedi. Ulardan 60% dan koʻprogʻi GULAG qamokxonalariga tashlandi. Aybsiz sur-gun qilinib, sovet konslagerlariga joʻnatilgan yoki otib tashlanganlar orasida oʻzbekistonliklar ham oz emasdi. Taxm. hisoblarga qaraganda, oʻzbekistonlik harbiy asirlardan 15 min-gdan ortigʻi sovet konslagerlariga yuborilgan. I. j. u.dagi bu gʻalaba millionlab begunoh kishilarning , jumladan, Oʻzbekiston xalqining qoni, haddan ziyod mashaqqatli mehnati va uning buyuk insonparvarligi tufayli qoʻlga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 35 jildli Xotira ki-tobi tayyorlanib, nashr qilindi. Toshkentdagi Mustaqillik maydoni xiyobonida maxsus majmua qurildi (2000). 9 may — gʻalaba kuni yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida har yili nishonlanadigan boʻldi.

Adabiyot[tahrir]

  • Vtoraya mirovaya voyna. Kratkaya istoriya, M., 1984; Oʻzbekiston Respublikasi Xotira kitobi — Kniga pamyati Respubliki Oʻzbekiston [maxsus jild], T., 1995; Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabada Oʻzbekistonning tarixiy hissasi. 1941 — 1945 [Ilmiynazariy konferensiya materiallari], T., 1996; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000;Musallam Joʻrayev.[6]


Qatnashchilar[tahrir]

Asosiy maqola: Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari.

Ikkinchi jahon urushida 61 ta davlat qatnashgan (47 tasi aksihitler ittifoqining tarafida va 14 tasi Oʻq mamlakatlari tarafida). Ulardan ayrimlari faol harbiy harakatlarni olib borishardi, boshqalari oʻz ittifoqdoshlariga oziq-ovqat yetkazib berardi, koʻpchilik esa urushda faqat nominal holda ishtirok ishtirok etardilar.

Aksihitler ittifoqiga quyidagilar kirardilar: SSSR (1941-yildan), AQSh (1941-yil, 7-dekabrdan), Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Polsha, Avstraliya, Kanada, Yugoslaviya, Niderlandlar, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Ittifoqi, Chexoslovakiya, Belgiya, Yunoniston, Efiopiya, Daniya, Braziliya, Meksika, Moʻgʻuliston, Luksemburg, Nepal, Panama, Argentina, Chili, Kuba, Peru, Gvatemala, Kolumbiya, Kosta Rika, Dominika Respublikasi, Albaniya, Gonduras, Salvador, Gaiti, Paragvay, Ekvador, San Marino, Turkiya, Urugvay, Venesuela, Livan, Saudiya Arabistoni, Nikaragua, Liberiya, Boliviya. Urush davrida ularga fashist blokidan chiqqan bir necha davlat qoʻshildi: Eron (1941-yildan), Iroq (1943-yildan), Italiya (1943-yildan), Ruminiya (1944-yildan), Bolgariya (1944-yildan), Vengriya (1945-yili), Finlandiya (1945-yili).

Boshqa tarafdan urushda Oʻq davlatlari: Olmoniya, Italiya (1943-yilgacha), Yaponiya, Finlandiya (1944-yilgacha), Bolgariya (1944-yilgacha), Ruminiya (1944-yilgacha), Vengriya (1945-yilgacha), Slovakiya, Tailand (Siam), Iroq (1941-yilgacha),Manchjou-Go, Xorvatiya, Serbiya. Bosib olingan mamlakatlar hududida fashist ittifoqiga qoʻshilgan marionetkaviy davlatlar yaratilar edi: Vishi Fransiyasi, Salo respublikasi, Albaniya, Chernogoriya, Ichki Moʻgʻuliston, Birma, Fillipinlar, Vyetnam, Kambodja, Laos. Shuningdek, Olmoniya va Yaponiya tarafida qarshilik koʻrsatayotgan tarafning fuqarolaridan yaratilgan koʻpgina kollaboratsion qoʻshinlar jang qilardi: ROA, RONA, SSning xorijiy diviziyalari (rus, ukrain, eston, latish, dat, belgiyalik, fransuz, alban), "Ozod Hindiston". Shuningdek, Oʻq davlatlari qurolli kuchlari tarkibida rasman neytral qolayotgan davlatlarning ixtiyoriy kuchlari bor edi: Ispaniya (Havorang diviziya), Shvetsiya va Portugaliya.

Hududlar[tahrir]

Barcha harbiy harakatlarni 5ta harbiy harakatlar teatriga boʻlish mumkin.

Urushning birinchi davri (sentabr 1939 — iyun 1941)[tahrir]

Polshaga bostirib kirilishi[tahrir]

Asosiy maqola: Vermaxtning Polsha kampaniyasi (1939).
Glayvitsdagi radiostansiya
Bromberg vayronasi

1939-yil, 23-may kuni Hitler kabinetida yuqori lavozimli ofitserlar ishtirokida majlis boʻlib oʻtadi. Bunda Polsha muammosi Gʻarb bilan ziddiyatga aylanishi mumkinligi qayd etiladi. Olmoniya tashqi siyosatining birinchi vazifasi sifatida Sharqqa qarab oʻz hukmronlik doirasini yoyish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishni kafolatlash va Sharq tomonidan tahdidni bartaraf etish qoʻyiladi. Polsha qulay vaziyat tugʻilishi bilan bosib olinishi shart boʻladi.

31-avgust kuni Olmoniya matbuoti „… payshanba kuni soat tahminan 20 larda Glayvitsdagi radiostansiya binosi polyaklar bilan bosib olindi.“ deya xabar beradi.
1-sentabr soat 4:45 da Dansigga doʻstlik tashrifi bilan buyurgan „Shlezvig-Golshteyn“ nemis oʻquv kemasi Vesterplyattdagi Polsha harbiy tuzilmalariga qarata oʻq ochadi. Ikki jahon urushi boshlanadi. [7]

1-sentabr kuni harbiylar formasini kiygan Hitler Reyxstagda nutq soʻzladi. Polshaga boʻlgan bosqinni oqlash uchun Hitler Glayvitsdagi mojaroni sabab qiladi. Bunda u Polshaga ittifoqdosh boʻlgan Angliya va Fransiyaga bilan toʻqnashuvga uchramaslik uchun iloji boricha „urush“ atamasini ishlatmaslikka urinadi. U chiqargan buyruqda faqatgina Polsha zoʻravonligiga nisbatan koʻrilgan „faol himoya“ haqida yozilgan edi.
Shu kunning oʻzida Angliya va Fransiya urush eʼlon qilish tahdidi ostida nemis qoʻshinlarining Polsha hududidan zudlik bilan chiqarilishini talab qiladilar. Fashist Mussolini polyak muammosini tinchlik bilan hal etish uchun konferensiya chaqirishni taklif qiladi. Lekin Hitler buni rad etadi.[8].

1-sentabr kuni Sovet Ittifoqida umumbashar harbiy chaqiriq eʼlon qilindi. Bunda chaqiriq yoshi 21 dan 19 yoshgacha, ayrim turkumlar uchun esa 18 yoshgacha tushiriladi. Ushbu qonun chiqarilishi bilan kuchga kiradi. Qisqa muddat ichida armiyaning son jihatdan tarkibi 5 million kishiga yetadi, bu umumiy aholi sonining 3 % ini tashkil etadi.

1939-yil 1-sentabrda Olmoniya qurolli kuchlari Polshaga bostirib kiradilar. Jangda Olmoniya tarafida yana Slovakiya qoʻshinlari ham ishtirok etadi.

3-sentabr soat 9 da Angliya, soat 12:20 da esa Fransiya hamda Avstraliya va Yangi Zelandiya Olmoniyaga qarshi urush eʼlon qiladilar. Bir necha kun ichida ular qatoriga Kanada, Nyufaundlend, Janubiy Afrika Ittifoqi va Nepal qoʻshiladi. Ikkinchi jahon urushi shu tariqa boshlanadi.

3-sentabr kuni Versal shartnomasiga koʻra Polsha tarkibiga oʻtgan Sharqiy Prussiya shahri Brombergda ushbu urush tarixidagi millat koʻrsatkichi boʻyicha eng dastlabki ommaviy qirgʻin boshlanadi. Aholining 3/4 qismi nemislardan iborat boʻlgan shaharda 1100 kishi polyaklar tomonidan qirgʻin qilinadi. Bu mojaro ushbu oy ichida davom etgan vayronagalarchiliklardan eng soʻnggisi edi. [9]

Nemis qoʻshinlarining hujumi reja asosida borayotgan edi. Polsha kuchlari nemis tanklari va luftvaffesiga nisbatan juda kuchsiz edi.

5-sentabr kuni AQSh va Yaponiya Yevropa urushida oʻzining betaraf ekanligini eʼlon qiladilar. [10]

Gʻarbiy frontda ittifoqdosh ingliz-fransuz qoʻshinlari hech qanday faol harakat olib bormaydilar (G'alati urush maqolasini qarang). Dengizda esa urush jadal tus oladi: 3-sentabrni oʻzidayoq nemis U-30 suvosti kemasi hech qanday ogohlantirishlarsiz ingliz yoʻlovchi layneri "Ateniya"ga hujum qiladi.

Polshada janglarning birinchi haftasida nemis qoʻshinlari bir necha joydan polyaklar frontini kesib oʻtib, Mazoviyaning bir qismini, gʻarbiy Prussiyani, Yuqori-Silez sanoat tumanini hamda gʻarbiy Galitsiyani egallaydilar. 9-sentabrga kelib nemislar butun front boʻylab Polsha qarshiligini yengadilar va Varshavaga yetadilar.

10-sentabrda polyak bosh qoʻmondoni Edward Rydz-Śmigły janubi-sharqiy Polsha tomon ortga chekinish haqida qaror beradi, ammo uning qoʻshinlarining asosiy qismi Visla ortiga oʻtishga ulgurmay, harbiy oʻramaga tushadi. Sentabr oʻrtalariga kelib, gʻarbdan madad olmagani sababli, Polsha qurolli kuchlari yagona birlik sifatida mavjudligini toʻxtatadilar; faqatgina joylardagi qashi kuch markazlari saqlanib qoladi.

16-sentabrda Polshaning SSSRdagi elchisiga Polyak davlati endi mavjud emasligi sababli, Sovet Ittifoqi Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belorussiya aholisini himoyasi ostiga olishi kerakligi haqida aytiladi. 17-sentabrda Hitler bilan kelishtirib olingan rejaga asosan ertalab soat 6 da sovet qoʻshinlari ikki harbiy guruh tarkibida davlat chegarasini kesib oʻtadilar. Vilno, Grodno va Belostokka hujum qilayotgan belorus frontini general Kovalyov boshqaradi. Ukraina frontini esa Lemberg (Lvov)ga bostirib kirayotgan marshal Timoshenko boshqarar edi. Oʻsha kunning kechasi Polsha hukumati va bosh qoʻmondonlik Ruminiyaga koʻchib oʻtadi.

Sovet hukumati: „Polshaning sharqiy tumanlarida yashovchi ukrain va belorus xalqini nemis agressiyasidan himoya qilish uchun qoʻshinlar yuborishi“, — haqida eʼlon qiladi. 19-sentabr kuni Qizil Armiya Vilnoni, 20-sentabrda Grodno va Lvovni egallaydi, 23-sentabrda Bug daryosiga yetib boradi.

SSSRning bostirib kirishidan oldin, Guderianning 19-tank korpusi (Olmoniya) Sharqiy Prussiya tarafidan kelib, Brestni ishgʻol qiladi. General Plisovskiy boshchiligidagi polyak qurolli kuchlari yana bir necha kun davomida Brest qal'asini himoya qiladilar. 17-sentabrga oʻtar kechasi uning himoyachilari kelishilgan ravishda fortlarni tark etib, Bug daryosi ortiga oʻtadilar.

28-sentabr kuni nemislar Varshavani, 30-sentabrda Modlinni, 2-oktabrda Xelni egallaydilar. 6-oktabr kuni Polsha armiyasining soʻnggi kuchlari kapitulyatsiya qiladi. Avvalgi Polsha hududida nemis va sovet qurolli kuchlari oʻrtasida chegara chizigʻi aniqlaniladi.

Gʻarbiy Polsha yerlarining bir qismi Uchinchi reyx tarkibiga oʻtadi. Bu yerlar „olmonlashtirish“ga uchrashi kerak boʻladi. Polyaklar va yahudiylar Polshaning markaziy tumanlariga surgun qilinadilar. Qolgan hududlarda general-gubernatorlik tashkil etilib, u yerda polyak xalqiga nisbatan ommaviy qirgʻinlar oʻtkaziladi. Gettoga yigʻilgan yahudiylar ogʻir holatga tushadi.

SSSRga oʻtgan hududlar Ukraina SSRi, Belorussiya SSRi va Litva tarkibiga kiritiladi. Bu yerda sovet hukumati oʻrnatilib, sotsialistik oʻzgartirishlar amalga oshiriladi (sanoatning milliylashtirilishi, jamoaviy dehqonchilik), sobiq „hukmron sinfi“ — burjuaziya vakillari, pomeshchiklar, badavlat dehqonlar, ayrim ziyolilar surgun qilinib, repressiyalarga uchraydi.

1939-yil 6-oktabrda Hitler kelishmovchiliklarni barataraf etish maqsadida barcha yirik mamlakatlar ishtirokida tinchlik konferensiyasini oʻtkazish taklifi bilan chiqadi. Fransiya va Buyuk Britaniya nemislar zudlik bilan oʻz askarlarini Polsha va Chexiyadan chiqarib, mustaqilligini qaytarishsagina bu konferensiyada ishtirok etish uchun rozilik berishi haqida aytadilar. Olmoniya bu talablarni rad qiladi va oqibatda tinchlik konferensiyasi amalga oshmaydi. Nemis qoʻmondonchiligi Gʻarbga qarab yurishga tayyorlana boshlaydi.

Atlantika uchun kurash[tahrir]

Asosiy maqola: Atlantika uchun kurash (1939—1945).
La-Plata koʻrfazida choʻkayotgan "Admiral Graf Spee" linkori yonmoqda.

Tinchlik konferensiyasida qatnashishdan bosh tortgan Buyuk Britaniya va Fransiya 1939-yil sentabridan to 1940-yilning apreligacha passiv urushni qoʻllab, hech qanday hujum harakatlarini amalga oshirmaydilar. Faol janglar faqatgina dengizda boʻlib oʻtadi. Urushgacha boʻlgan paytda nemis qoʻmondonligi Atlantika okeaniga 2 ta zirhli katta harbiy kema va 18 ta suvosti kemalarini yuboradi. Urush boshlanganidan soʻng ushbu kemalar Buyuk Britaniya va unga ittifoqdosh boʻlgan davlatlarning savdo kemalariga hujum qila boshlaydilar. 1939-yilning sentabridan dekabrgacha boʻlgan davr ichida Buyuk Britaniya nemis suvosti kemalarining zarbalari natijasida 114 ta kemadan, 1940-yili esa 471 ta kemadan ayriladi, nemislarning esa 1939-yildagi yoʻqotishlari atigi 9 suvosti kemasini tashkil etadi. Buyuk Britaniyaning dengizdagi aloqalariga boʻlgan zarbalar 1941-yilning yoziga kelib britan savdo flotining 1/3 qismini yoʻqotilishiga olib keladi va mamlakat iqtisodiyoti uchun jiddy xavf tugʻdiradi.

Sovet-fin urushi[tahrir]

Asosiy maqola: Sovet-fin urushi (1939—1940).
SSSR egallagan hududlar

1938—1939-yillardagi sovet-fin muzokaralari davomida SSSR Kareliya bo'yinining bir qismiga ikki baravar hajmli hududni berishni hamda bir qancha orollar va Xanko (Gangut) yarimorolini harbiy baza sifatida ijaraga berishni taklif qiladi. Finlandiya oʻz hududini boy berishni va harbiy majburiyatlar olishni istamay, savdo-sotiq boʻyicha kelishuvni imzolash va Aland orollarining remilitarizatsiyasi taklifini beradi.

Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSH davlatlarining bosimi tufayli ushbu muzokaralar toʻxtaydi va 1939-yilning 30-noyabrida SSSR Finlandiyaga bostirib kiradi. 1939-yil 14-dekabrda SSSR urush boshlagani sababli Millatlar ligasidan chetlashtiriladi. SSSRni Millatlar ligasi safidan chetlashtirish davomida Ligaga kirgan 52 davlatdan 12 tasi ushbu konferensiyaga oʻz vakillarini umuman yubormaydilar, 11 tasi esa SSSR chetlashtirilishiga qarshi chiqadilar. Aytib oʻtilgan 11 ta davlat ichida — Shvetsiya, Norvegiya va Daniya davlatlari ham boʻlgan.

Dekabrdan to fevral oyigacha sovet qoʻshinlari Mannerheim chizig'ini yorib oʻtishga harakat qiladilar, lekin muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Mannerheim chizigʻida Finlandiya piyoda askarlarining 15 diviziyasiga qarshi sovet mergan askarlarining 15 diviziyasi toʻqnashadilar.

Buyuk Britaniya va Fransiya Skandinaviya yarimoroliga desant tushirishga qaror qiladilar. Bu qaror bilan ular shvedlarning temir ruda konini Olmoniya egallashiga yoʻl qoʻymaslikni hamda Finlandiya himoyasi uchun askarlar yuborish yoʻlini koʻzlaydilar. Ammo, Shvetsiya va Norvegiya betaraflikni saqlab qolish maqsadida oʻz hududida ingliz va fransuz askarlarini qabul qilishga rozi boʻlmaydilar. 1940-yilning 16-fevralida Britaniya esminetslari Norvegiyaning suvdagi hududlarida „Altmark“ nomli nemis kemasiga hujum qiladilar. 1-mart kuni Skandinaviya davlatlarining betarafligida manfaatdor boʻlgan Hitler Daniya va Norvegiyani bosib olish (Weserübung operatsiyasi) haqidagi koʻrsatmani imzolaydi.

1940-yil mart oyining boshida sovet qoʻshinlari Mannerheim chizigʻini yorishga muvaffaq boʻlib, Viborg shahrini egallaydilar. 1940-yil 13-martda Moskvada Finlandiya va SSSR oʻrtasida tinchlik haqidagi kelishuv imzolanadi. Bu kelishuvga muvofiq SSSRning barcha talablari qondiriladi: Kareliya boʻyinidagi chegara shimoli-gʻarbiy tomon 150 km ga suriladi va Fin boʻgʻozidagi bir nechta orollar SSSR tasarrufiga oʻtadi. Finlandiya Ikkinchi jahon urushida oʻz betarafligini saqlaydi. [11]

Urushning tugatilishiga qaramay ingliz-fransuz qoʻmondonligi Norvegiyada harbiy operatsiya rejasini ishlab chiqishda davom etadi, ammo nemislar ulardan ilgarilab ketadilar.

Sovet-fin urushi mobaynida finlar tarafidan Molotov aralashmasi kashf etiladi.

Yevropa blitskrigi[tahrir]

Asosiy maqola: Fransuz kampaniyasi.
Norvegiya qirgʻogʻi yaqinida dengizdagi jang. 10-aprel 1940

1940-yil 9-aprelda Olmoniya Daniya va Norvegiyaga bostirib kiradi.

Nemislar dengiz va havodagi kuchlari vositasida Daniyaning eng muhim shaharlarini hech qanday qarshiliklarsiz egallaydilar va bir necha soat davomida butun dat aviatsiyasini yoʻq qiladilar. Tinch aholini bombardimon qilish tahdidi ostida Daniya qiroli Christian X taslim boʻladi va armiyasini ortga suradi.

Norvegiyada nemislar 9-10-aprel kunlari Oslo, Tronxeym, Bergen, Narvik kabi eng asosiy portlarini egallaydilar. 14-aprelda ingliz-fransuz desanti Narvik shahri ostida, 16-aprelda Namsusda, 17-aprelda Ondalsnesda tushiriladi. 19-aprelda ittifoqdoshlar armiyasi Tronxeym tomon yuradi, ammo muvaffaqqiyatsizlikka uchrab, may oyining boshlarida markaziy Norvegiyadan ortga chekinishga majbur boʻladilar. Iyun boshlaridagi Narvik uchun qator janglardan soʻng ular shimoldan ham chekinadilar. 1940-yilning 10-iyunida Norvegiya armiyasining soʻnggi kuchlari taslim boʻladi. Endi mamlakat nemis okkupatsion boshchiligi (reyxskomissariat) qoʻli ostiga oʻtadi; bu vaqtda Daniya nemis protektorchiligi etib eʼlon qilinib, qisman mustaqilligini saqlab qoladi.

Olmoniya bilan bir payt oʻzida Daniyaga britan va amerika qoʻshinlari hujum qiladi va uning dengizorti hududlari — Farer orollari, Islandiya, Grenlandiyani bosib oladilar.

Nemislarning bombardimonidan soʻng Rotterdam markazi.

1940-yilning 10-mayida Olmoniya 135 ta diviziya kuchi bilan Belgiya, Niderlandlar va Luksemburgga bostirib kiradi. ittifoqdosh armiyalarning 1-guruhi Belgiya hududi tomon yoʻl oladi, ammo gollandlarga yordam berishga ulgurmaydi, chunki nemislarning "B" guruh armiyalari janubiy Gollandiyaga keskin tashlanadi va 12-mayning oʻzida Rotterdamni egallaydi. 15-mayda Niderlandlar oʻz kapitulyatsiyasi haqida eʼlon qiladi.

10-may kuni nemis desantchilari Belgiyada Alberta kanali ustidagi koʻpriklarni egallaydilar, bu nemis tank kuchlariga Belgiya tekisligi tomon oʻtishga imkon beradi. 17-mayda Brussel taslim boʻladi.

Ammo, eng katta zarbani "A" guruh armiyalari beradi. Guderianning uchta tank diviziyasi 10-mayda Luksemburgni egallab, janubiy Ardenlarni kesib oʻtadi va 14-may kuni Maas daryosidan oʻtadilar. Shu paytning oʻzida Hermann Hothning tankli korpusi shimoliy Ardenlardan oʻtadi va 13-mayda Maas daryosiga yetib keladi. Nemis tanklar armadasi gʻarbga qarab yoʻl oladi. Fransuzlarning kechikkan hujumi ularga qarshi chiqa olmaydi. 16-mayda Guderianning qoʻshinlari Uazaga yetib boradi; 20-mayda ular Pa-de-Kale sohiliga chiqadilar va ittifoqdosh armiyalar tomon shimolga buriladilar. 28 ta ingliz-fransuz-belgiyalik diviziya nemislarning qurshovi ostida qoladi.

21-23-mayda fransuz qoʻmondonligining Arras yonida kontrzarba berish urinishi muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin edi, ammo Guderian butun bir tank batalyoni hayoti evaziga bu harakatni toʻxtata oladi. 22-may kuni Guderian ittifoqdoshlarning Bulonga, 23-mayda Kalega qaytish yoʻlini berkitadi va Dunkerkdan 10 km uzoqlikda boʻlgan Gravlinga chiqadi, ammo 24-may kuni u Hitlerning shaxsiy buyrugʻiga koʻra ikki kunga oʻz yurishini toʻxtatadi. Ushbu toʻxtam ittifoqdoshlarga Dunkerk himoyasini kuchaytirishga va oʻz kuchlarini dengiz orqali evakuatsiya qilish boʻyicha "Dinamo" operatsiyasini boshlashga imkon beradi. 26-mayda nemis qoʻshinlari Gʻarbiy Flandriyadagi Belgiya frontini yoradilar va 28-may kuni Belgiya ittifoqdoshlarning talablariga qaramay kapitulyatsiyaga uchrashga majbur boʻladi. Oʻsha kuniyoq Lill tumanida nemislar katta fransuz guruhini oʻrab oladilar va 31-mayda bu guruh taslim boʻladi. Fransuz qoʻshinlarining bir qismi (114 ming kishi) va inglizlarning deyarli butun armiyasi (224 ming kishi) Dunkerk orqali britan kemalarida olib chiqiladi. Nemislar ingliz va fransuzlar ortga qaytishda tashlab ketgan artilleriya, bronetexnika, transport vositalarini egallaydilar. Dunkerkdan soʻng Buyuk Britaniya armiyasini saqlab qolganiga qaramay, deyarli qurolsiz boʻlib qoladi.

5-iyunda nemis qoʻshinlar Lan — Abvil hududida bosim oʻtkaza boshlaydilar. Fransuz qoʻmondonligining himoyadagi harakatlari zoye ketadi. Fransuzlar ketma-ket janglarda magʻlub boʻladilar. Fransuz himoya chizigʻi parchalanib ketadi va qoʻmondonlik oʻz qoʻshinlarini janubga qarata tezda olib ketadi.

10-iyunda Italiya Buyuk Britaniya va Fransiyaga qarshi urush eʼlon qiladi. Italyan qoʻshinlari Fransiyaning janubiy tumanlariga bostirib kiradi, ammo uzoqroqqa surila olmaydi. Oʻsha kuniyoq Fransiya hokimiyati Parijdan evakuatsiya qilinadi. 11-iyunda nemislar Shato-Tyerri oldida Marna daryosidan oʻtadilar. 14-iyunda hech qanday kurashsiz Parijga kiradilar, ikki kundan soʻng esa Rona vodiysiga chiqadilar. 16-iyunda marshal Pétain Fransiyaning yangi hokimiyatini tashkil qilib, 17-iyunda Olmoniyaga sulh tuzish iltimosi bilan chiqadi. 18-iyunda Londonga qochgan fransuz generali Charles de Gaulle fransuzlarni kurashda davom etishlariga chaqiradi. 21-iyunda nemislar endilikda hech qanday qarshilikka uchramay, Nant — Tur hududidagi Luaraga yetadilar, oʻsha kuniyoq ularning tanklari Lionni egallaydi.

22-iyunda 1918-yili Olmoniya oʻz kapitulyatsiyasi haqida eʼlon qilgan xuddi oʻsha vagonda fransuz-nemis sulhi tuziladi. Bunga koʻra Fransiya oʻz hududining asosiy qismini okkupatsiyasiga, yerdagi armiyasining demobilizatsiyasiga hamda harbiy-dengiz floti va aviatsiyasining internirlanishiga rozi boʻladi. Mamlakatning erkin qismida 10-iyulda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarilishi natijasida Pétainning avtoritar tartibi (Vichy tartibi) oʻrnatiladi. Bu rejim Olmoniya bilan yaqin hamkorlik qilishga qaratilgan edi (kollaboratsionizm). Fransiyaning harbiy jihatdan zaifligiga qaramay, bu mamlakatning magʻlubiyati kutilmagan edi va hech qanday ratsional tushunchalarga toʻgri kelmagan.

Vichy qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni François Darlan butun fransuz flotining Fransuz Shimoliy Afrikasining sohillari yoniga olib ketilishi haqida buyruq beradi. Fransuz floti Olmoniya va Italiya nazorati ostiga oʻtishidan hayiqib, britan harbiy-dengiz kuchlari va aviatsiyasi 1940-yilning 3-iyulida Mers-el-Kebirda fransuz kemalariga qarata zarba berishadi. Iyulning oxirlariga kelib britaniyaliklar butun fransuz flotini yoʻq qiladilar yoki neytrallaydilar.

Pribaltika, Bessarabiya va Shimoliy Bukovinaning SSSRga qoʻshilishi[tahrir]

Asosiy maqola: Bessarabiya va Shimoliy Bukovinaning SSSRga qo'shilishi.
Sovet qoʻshinlari Rigaga kirmoqda. 1940-yil, 17-iyun

1939-yilning kuzida Estoniya, Latviya va Litva SSSR bilan majburan qabul qildirilgan oʻzaro yordam haqidagi kelishuvlarni imzolashadi. Bu kelishuvlarga koʻra, yuqorida sanab oʻtildan davlatlar hududida sovet harbiy bazalari joylashtiriladi.

17 июня 1940 годa SSSR predʼyavlyaet pribaltiyskim gosudarstvam ultimatum, trebuya otstavki nedrujestvennix SSSR pravitelstv, formirovaniya vmesto nix t. n. narodnix pravitelstv iz prosovetski nastroennix politikov, rospuska parlamentov, provedeniya vneocherednix viborov i soglasiya na vvod dopolnitelnogo kontingenta sovetskix voysk. V slojivsheysya obstanovke pribaltiyskie pravitelstva bili vinujdeni prinyat eti trebovaniya.

Posle vvoda na territoriyu Pribaltiki dopolnitelnix chastey Krasnoy Armii, v seredine iyulya 1940 goda v Estonii, Latvii i Litve, v usloviyax znachitelnogo sovetskogo voennogo prisutstviya, provodyatsya bezalternativnie vibori v verxovnie organi vlasti. Kak svidetelstvuyut sovremennie issledovateli, eti vibori soprovojdalis mnogochislennimi narusheniyami.[12] Parallelno provodyatsya massovie aresti pribaltiyskix politikov organami NKVD. 21 июля 1940 goda vnov izbrannie parlamenti, v sostave kotorix okazalos prosovetski nastroennoe bolshinstvo[12], napravlyayut Verxovnomu Sovetu SSSR prosheniya o vstuplenii v Sovetskiy Soyuz. 3 августа obrazovana Litovskaya SSR, 5 августа — Latviyskaya SSR, 6 августа — Estonskaya SSR.

27 июня 1940 goda pravitelstvo SSSR napravlyaet ruminskomu pravitelstvu dve ultimativnie noti, trebuya vozvrata Bessarabii (prisoedinyonnoy v 1812 годu k Rossiyskoy imperii posle pobedi nad Tursiey v Russko-tureskoy voyne 1806—1812 godov; v 1918 годu, vospolzovavshis slabostyu Sovetskoy Rossii, Ruminiya vvela voyska na territoriyu Bessarabii, a zatem vklyuchila eyo v svoy sostav) i peredachi SSSR Severnoy Bukovini (nikogda ne vxodivshey v sostav Rossiyskoy imperii, no naselyonnoy preimuщestvenno ukrainsami) v kachestve „vozmeщeniya togo gromadnogo uщerba, kotoriy bil nanesen Sovetskomu Soyuzu i naseleniyu Bessarabii 22-letnim gospodstvom Ruminii v Bessarabii“. Румыния, ne rasschitivaya na podderjku so storoni drugix gosudarstv v sluchae voyni s SSSR, vinujdena soglasitsya na udovletvorenie etix trebovaniy. 28 июня Ruminiya vivodit svoi voyska i administratsiyu iz Bessarabii i Severnoy Bukovini, posle chego tuda vvodyatsya sovetskie voyska. 2 августа na territorii Bessarabii obrazovana Moldavskaya SSR. Severnaya Bukovina organizatsionno vklyuchena v sostav Ukrainskoy SSR.

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. http://www.soldat.ru/doc/casualties/book/chapter5_13_08.html
  2. http://www.soldat.ru/doc/casualties/book/chapter5_08.html
  3. http://www.soldat.ru/doc/casualties/book/chapter5_06.html
  4. http://ru.wikipedia.org/wiki/Польская_кампания#_ref-obobsch_1
  5. http://fr.wikipedia.org/wiki/Bataille_de_France
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  7. II.Weltkrieg /Dokumentation Das III.Reich. Gütersloch :Mohndruck Graphische Betriebe GmbH,. 1989 ISBN 3-88199-536-6
  8. Christian Zentner/ CHRONICK ZWEITER WELTKRIEG / Otus Verlag AG, St.Gallen, S. 20-22, 2007 ISBN 978-3-907200-56-8
  9. Reinhard Pözorny(Hg)Deutsches National-Lexicon- DSZ-Verlag ISBN 3-925924-09-4
  10. Chronik des Zweiten Weltkrieg. MOHN Media. Mohndruck GmbH. Gütersloch.2004, ISBN 3-577-14367-3
  11. [1]Finlandiya va SSSR oʻrtasida tinchlik haqidagi kelishuv, III band, Moskva, 12-mart 1940
  12. 12,0 12,1 Semiryaga M. I. Tayni stalinskoy diplomatii 1939—1941 — M.: Visshaya shkola., 1992.