Litva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Litva Respublikasi
Lietuvos Respublika
ShiorVienybė težydi
(Litovcha: Let unity flourish)
Madhiya: Tautiška giesmė
Location of Litva
Poytaxt Vilnyus
Rasmiy til(lar) Litva tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Dalia Grybauskaitė
Andrius Kubilius
Mustaqillik (Sovet Ittifogʻidan)
• Eʼlon qilingan
11 mart 1990
• Tan olingan
6-sentabr 1991
Maydon
• Butun
65,200 km2 (123-oʻrin)
• Suv (%)
oz.
Aholi
• 2005-yilgi roʻyxat
3,431,000 (131-oʻrin)
• Zichlik 55/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$49,380 mil. (75-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$12,968
Pul birligi Litva Litasi (LTL)
Vaqt mintaqasi UTC+2 EET
• Yoz (DST)
UTC+3 (EEST)
Qisqartma LT
Telefon prefiksi 370
Internet domeni .lt, .eu

Litva (litovcha: Lietuva) yoki Lituania, Litovia, Litova, Lithuania — Sharqiy Yevropada, Boltiq dengizi boʻyida joylashgan davlat. Maydoni 65,2 ming km². Aholisi 2,986 ming kishi (2012). Poytaxti — Vilnyus shahri. Maʼmuriy jihatdan 44 tuman (rajonas)ra boʻlinadi.

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litva Yevropada joylashgan boʻlib, Boltiq dengizi, Latviya, Polsha, Rossiya, Belarus bilan chegaradoshdir.

Internat. Organizasiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kishilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kaunas
  • Klaipeda
  • Siauliai
  • Panevezys
  • Palanga
  • Nida
  • Sventoji
  • Druskininkai
  • Jonava

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Arvydas Sabonis, Basket, Kaunas Zalgiris.
  • Sarunas Jasikevicius, New Orleans, AQSh.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litva — mustaqil demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yilda qabul qilingan (1996-yilda oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2003-yildan Rolandas Paskas). U umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Konun chiqaruvchi oliy organi — seym (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litva hududi Sharqiy Yevropa tekisligida, Boltiq dengizining janubi-sharqiy sohillarida, Nyamunas (Neman) daryosining oʻrta va quyi oqimi havzalarida joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik va kirlardan iborat. Markazida Oʻrta Litva pasttekisligi joylashgan. Sharqi va janubida Boltiq qator tepalari boʻlib, Litva qududida Z qirga boʻlinadi: Aukshtayts, Dzuk va Suduv. Dengiz sohilida qum tepa va plyajlar koʻp. Litvada neft, ohaktosh, dolomit, shisha qumlari, gil, torf, bur, gips, kahrabo va shifobaxsh buloklar (Druskininkay, Palanga, Birshtonas, Likenay) bor. Buloklar atrofida kurortlar barpo etilgan.

Litvada dengiz iqlimi kontinental iqlim bilan almashinib turadi. Kontinentallik gʻarbdan sharqqa orta boradi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3° dan — 6° gacha. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 16,5°— 17,6°. Oʻrtacha yillik yogʻin 750 mm. Daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub.

Eng yirik daryosi — Nyamunas. Kaunas shahridan quyilish joyigacha kema katnaydi. Asosiy irmoqyaari: Nyaris, Nyavejis, Dubisa va boshqa Ular bahorda sersuv. 3000 ga yaqin koʻl bor, eng kattasi — Drisvyati. Koʻllar baliqchilik va suv parrandachiligida foydalaniladi. Tup-roqlari podzol, chimli-podzol, podzol-botqoq, chimli-karbonatli, botqoq, podzollashgan-borli, allyuvial tuproqlar.

Litva hududining 25% (1,6 mln. ga) oʻrmon. Igna barglilar — 65%, keng barglilar — 35%. Qaragʻayzorlar, qoraqaragʻayzorlar bor. Hududining 17% yaylov va oʻtloq; 7% ga yaqini botqoqlik.

Hayvonot dunyosida sut emizuvchilardan malla tovushqon, tulki, boʻri, los, asl va xoldor bugʻular, toʻngʻiz, norka, silovsin, suvsar, suv qunduzi va boshqa yashaydi. Daryo va koʻllarda baliq turi koʻp. Qoʻriqxonalari: Juvintas va Chyapkyalyu. Litva milliy bogʻi bor.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisining 81% litvalar, shuningdek, ruslar, polyaklar, belaruslar ham yashaydi. Rasmiy til — litva tili. Dindorlarning aksariyati — katolik. Shahar aholisi 68,5%. Yirik shaharlari: Vilnyus, Kaunas, Klaypeda, Shyaulay.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litva hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar bu yerda odam tosh asridan yashab kelayotganini koʻrsatadi. Aholi oʻsha davrda urugʻ jamoalari tarzida yashagan, temirchilik, ovchilik va balikqchilik bilan shug'ullangan. Mil. boshlarida yirik qabila va qabila uyushmalari (jemaytlar, yatvyaglar va boshqalar) ajralib chiqa boshladi. 5—6-asrlarda jamoalar yemirilib, sinfiy tabaqalanish boshlandi. 9— 10-asrlardan xunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari avj oldi. 10—12-asrlarda Litva hududida Deltuva, Karshuva, Letuva va boshqa knyazliklar paydo boʻldi. 1240-yilda Buyuk Litva knyazligi vujudga keldi. 13-asrdan L.ga ne-mis ritsarlarining bosqinchilik yurishlari boshlandi. 200 yil davomida Litva bilan nemis ritsarlari oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1236-yil nemis ritsarlari Saule yonida magʻlubiyatga uchradi. 1260-yil Litva qoʻshinlari nemis salibchilari ustidan Durbe koʻli yaqinida boʻlib oʻtgan jangda gʻalaba qozonib, Livon hamda Tevton ordenlarining bosqinchilik yurishlarini vaqtincha toʻxtatdi. 13-asr oʻrtalarida rus yerlarining feodal tarqoqligidan foydalanib, Litva knyazlari belarus, ukrain, rus yerlarini qoʻshib oldi. Gedi-min, Olgerd va Keystut knyazliklari davrida Buyuk Litva knyazligi ancha kengaydi. 14-asr oʻrtalarida Minsk, Sharqiy Volin, Podolye, Kiyev L.ga koʻshildi. Knyaz Vitovt Dnepr va Dnestr oraligʻidagi Qora dengizgacha boʻlgan yerlarni qoʻshib oldi. Bu davrga kelib Litva Sharqiy Yevropada eng yirik davlatga aylandi. 1340—1410-yillarda Tevton va Livon ordenlari yana hujumga oʻtdi, Sterva daryosi (1348) va Kaunas (1362) yonida yirik janglar boʻldi. 1401—09 yillarda salibchilarga karshi jemaytlar qoʻzgʻo-lon koʻtardi. Ichki va tashqi kurash sha-roitida Litva Polsha bilan Krevo ittifoqini tuzdi (1386). 1410-yil 15-iyulda Litva va Polsha qoʻshinlari Gryunvald jangida (1410) Tevton ordeni ustidan gʻa-laba qozondi. 1435-yil Sventa yaqinida magʻlubiyatga uchragan Livon ordeni ham oʻz bosqinchilik yurishlarini toʻxtatdi.

14-asr 2-yarmidan shaharlarda xunarmandchilik, keramika, oyna ishlab chiqarish, zargarlik rivoj topdi. Kaunas, Trakay va boshqa shaharlarda qasrlar qurildi. 15-asr oʻrtalarida Buyuk knyazlar kengashi asta-sekin Panlar radasiga aylandi. 16-asrdan Panlar radasi va seym davlat hokimiyatining asosiy organlari boʻlib qoldi.

1558-yil Rossiya bilan Livoniya urushi boshlandi. Bu urush Litva uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Litva hukmron doiralari Rossiyaga qarshi urushda yordam olish niyatida Polsha bilan yaqin aloqa oʻrnatdi. 1569-yil Lyublin ittifoqi tuzilib, Polsha bilan Litva Rech Pospolita davlatiga birlashdi.

1654—67 yillari rus qoʻshinlari Litvaning sharqiy qismini, 1655-yil Vilnyus va Kaunas shaharlarini bosib oldi. 1667-yil Smolensk yaqinida Rech Pospolita va Rossiya oʻrtasida Andrusov sulhi imzolandi (Belarus yerlari va Ukrainaning Dnepr daryosi oʻng qirgʻoq tomonidagi yerlar Litva tarkibida qoldi). Shimoliy urush (1700—21) yillarida Rech Pospolita Rossiyaning it-tifoqsoshi boʻldi. 17—18-asrlarda Rech Pospolita siyosiy inqirozga uchradi va 1772,1793, 1795-yillarda Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi. Litva Rossiyaga qoʻshildi. 19-asr 2-yarmida podsho hukumati Litvada millatchilik siyosatini kuchaytirdi. Oʻlkada milliy ozodlik harakati boshlandi. 1888-yil Vilnyusda Litva kasaba uyushma harakatiga asos solgan Oʻzaro yordam kassasi va Litva sotsial-demokratiyasi tashkil topdi.l-jahon urushi yillarida Litva xududi harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 1915-yil kuzida Litva hududini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1918-yil 16-fevralda Litva davlatining mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918-yil dekabrda Litva hududining katta qismida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va 1919-yil fevralda Litva-Belarus shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1919-yil avgustda nemis qoʻshinlarining hujumidan soʻng Qizil Armiya boʻlin-malari Litvadan chiqib ketishga majbur boʻldilar. 1920-yil Litva bilan RSFSR oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, shoʻro hukumati Litva mustaqilligini tan oldi. 1940-yil iyunda Litva hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. 1940-yil iyulda Xalq Seymiga saylovlar boʻlib oʻtdi. 1940-yil 21-iyulda Litva shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1941-yilda L.ni nemis-fashist qoʻshinlari bosib oldi, 1944-yil iyul —1945-yil yanvarda shoʻro armiyasi tomonidan ozod qilindi. 1990-yil 11-martda respublika Oliy Kengashi Litva davlatini qayta tiklash haqidagi hujjatni qabul qildi va mamlakat Litva Respublikasi deb atala boshladi. 1990-yil mayda Litva Oliy Kengashi L.ning davlat mustaqilligi haqidagi deklaratsiyami qabul qildi. Litva 1991-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 5-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 16-fevral — Litva davlati kayta tiklangan kun (1918).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Litva demokratik partiyasi, 1989-yilda tuzilgan, 1902—20 yillarda shu nomda faoliyat koʻrsatgan partiyaning vorisi; Litva sotsial-demokratik partiyasi, 2001-yilda asos solingan; Vatan ittifoqi, 1993-yilda tuzilgan; Markaz ittifoqi, 1992-yilda tuzilgan; Litva xristian demokratik partiyasi, 1990-yilda asos solingan; Litva erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litva — industrial-agrar mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoatning ulushi — 51,2%, qishloq xoʻjaligining ulushi — 24,7%, qurilishning ulushi — 9,8%, transportning ulushi — 3,6%, boshqa tarmoqlarning ulushi - 10,1%.

Sanoatning asosiy tarmoqlari — mashinasozlik va metall ishlash, yogʻochsozlik, kimyo va neft kimyosi sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, toʻqimachilik va oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati. Energetika xoʻjaligida gidroenergiya va torf ikkilamchi ahamiyatga ega. Litva issiklik elektr stansiyasi va Vilnyus issiklik elektr markazi keltirilgan gaz, mazut, koʻmir bilan ishlaydi. Kaunas GES, Ignalina AES bor. Litvada yiliga 18,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi xrsil qilinadi. Vilnyus, Rokishkis, Radvilish-kisda qishloq xoʻjaligi mashinalari, Kapsukasda oziq-ovqat korxonalari uchun asbob-uskunalar, Shyaulyayda velosiped, moped dvigatellari, Panevejisda avto-kompressorlar ishlab chikariladi. Kedaynyayda kimyo kombinati (sulfat kislota va superfosfat), Ionavada azotli oʻgʻit zavodi, Kaunasda sunʼiy tola zavodi, Vilnyusda plastmassa buyumlar zavodi, Plungeda sunʼiy charm zavodi bor.

Mahalliy xom ashyo asosida yuqori sifatli sement, gʻisht, ohak, yirik silikat bloklar, drenaj quvurlari, cherepitsa, shifer, yigʻma temir-beton va beton konstruksiyalar hamda detallar tayyorlanadi. Panevejisda yirik oyna zavodi deraza oynasi va oyna bloklari ishlab chikaradi. Ionava, Klaypeda, Kaunas, Shyaulyay, Vilnyus shaharlarida mebel kombinatlari bor. Qogʻoz sanoatining asosiy markazlari — Kaunas, Grigishkes. Kaunasdagi qogʻoz fabikasi yuqori sifatli qogʻoz, Klaypeda, Grigishkes, Pabra-dada karton, Klaypedada sellyuloza va faner, Kaunasda gugurt, Klaypeda, Vilnyus, Grigishkes, Kazlu-Rudada yogʻoch plitalar ishlab chiqariladi.

Yengil sanoatda toʻqimachilik va trikotaj, tikuvchilik, poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Yengil sanoatning yirik markazlari: Kaunas, Vilnyus, Shyaulyay va Klaypeda. Utenada trikotaj fabrikasi va Alitusda ip gazlama kombinati mavjud. Badiiy hunarmandchilik (kahrabo, keramika va boshqalardan buyum yasash) rivojlangan.

Goʻsht, sut, baliq sanoati L. oziqovqat sanoati mahsulotining 3/4 semiki beradi. Klaypeda — baliq ovlash va balik, sanoati markazi. Baliq Boltik, Barens dengizlaridan va Atlantika okeanidan ovlanadi. Qand-shakar, un, konditer, spirt-araq, pivo sanoati hamda meva va sabzavotni qayta ishlash, oʻsimlik moyi olish rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litvada iqtisodiy faol aholining 35% ga yaqini qishloq xoʻjaligida band Litvaga yarokli yerlar 3,4 mln.ga. Gʻalla, kartoshka, sabzavot, yem-xashak, suli, zigʻir, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, darrandachilik (qora tulki va norka), baliqchilik rivojlangan.

Transportining asosiy turlari — temir yoʻl va avtomobil transporti. Litva uz. 3 ming km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 44,5 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 80%. 1986-yildan Klaypeda — Mukran (Germaniya) solda kechuv yoʻli ishlay boshladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 374 ming t dedveyt (1992). Asosiy dengiz porti — Klaypeda, daryo porti — Kaunas. Vilnyus aeroporti xorijiy mamlakatlarning 65 shahari bilan bogʻlangan.

Litva chetga mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, xom ashyo oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Germaniya, Polsha, Belarus, Latviya, Estoniya va Skandinaviya mam-lakatlari. Pul birligi — lit.

Tibbiy xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tibbiyot mutaxassislari Kaunas tibbiyot institutida, Vilnyus universitetining tibbiyot fakultetida va 6 tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Druskininkay, Birshtonas, Likenay, Palanga, Neringa va boshqa balneologiya kurortlari mashhur.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litvada oʻrta umumiy taʼlim deyarli toʻla amalga oshirilgan. 12 oliy oʻquv yurti bor. Eng yiriklari: Vilnyus universiteti, Vilnyus ped. universiteti, Vitautas Magnus universiteti, Vilnyus texnika universiteti, Kaunas texnologiya universiteti, Kaunas tibbiyot akademiyasi, Klaypeda universiteti. Qishloq xoʻjaligi akademiyasi, Litva fanlar akademiyasi bor. Litva davlat kutubxonasi, Fanlar akademiyasi kutubxonasi, klub muassasalari, muzeylar va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litvada bir necha gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Letuvoye aydas" ("Litva aks sadosi", litva tilidagi kundalik gazeta, 1917-yildan), "Letuvos ritas" ("Litva tonggi", litva va rus tilidagi kundalik gazeta, 1919-yildan), "Gimtine" ("Ona diyor", litva tilidagi oylik jurnal, 1989-yildan), "Atgimimas" ("Uygʻonish", litva tilidagi haftanoma, 1988-yildan), "Bichyuliste" ("Doʻstlik", litva tilidagi haftalik gazeta, 1990-yildan). ELTA telegraf axborot agentligi 1995-yildan aksiyadorlik jamiyati, 1920-yilda asos solingan; Litvada radioeshittirish 1926-yildan, telekoʻrsatuv 1957-yildan ishlaydi. Litva radio va televideniyesi 1940-yil Vilnyus shahrida tashkil etilgan.

Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litva xalqi oʻz qarashlari va orzu-umidlarini boy ogʻzaki ijodiyotida — qoʻshiqdar, ertaklar, afsonalar, maqolalarda ifoda etgan. Kds. yozma yodgorliklari 14—16-asrlarda (yilnomalar, huquq mavzuidagi va tarbiyaviy asarlar) yaratilgan. 16—17-asrlarda, asosan, diniy adabiyotlar nashr qilingan (M. Dauksha, Y. Bretkunas va boshqalar)- 17— 18-asrlarda litva tilida epigrammalar, dostonlar, sheʼriy maktublar yuzaga keldi (A. Shimelpenigis, K. Milkus va boshqalar). 19-asr 1-yarmida Litva adabiyoti rivojiga shiorlar D. Poshka ("Jemaytiya va Litva mujigi"), A. Baranauskas ("Anikshchyay qaragʻayzori"), yozuvchi M. Valanchyus ("Palangalik Yuze") kabilar munosib hissa qoʻshdilar. 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida adabiyotda turli janrlar yuzaga keldi. V. Kudirka, P. Vaychaytis, Mayronis (I. Machyulis taxallusi), G. PyatkyavichayteBite va boshqa ijod qila boshladi. Litva adabiyotida tanqidiy realizmning shakllanishi yozuvchi Yu. Jemaytening ijodi bilan bogʻliq ("Kelin", "Pyatras Kurmyalis"). Realist yozuvchilardan V. Kreve, Vayjgantas va boshqa ijodida romantik anʼanalar namoyon boʻldi. 40—60-yillarda P. Svirka, Y. Shimkus, S. Neris kabi yozuvchilar yetishib chiqdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida E. Mejelaytis, V. Reymeris va boshqa yosh shoirlar voyaga yetdi. Urushdan keyingi yillarda Stuoga, Simonaytite, Y. Avijyus va Y. Gribas kabi yozuvchilar samarali ijod qildilar, 50—70-yillarda yaratilgan Ye. Simonaytitening "Vilyuye Karalyus", A. Belyauskausning "Kaunas romani", Y. Avijyusning "Yoʻqotilgan boshpana" romanlari, E. Mejelaytisning "Inson" sheʼriy toʻplami, Yu. Marsinkyavichyusning "Qon va kul", "Devor" dostonlari, Yu. Grushasning "Gerkus Mantas" dramasi Litva adabiyotining yutugʻi boʻldi.

1957—68 yillarda "Litva adabiyoti tarixi"ning 4 jildligi eʼlon qilindi. K. Ambrasas, A. Buchis, L. Gineytis kabi adabiyotshunoslar Litva adabiyotining dolzarb muammolari ustida tadqiqot olib bordilar. Keyingi yillarda G. Korsakene, Y. Doviday-tis, A. Baltakis, Yu. Vaychyunayte, P. Shirvis, S. Ged, Yu. Grushas, K. Say va boshqa yozuvchilarning asarlari shuhrat qozondi.

Oʻzbek va Litva xalqlari oʻrtasidagi adabiy aloqalar rivojlangan. Litva adabiyotining eng yaxshi namunalaridan M.Slutskisning "Jasorat" romani, E.Mejelaytisning "Inson" sheʼriy toʻplami, K.Donyalaytisning "Yil fasllari" dostoni va boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻzbek adiblaridan Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon", Oybekning "Navoiy", Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Abdulla Qahhorning "Sinchalak", Asqad Muxtorning "Chinor" romani va boshqa asarlar litva tiliga tarjima qilingan.

Meʼmorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litva hududida miloddan avvalgi 4— 2-ming yilliklarga mansub turar joy qoldiqlari topilgan. Ular aylana, oval shaklida qurilgan. 5—8-asrlarda atroflari chuqur qilib, yogʻochlar bilan oʻralgan qarorgoxlar, 9—12-asrlarda yogʻoch qoʻrgʻonlar vujudga kelgan. 14-asrda muhim joylarda mudofaa inshootlari qurilgan, qoʻrgʻonlar qurilishida minoralarga ahamiyat berilgan. 15-asrdan boshlab Litvada shaharlar qurilishi tez oʻsdi (koʻpincha, uylar ikki qavatli qilib, birinchi qavatda savdo doʻkonlari, ikkinchi qavatda esa turar joylar qurilgan). 16-asrdan Uygʻonish davri madaniyati taʼsiri kuchaydi. 17—18-asrlarda barokko uslubida serhasham katolik cherkovlar, saroylar qurildi. 18-asrning oxiri va 19-asrning 1-yarmida klassitsizm tamoyillari yoyildi (Vilnyusdagi katta butxona, hozirgi rasmlar galereyasi, shahar ratushasi, hozirgi Badiiy muzey). 19-asrning 2-yarmida va 20-asr boshlarida Litva meʼmorligida oʻtmishdagi uslublarga taqlid kuchaydi, 20—30-yillarda xalq sanʼati va neoklassika anʼanalari taʼsirida binolar qurildi (Kaunasdagi bank, meʼmor M. Songayla). Ikkinchi jahon urushidan key-in shaharlar bosh reja asosida qayta tiklandi, yangi shaharlar vujudga keldi, yirik panelli uylar qurilishi avj oldi. Binolarning old tomonlarini bezatishda yogʻoch, keramika, vitraj, metalldan foydalanishga eʼtibor berildi ("Nyaringa" mehmonxonasi va qahvaxonasi, meʼmorlar A. va V. Nasvitislar va boshqalar). Litvalik meʼmorlar loyihasi asosida Toshkent (Chilonzor)da ham bir necha uy qurilgan.

Tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litva hududida neolit davriga mansub odamlar va hayvonlarning juda sodda kahrabo, yogʻoch haykalchalari, keramika idishlari topilgan. 9—12-asrlarda metallni badiiy ishlash rivoj togan (qurol, zargarlik buyumlari). 16—17-asrlarda portretlar koʻp yaratilgan. Kitob nashr qilishning yoʻlga qoʻyilishi bilan ksilografiya rivojlangan. 17—18-asrlarda saroy va cherkovlarni bezashda haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatidan keng foydalanilgan. 19-asrda yangi davr milliy sanʼati shakllandi. 20-asr boshlarida milliy rassomlik shakllanishiga Adabiy-badiiy jamiyat faoliyati taʼsir oʻtkazdi. Haykaltaroshlardan Yu. Zikaras va P. Rimsha realistik anʼanalarni davom ettirishdi. Rassom M. Chyurlenis ijodida adabiy folklor fantastikasi simvolika bilan hamohang boʻlib ketgan. Zamonaviy rassomlar orasida A. Savitskas, S. Veyverite, Y. Shvajas, V. Yurkunas va boshqa ajralib turadi. Kahraboga sayqal berish, yogʻochsozlik, qoʻlda toʻqish sanʼati rivoj topgan.

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiy folklori laparlar, asosan, ishqiy qoʻshiq (dayna)larga boy. Koʻpchilik boʻlib aytiladigan qad. qoʻshiqlar sutartine deb ataladi. Xalq raqslari turli shakllar yasab, mayin tushiladi. Musiqa asboblari orasida torli sozlardan kankles, puflama so-zlardan ragas (burgʻu), daudite (uzun truba), skuduchay, lumzdyalis (fleyta turlari), urib chalinadigan sozlardan skrabalay va boshqa keng tarqalgan. Professional musiqa 14-asrdan rivojlandi. 16-asrdan cherkov xor musiqa maktablari vujudga keldi, zodagonlarning saroylarida kapella, opera va balet truppalari tashil etildi. 18-asrda Vilnyus teatrida Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining opera va baletlari sahnalashtirildi. 1803-yilda Vilnyus universitetida musiqa kafedrasi ochildi. 1906-yilda "Vilnyaus kankles" jamiyatining kuchi bilan birinchi milliy opera (M. Petrauskas, "Birute") sahnaga qoʻyildi. M. Chyurlenis ilk milliy simfonik va kamer musiqa asarlarini yaratdi. 1920-yilda Kaunasda opera teatri, 1921-yilda balet studiyasi, 1933-yilda konservatoriya ochildi. 1940-yilda Vilnyusda filarmoniya, xalq ijodiyoti uyi, musiqa bilim yurti tashkil etildi. 1948-yilda opera va balet teatri Kaunasdan Vilnyusga koʻchirildi. Keyingi yillarda mahalliy mualliflarning "Marite" operasi, "Dengiz sohilida" baleti, "Oltin dengiz" operettasi tomoshabinlarga taqdim etildi. Simfoniya va kamer janrlari rivoj topdi. Kompozitorlardan A. Rachyunas, Yu. Yuzelyunas, A. Belazaras, V. Yugova, B. Dvarionas va boshqa barakali ijod qildi. Vilnyus konservatoriyasi, ped. institutining musiqa boʻlimi, Shyaulyay ped. institutining musiqa fakulteti, 5 musiqa bi-lim yurti, musiqa va xoreografiya maktablari musiqadan taʼlim beradi. Dirijyorlardan — B. Dvarionas, I. Shvya-das, S. Sondyaskis, xonandalardan — K. Petrauskas, Y. Stasyunas, V. Noreyka va boshqa mashhur.

Teatr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatr sanʼati unsurlari litva xalq hangomalari va turli marosimlarida koʻp uchraydi. 16—18-asrlarda maktab teatrlari faoliyat koʻrsatgan. 1785-yilda Vilnyusda tuzilgan professional truppa Litvada birinchi xalq teatriga asos boʻldi. 1905—07 yillarda va undan keyin Vilnyus, Kaunas, Shyaulyay va boshqa shaharlarda havaskorlik teatrlari, drama toʻgaraklari tashkil topdi. 1919—40 yillarda Kaunas teatr hayotining markazi boʻldi. Bu yerda Milliy teatr (1919 va 1923—25), "Vilkolakis" satira teatri (1919—25) faoliyat koʻrsatib, K. Glinskiye, Yu. Vay-chkus, A. Sutkus kabi rejissorlar samarali ijod qilib, muvaffaqiyatga erishdilar.

Keyingi yillarda Vilnyus davlat teatri va boshqa bir kator teatrlarda ja-hon va litva dramaturgiyasining eng yaxshi asarlari sahnaga qoʻyildi (Yu. Marsinkyavichyusning "Qon va kul", Yu. Grushasning "Gerkus Mantas" va boshqalar). Sahna sanʼati rivojiga B. Dauguvetis, Yu. Siparis, D. Banionis, B. Babkauskas, S. Yukna va boshqa aktyor hamda rejissorlar katta hissa qoʻshdilar.

Vilnyus drama teatri, Yoshlar teatri, Kaunas drama teatri, Shyaulyay, Panevejis, Klaypeda teatrlari, Vilnyus va Kaunasda qoʻgʻirchoq teatrlari bor. Aktyor va rejissorlar Vilnyus kon-servatoriyasida tayyorlanadi.

Kinosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki "Nyamunas oldida" filmi 1909-yilda yaratilgan (operator va rejissor V. Staryavichyus). 1940-yilda Kaunasda hujjatli va xronikal filmlar studiyasi tashkil qilindi. 50-yillarning oʻrtalarida studiya bazasi kengaytirilib, badiiy filmlar ham ishlab chiqarila boshladi. V. Jalakyavichyus, V. Mikalauskas (rejissorlar), I. Gritsyus (operator) va boshqa Litva kino sanʼatida muhim rol oʻynay boshladilar. Rejissor va ssenariychi V. Jalakyavichyusning "Bir kun voqeasi", "Hech kim oʻlishni istamas edi", rejissor R. Vabalasning "Tungi odamlar", "Osmonga narvon", A. Jebryunasning "Qizaloq va aks sado", "Goʻzal" filmlari Litva kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Litvada huj-jatli kino sanʼati rivoji V. Staro-shas, Litva Tautrimas. Litva Matsulevichyuslarning "Oʻz Vatanida", "Polshada 10 kun", "Nyaringa" va boshqa kino ocherklari bilan bogʻliq.

Oʻzbekiston — Litva munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]