Nuritdin Murodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nuritdin Murodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1915
Qoʻqon
Vafoti 1974-yil 16-avgust
Toshkent
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari
„Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Nuriddin Murodovich Murodov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1915-yilda tugʻilgan. 1946-yildan KPSS (b) aʼzosi.

1937-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1937-1974-yillarda okrug plan komissiyasi raisi, Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Davlat plan komissiyasi iqtisodchisi, Oʻzbekiston SSR Savdo xalq komissarligi boʻlimi boshligʻi, viloyat reja komissiyasi raisi, viloyat reja komissiyasi raisining oʻrinbosari, viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR KP (b) Namangan okrug qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Namagan, Xorazm viloyat ijroiya qoʻmitalari raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi farmoni bilan unga Lenin ordeni va „O‘roq va Bolg‘a“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.

SSSR Oliy Kengashining 7, 8, 9-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

1974-yilda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]