Singapur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Singapur Respublikasi
Republic of Singapore
Republik Singapura
新加坡共和国
சிங்கப்பூர் குடியரசு
Singapur davlat bayrogʻi   Singapur davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Majulah Singapura
(Malaycha: Olgʻa Singapur)
Madhiya: Majulah Singapura
(Malaycha: Olgʻa Singapur)
Singapur Xaritasi
Poytaxt Singapur
Rasmiy til(lar) Ingliz, Hitoy, Malay va Indonezia tillari
Hukumat Parlamentlik Respublika
 • Prezident Halima Yoqub
 • Bosh Vazir Lee Hsien Loong
Mustaqillik   Malaziyadan
 • Sana 9 avgust 1965
Maydon  
 • Butun 692.7 km² (190-)
 • Suv (%) 1.43
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 4,425,720 (119- oʻrin)
 • Zichlik 6389/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$132,300 mil. (56-)
 • Jon boshiga AQSh$29,893
Pul birligi Singapore Dollar (SGD)
Vaqt Mintaqasi (UTC+8)
 • Yoz (DST) (UTC+8)
Qisqartma SN
Internet domen .sg
Telefon prefiksi +65


Singapur (Singapore) Singapur Respublikasi (inglizcha - Republic of Singapore, malaycha Repablic Singapura) — Janubiy Sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur o. va unga tutash mayda orollar hamda Malakka yarim orolning janubiy chekkasida joylashgan. Maydoni 640 km². Aholisi 4,45 mln. kishi (2002). Poytaxti — Singapur sh.

Davlat tuzumi[tahrir]

Singapur Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1963 yil kabul qilingan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Dashtat boshligʻi — prezident (2011 yil Iyul oyidan boshlab Dr. Tony Tan, Respublika 7-prezidenti), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan aholi tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Singapur orol Joxor boʻgʻozi orqali Malakka yarim oroldan, Malakka va Singapur boʻgʻozlari orqali Indoneziya o.laridan ajralib turadi. Sohillari pasttekislik, bir oz botqoqlashgan, janubi-gʻarbiy sohillarida marjon riflari bor. Relyefi tekislik (bal. 176 m gacha). Iqlimi ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha temperatura yanvarda 26°, iyulda 27°. Yillik yongʻin 2500 mm. Katta daryosi — Singapur.

Ichimlik suv yetishmaydi, u Malayziyadan keltiriladi. Koʻpgina mayda orollarda odam yashamaydi, ularda tropik oʻsimliklar sakdanib qolgan. Ayrim sohillari mangozorlar bilan band.

Aholisining koʻpchiligi xitoylar (76%). Malayyalar (14%), Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Shri Lankadan kelganlar (7%), yevropaliklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tillar — xitoy, ingliz, malayya, tamil tillari. Dindorlari buddaviylik. konfutsiylik, islom, hinduiylik, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi.

Tarixi[tahrir]

Singapurning ilk tarixi maʼlum emas. 14-asrga oid Xitoy va Yava yilnomalarida bu orol Tumasik (yavacha "masek" — dengiz) deb atalgan. 1275 yil S.ga Yava qiroli Kertanagar qoʻshinlari, 1349 yil Siyom harbiy kemalari hujum qilgan. 1377 yildan orol Yavaga karam boʻlgan, 15-asr boshlarida esa Tan davlatining qiroli Sukotan oʻzini Singapur, Malakka va Malayya hukmdori deb yuritgan, soʻng Joxor sultonligi kuliga oʻtgan. 1819 yil orol inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga qaram boʻlib qolgan. 1826—1946 yillarda S. — StreytsSetlments tarkibidagi ingliz mustamlakasi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Singapurni yapon qoʻshinlari egallab turgan (1942— 45). 1959 yildan Hamdoʻstlik tarkibidagi "oʻzini oʻzi boshqaruvchi davlat". 1963—65 yillarda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965 yil 9 avgustda undan ajrab chiqib, alohida mustaqil respublikaga aylandi. 1965 yil sentdan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 2 yanvarda tan olgan, 1997 yil 8 aprelda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9 avgust — Milliy kun (1965).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma tashkilotlari. S. demokratik partiyasi, 1980 yil tuzilgan; S. xalq partiyasi, 1994 yil tashkil etilgan; Xal k, harakati partiyasi, 1954 yil asos solingan; Ishchi partiyasi, 1957 yil guzilgan; Birlashgan xalq fronti. 1974 yil 5 iartiyaning qushilishi natijasida tashkil topgan. Kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1961 ii. asos solingan.

Xoʻjaligi[tahrir]

S. — Janubi-Sharqiy Osiyoda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28%, transport va aloqaning ulushi 13,1%, qishloq xoʻjaligi ulushi 0,2%.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari — aniq mashinasozlik, elektronika, elektrotexnika, optika, keng isteʼmol mollari va murakkab apparatlar (shu jumladan, kosmik tadqiqotlar uchun eksportga moʻljallangan apparatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Chetdan keltiriladigan xomashyo asosida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan. S. zavodlari yiliga 50 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega. Kemasozlik, kema taʼmirlash, samolyotsozlik, metallurgiya, kimyo, turli asbob-uskuna ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, toʻqimachilik, rezina, koʻn poyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga 20,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari — Singapur. Jurong.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Ekin ekiladigan yer kamligi sababli qishloq xoʻjaligi unchalik rivojlanmagan va mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat hududining 20% ga ekin ekiladi. Asosan, shahar axoliyey uchun sabzavot va meva, ziravor, tamaki, kokos palmasi yetishtiriladi. Choʻchqa va parranda boqiladi. Baliq ovlash va dengiz ovchiligi bilan shugullaniladi. Transport yoʻli uzunligi —83 km, avtomobil yoʻllari — 3 ming km. Dengiz portlari — Singapur, Jurong. Singapur shahri yaqinida xalqaro aeroport bor. Tashqi savdosida qayta eksport qilish katta oʻrin olgan. Xorijiy sayyoxdik rivojlangan. Chetga mashina va asbobuskuna (tashkiliy texnika, teleradioapparatlar), neft mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan turli xom ashyo, oziq ovqat keltiradi. AQSH, Malayziya, Yaponiya, Oʻzbekiston bilan savdo qiladi (2002 yilda Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi 13,6 mln. AQSH dollarini tashkil qildi). Pul birligi — Singapur dollari. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy-maʼrifiy muassasalari va madaniyati. S.da davlatga karashli tibbiy muassasalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar universitetning tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika ftlarida tayyorlanadi. 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻqishi majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 i., oʻrta maktabda 6 yil (3+3). Maktablarning bir qismi davlatga qarashli, qolgan qismi xususiy boʻlib, davlat oʻrta maktablarida pul toʻlab oʻqiladi. Dare, asosan, ingliz tilida olib boriladi, xitoy, malayya, tamil tillari ham oʻqitiladi. Turli kasblarni oʻrgatuvchi hunartexnika taʼlimi tizimi mavjud. 1980 yilda Nanyan va Singapur universitetlari negizida Milliy universitet tashkil etildi. Politexnika instituti, texnika va ped. kollejlari ham bor. Kutubxonalari: Milliy kutubxona, S. Milliy universiteti kutubxonasi, Texnika kolleji kutubxonasi; Milliy muzey (1848—49), Badiiy muzey va galereya (1955) mavjud. Ilmiy ishlar oliy oʻquv yurtlari huzuridagi jamiyatlarda, mintaqaviy ilmiy tadqiqot muassasalarida, Dengiz jonivorlari biol.sini oʻrganish markazida, Janubi-Sharqiy Osiyoni oʻrganish institutida olib boriladi. Singapur shahrida 19-asrga xos eklektika inshootlari koʻproq uchraydi. Uning yevropacha qismida zamonaviy meʼmorlik namunalari, Xitoy dahasida tor koʻchalar va kam qavatli uylar, Malayya dahasida qoziqlar ustiga oʻrnatilgan turar joy va machitlar bor. S. musiqiy madaniyatida malayyalarnnt anʼanaviy sanʼati (dondang sayeng ashula uslubi, jotet raqsi va boshqalar) bilan bir qatorda hind va xitoy qushiqraqs uslublari ham urf boʻlgan. 60 yillar oxiridan buyen sanʼat festivallari oʻtkazib kelinadi. Musiqa arboblari orasida — skripkachi va pedagog Go Sun Te, anʼanaviy musika kompozitorlari Navarro Xoo, Nikolas Sat, Toni Leong va boshqa bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir]

S.da bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Asospylari: "Berita harian" ("Kundalik yangiliklar", malayya tilidagi kundalik gazeta, 1957 yildan), "Biznes tayme" ("Ishbilarmonlar vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1976 yildan), "Lyanxe van bao" ("Birlashgan kechki gazeta", xitoy tilidagi kechki kundalik gazeta, 1983 yildan), "Lyanxe szao bao" ("Birlashgan tonggi gazeta", xitoy tilidagi kundalik gazeta, 1983 yildan), "Singapur biznes" ("Singapur biznesi", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1977 yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. "Singapur interneshnl media", S. radiosi (1936), S. televideniyesi (1963) kabi radio va telekoʻrsatuv hukumat xizmati mavjud.

Havolalar[tahrir]