Shuhratbek Abdurahmonov
| Shuhratbek Abdurahmonov | |
|---|---|
|
| |
|
Mansab davri 2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtgacha | |
| Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ahmadjon Usmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1969-yil 25-dekabr Paxtaobod tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR, SSSR |
| Fuqaroligi |
|
| Millati | oʻzbek |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzlidep |
| Kasbi | agronom |
| Dini | islom |
| Maʼlumoti | Andijon paxtachilik instituti |
| Mukofotlari |
|
| Vikiiqtibosda Shuhratbek Abdurahmonovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Shuhratbek Qoʻshoqboyevich Abdurahmonov (1969-yil, Paxtaobod tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 2013-yil 26-apreldan Andijon viloyati hokimi [1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuhrat Abdurahmonov 1969-yilda Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini (hozirgi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti) agronom mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda „Madaniyat“ agrofirmasi 5-boʻlimi agronom-entomologi boshligʻi. „Navbahor“ kompaniyasining paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1994-yilda „Madaniyat“ agrofirmasining bosh agronomi, 1999-yilda qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻldi. 2000-yilda – „Navbahor“ jamiyatining raisi[2], 2001-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, 2004-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi, 2011-yildan Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi[3], 2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtga qadar Andijon viloyati hokimi. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi va Andijon viloyat Kengashi deputati.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuhrat Abdurahmonov 2010-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[4]
2020-yilda „Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[5]
2019-yil „Mehnat shuhrati“ va 2024-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan [6][7]
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali. 3 nafar farzandi bor[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2013/04/26/andijan/
- ↑ https://repost.uz/abdurahmanov
- 1 2 „абдурахманов шухратбек кушақбаевич“. andijan.uz. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- ↑ „Daryo.uz“.
- ↑ „"Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi farmon“.
- ↑ „"O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (2024-yil 24-avgust).
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 25-dekabrda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Paxtaobod tumanida tugʻilganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Andijon viloyatining hokimlari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari
