Finlandiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Finlandiya Respublikasi
Finlandiya davlat bayrogʻi   Finlandiya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Maamme/Vårt land
(Our Land)
Finlandiya Xaritasi
Poytaxt Helsinki
Rasmiy til(lar) Fin tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Sauli Niinistö
 •  Bosh Vazir   Juha Sipilä
Mustaqillik   Rossiyadan
 •  Sana   6 dekabr 1917
Maydon  
 • Butun 338,145 km² (64-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 5,223,442 (111- oʻrin)
 • Zichlik 15/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$159,700 mil. (50-)
 • Jon boshiga AQSh$30,574
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma FI
Internet domen .fi
Telefon prefiksi +358


Finlandiya (fincha Suomi, shvedcha Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) — Shim. Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5,414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki shahri Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1991 yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan Aland o.lari bu hisobga kirmaydi.

Davlat tuzumi. F. — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000 yil 1 martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi.

Tabiati. Botniya, Fin qoʻltiqlari va Boltik, dengizi sohillari koʻpgina buxta va shxerlar (suv ostidagi va suvdan chiqib turadigan qoyalar) bilan parchalangan. Hududining aksar qismi dengiz sathidan 100–200 m pastda yotuvchi tekislik. Markaziy qismidagi koʻllar atrofi hamda shim. va sharqida tepalik va qirlar bor. Shim.gʻarbida Skandinaviya togʻlarining tarmoqlari joylashgan (eng baland joyi 1365 m — Xaltiatunturi choʻqqisi). Foydali qazilmalardan xromit, temir, mis kolchedani, misnikel, polimetall rudalar, apatit, grafit, magnezit, asbest, talk, marmar, muskovit konlari bor, torf qazib olinadi. Iqlimi moʻʼtadil, shim.da kontinental iklim. Boltiq dengizi va Golfstrim oqimining yaqinligi iqlimga yumshatuvchi taʼsir qiladi. Oʻrtacha temperatura fev.da —3° dan — 14° gacha, iyulda 14° dan 17° gacha. Yillik yogʻin 600– 700 mm. Dare koʻp, qisqa, sersuv, serostona. Yiriklari — KemiYoki, KyumiYoki, KokemyaenYoki, TornioYoki. 60 mingga yaqin koʻl bor (mamlakat hududining 8%), yirik koʻli — Sayma. Botqoq koʻp. Hududning 61% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, jan.dagi podzol, gleypodzol, torfli botqoq tuproklarda aralash oʻrmonlar, shim.da togʻ tundrasi. Yirik milliy bogʻlari — Lemmenyoki, PallasOunastunturi, Oulanka va boshqa F.da 18 qoʻriqxona bor.

Aholisining 93%dan koʻprogʻi finlar. Jan. va gʻarbiy rnlarda shvedlar, shim.da saamlar yashaydi. Rasmiy tillar — fin va shved tillari. Dindorlarning aksariyati lyuterchilar, pravoslavlar ham bor. Shahar aholisi 65,1%. Yirik shaharlari: Helsinki, Tampere, Turku, Espo.

Tarixi. Miloddan avvalgi 3—2ming yilliklarda F. hududida hozirgi saam (lopar)larning ajdodlari yashagan. 1ming yillik boshlarida bu yerga Boltik, boʻyidagi fin qabilalari koʻchib kelib, mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan va natijada fin elati shakllangan. 12— 13-asrlarda F. hududini shvedlar istilo qila boshladi. 19-asr boshlariga kelib u butunlay Shvetsiya qoʻl ostiga oʻtdi. Ammo fin dehqonlari shaxsiy ozodlikni qoʻldan bermadilar. 1808— 09 yillardagi RossiyaShvetsiya urushidan soʻng F. hududi Buyuk Finlyandiya knyazligi tarzida Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. F.ni Rossiya podshosi tayinlagan generalgubernator (1816 yildan senat raisi) boshqardi. Un ga ichki maʼmuriy muxtoriyat bilan birga iqtisodiy muxtoriyat ham berildi. 19-asrning 20-yillaridan F.da iqtisodiy yuksalish tezlashdi. Yogʻoch tilish sanoati, qishloq xoʻjaligida sut chorvachiligi rivojlandi. Rossiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq jonlandi, 1860 yildan uz puli joriy etildi. 19-asrning 2yarmida pultovar munosabatlari qaror topdi. Fin millati shakllana bordi. 80-yillarning oʻrtalarida podsho hukumatining F. muxtoriyati huquklariga tajovuzi kuchaydi. Fin xalqi oʻz milliy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish uchun kurash boshladi. Dastlabki siyosiy tashkilot va partiyalar tuzildi. 1916 i. parlament saylovida F. sotsialdemokratik partiyasi gʻalaba qozondi. 1917 yil 6 (19) dek.da F. seymi mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qildi. 1919 yil F. respublika deb eʼlon qilindi. 1939 i. F.ga SSSR qoʻshinlari hujum qildi. 1939— 40 yil "qishki urush"da finlar qattiq qarshilik koʻrsatishiga qaramay, F. oʻz hududining bir qismidan maqrum boʻldi. 2-jahon urushi yillarida fashistlar Olmoniyasi tomonida boʻldi. 1944 yil urushdan chiqdi. Urushdan keyin mamlakat oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. F. — 1955 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 yil 30 dek.da tan olgan va 1992 yil 26 fev.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6 dek. — Mustaqillik kuni (1917).

Asosiy siyosiy partiyalari va birlashmalari, kasaba uyushmalari. F. soʻl ittifoqi, F. kompartiyasi (1918 yil tuzilgan) bilan F. xalqi demokratik ittifoqi (1944 yil tuzilgan) ning qoʻshilishi natijasida 1989 yil tashkil etilgan; Liberal xalq partiyasi, 1965 yil tuzilgan; Milliy koalitsion partiya, 1918 yil asos solingan; F. qishloq partiyasi, 1959 yil tashkil etilgan; F. sotsialdemokratik partiyasi, 1899 yil tuzilgan; Koʻkatparvarlar ittifoqi, 1987 yil asos solingan; F. Markazi, 1906 yil tashkil etilgan; F. Xristiandemokratik partiyasi (1958 yil F. Xristian ittifoqi nomi bilan tashkil etilgan, 2001 yildan hozirgi nomda); Shved xalq partiyasi, 1906 yil tuzilgan. F. kasaba uyushmalari markaziy tashkiloti, 1907 yilda tashkil etilib, turli nomlar bilan yuritilgan, 1969 yildan qoz. nomda.

Xoʻjaligi. F. —yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliq xoʻjaliginiki 5%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 63%.

Sanoati, asosan, eksportga moslangan boʻlib, oʻrmon, metallurgiya, mashinasozlik (yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati va kemasozlik uchun asbobuskunalar ishlab chiqarish, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyulozaqogoz (tilingan yogʻoch, qogʻoz, karton, faner ishlab chiqarish), qora va rangli metallurgiya, elektr energetikasi, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatning yetakchi tarmoklaridir. F.ning yoqilgʻienergetika resurslari yetarli emas, qattiq va suyuq yoqilgʻining aksar qismi chet ellardan keltiriladi. Elektr energiyaning 1/6 GESlarda, 1/3 AESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Temir, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, xrom rudalari, kobalt, vanadiy, grafit, pirit va boshqa qazib olinadi. Pax va Xyamenlinna shaharlaridagi metallurgiya z-dlarida choʻyan va poʻlat, Xaryavalta va Pori shaharlarida mis va nikel, Kokkolada rux eritiladi. Torniodagi z-dda xrom rudasi qayta ishlanib, konsentrat hosil qilinadi. Tampere, Rauma, Laxti, Vasa, Karxulada mashinasozlik, Xelsinki, Turku, Porvo, Saloda yoʻl qurilishi va qurilish ishlari uchun mexanizmlar, koʻtarmatransport uskunalari, elektron va telefon apparatlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon, ayniqsa, yogochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoatining eksportdagi ulushi katta. Oʻrmon sanoatining asosiy markazlari — Kotka, Kemi va Pori. Chetdan keltiriladigan xom ashyo negizida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan (Nantali, Porvo). Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, mineral oʻgʻit, sintetik materiallar, boʻyoq, xlor, oltingugurt kislotasi va boshqa ishlab chiqariladi. Oyna, chinni, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati, ayniqsa sut sanoati mahsulotining bir qismi eksport qilinadi.

Qishloq xoʻjaligida fermerlik tipidagi mayda va oʻrta yer egaligi ustun. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 8%ni tashkil qiladi. Sutgoʻsht chorvachiligi — qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi. Dehqonchilikda bugʻdoy, yem uchun javdar, arpa, suli, texnika ekinlaridan qand lavlagi, shuningdek, kartoshka, pichanbop oʻt ekiladi. Darrandachilik (norka, kulrang tulki, shim. tulkisi), bugʻuchilik, baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi — mamlakat iqtisodiyotining qad. tarmogʻi. F.da 18 mln. gektardan ortiq oʻrmon bor, yiliga 50—55 mln. m³ yogʻoch kesiladi.

Transportida temir yoʻl uzunligi 5,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 77,7 ming km. Asosiy dengiz portlari: Helsinki, Turku, Kotka. Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Olmoniya bilan parom orqali qatnov yoʻlga qoʻyilgan. Chetga sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar, yoqilgi va moylash ashyolari, keng isteʼmol mollari va boshqa oladi. Rossiya, Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — fin markasi.

Tibbiy xizmati. Vrachlar Helsinki, Turku va Oulu un-tlarining tibbiyot ftlarida, tibbiy hamshiralar tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Helsinkida veterinariya kolleji bor.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Maktab darslari fin yoki shved tillarida oʻtiladi. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. 1968 yil qonuniga binoan, yagona umumiy taʼlim tizimiga oʻtish 1980 yilda nihoyasiga yetkazildi. Majburiy taʼlim — 9 yillik. Majburiy maktab negizida 3 yillik katta oʻrta maktab tashkil etilgan. Davlat, munitsipal va xususiy hunar bilim yurtlari va maktablarida quyi xunartexnika taʼlimi, texnika, ped., tijorat intlarida oʻrta maxsus taʼlim beriladi. 22 oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 11 un-t bor. Yiriklari: Helsinki un-ti (1640), Tamperedagi un-t, Turkudagi Shved un-ti (Abo Akademiya), Tampere, Xelsinki va Lappenranta shaharlaridagi texnika un-tlari. Oliy tijorat maktablari va boshqa mavjud. Bundan tashqari, bir qancha maxsus oliy oʻkuv yurtlari: Ya. Sibelius nomidagi musika akademiyasi, 4 ta chet tillar in-ti va boshqa bor. F.da jami 400 i.t. muassasasi va jamiyat boʻlib, shundan 40 tasi, jumladan, texnika tadqiqotlari markazi (1942), qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot markazi (1898), sellyulozaqogʻoz sanoati markaziy lab., oʻrmon genetikasi (1968) va oʻrmon muhofazasi (1972) i.t. institutlari davlatga qarashli. Oliy oʻquv yurtlari huzurida 50 dan ortiq i.t. instituta va lab. bor.

Yirik kutubxonalari: Helsinki untining kutubxonasi (1640), Helsinki shahar kutubxonasi (1860), Parlament kutubxonasi. Milliy muzey, shahar muzeyi, Helsinki un-tining zool. muzeyi, Botanika bogʻi, Turkuda tarix muzeyi, Tasviriy sanʼat muzeyi, Ya. Sibelius muzeyi, Marianxaminda Kema qatnovi muzeyi va boshqa mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Aamulexti" ("Tonggi gazeta", kundalik mustaqil gaz., 1881 yildan); "Iltasanomat" ("Oqshom gazetasi", kundalik kechki gaz., 1932 yildan); "Suomenmaa" ("Suomi eli", kundalik gaz., 1908 yildan); "Turun pyayvyalexti" ("Turku kunduzgi gazetasi", kundalik gaz., 1898 yildan); "Helsingin sanomat" ("Helsinki yangiliklari", kundalik gaz., 1889 yildan); "Xyuvyudstadsbladet" ("Poytaxt gazetasi", shved tilida chiqadigan kundalik gaz., 1864 yildan); "Kansan lexti" ("Xalq gazetasi", kundalik gaz., 1899 yildan); "Maaseudun tulevaysuus" ("Qishloq istiqboli", haftasiga 3 marta chiqadigan gaz., 1971 yildan); "Me nayset" ("Biz — ayollar", xotinqizlar uchun haftalik jur., 1952 yildan); "Finlandiya segodnya" ("Bugungi Finlyandiya", rus tilida chiqadigan jur., 1982 yildan); "Yuxteysxyuvya" ("Mushtarak manfaat", haftalik jur., 1905 yildan). Fin telegraf byurosi — FTB, 1887 yil tuzilgan, fin gaz.lari, radio va televideniyesining aksiyadorlik jamiyati. Radioeshittirishlar 1926 yildan, telekoʻrsatuvlar 1956 yildan olib boriladi. "Fleysradio", fin radiosi va televideniyesi davlat mahkamasi 1926 i. tashkil etilgan. 1934 yildan davlat nazoratida.

Adabiyoti. Fin yozuvi 1521 yil F.da boshlangan Reformatsiya harakati taʼsirida vujudga keldi. Reformatsiya namoyandasi M. Agrikola 16-asr oʻrtalarida bosma kitoblar nashr eta boshladi va 3 asr davomida aksar diniy kitoblar bosildi. 19-asr adabiyoti fin xalqining shvedlar zulmidan ozod boʻlib, millat sifatida shakllanishi, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish bilan bogʻliq ravishda rivojlandi. 1830 yil Helsinkida "Shanbalik suhbati" adabiyfalsafiy toʻgaragi vujudga keldi. Tugarak aʼzolari bir yil oʻtib "Fin adabiyoti jamiyati"ni tuzdilar (hozir xam mavjud). Folklorshunos E.Lyonrot (1802—84) xalq eposi "Kalevala"ni nashr ettirdi. Shoir Y.L.Runeberg , faylasuf, publitsist va tanqidchi Y.V.Snelman adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Yangi fin adabiyotining asoschisi, ilk milliy drama va romanlar muallifi A. Kivi adabiyotda yangi realistik anʼanalarni boshlab berdi. S.Topelius tarixiy romanlar, Yu.Veksell sheʼr va pyesalar, K.R.Kramsu ijtimoiy mavzuda sheʼrlar yezdi. Minna Kant, Yu.Axo, A.Yarnefelt, K.A.Leyno va boshqa yozuvchilar xalq hayoti va, ayniqsa, ayollarning ayanchli taqdirini haqqoniy tasvirlab berdilar. 20-asr boshlarida turli adabiy oqimlar yuzaga keldi. A.E. Leyno, L.Onerva, V.Kilpi yangi realizm yoʻlidan bordi, M.Lassila hajviy qissa va komediyalar yaratdi, I.Kianto, M.Yotuni, Y.Lextonen umidsizlik kafiyatiga berildi. 2-jahon urushidan keyin A.Eykiy, M.Larni, V.Linna, P.Rintal, V. Meri romanlarida ijtimoy muammolar asosiy oʻrinda turdi. Hella Vuoliyokining haqqoniy pyesalari fin dramaturgiyasining muhim yutugʻi boʻldi. 1897 yildan F. yozuvchilar uyushmasi mavjud. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. anʼanalarga boy. Neolit davriga mansub qoyatosh rasmlari, tosh pichoq, suyakdan yasalgan asboblar, sopol idishlar saklangan. Milodiy 13—15a.lardatoshdan saroy va arklar qurilgan (Savonlinna yaqinidagi Olavinlinna qalʼasi, Turkudagi qasrlar va boshqalar). 14—16-asrlarda toshdan, 17—18-asrlarda xalq meʼmorligi uslubida yogʻochdan cherkovlar barpo etilgan (Tornio va Keurudagi cherkovlar). 19-asr oʻrtalarida meʼmorlikda milliy romantizm oqimi hukmron boʻldi (Xelsinkidagi vokzal binosi, meʼmor E.Saarinen), 19 a. oxiri — 20-asr boshlarida "modern" uslubi rayem boʻldi. 2-jahon urushidan keyin binolar zamonaviy qurilish konstruksiyalaridan foydalanib tiklana boshladi, ayniqsa, jamoat binolari zoʻr mahorat bilan barpo etildi. A.Aalto, R.Piyetilya, A.Ervi kabi meʼmorlar sodda meʼmoriy shakllar asosida jozibador kompozitsiyalar yaratdilar (Seynyatsalo shahrining maʼmuriy markazi, Xelsinkidagi ishchilar madaniyat uyi, "Finlandiya" saroyi, "Prezident" mehmonxonasi b.).

14—15-asrlardagi oʻrta asrlar mahobatli rangtasvirida xalq naqqoshligi rivojlangan (Xattula, Tayvassiladagi cherkov devorlariga ishlangan rasmlar). 18-asrda M.Toppelius mahobatli rangtasvir sohasida shuhrat qozondi. Shu davrda F.da dunyoviy dastgoh rassomligi janrlari ommalashdi (I.Vaklin portretlari, N.Shilmark manzara va natyurmortlari). 19—20-asrlarda fin tasviriy sanʼat maktabi shakllandi, xalq hunarmandchiligi, yogʻoch oʻymakorligi, oʻrta asr mahobatli rangtasvir anʼanalari qayta tiklandi. 20-asr oʻrtalarida V. Aaltonen haykaltaroshlikda shuhrat qozondi. Zamonaviy rassomlardan M.Kollin, A.Kanerva, V.Vionoyya, S. Gryonvall; grafiklardan V.Askola, I.Kolliander, T.Tapiovara; haykaltaroshlardan A.Tukiaynen, R.Utriaynen, L.Pullinen, E.Xiltunen; plakat va dizayn ustalaridan I.Tapiovara, M.Kuyasalolar mashhur. Xalq sanʼatida mato va gilam toʻqish, metall idishlar yasash rivoj topgan.

Musiqasi xalq musiqiy anʼanalari asosida rivojlanib keldi. Xalq qoʻshiqlari (run, yoyku va boshqalar) hozirgacha milliy musiqa folklorida ijro etiladi. Mehnat, marosim, hazil, sevgi qoʻshiqlari, raqs bilan birga ijro etiladigan laparlar keng yoyilgan. Cholgʻu asboblari: kantele (torlichertma), yo Uxikko (torlika monli), tuoxitorvi (puflama); 19-asrdan klarnet va skripka, 20-asrdan garmon ommalashdi. Professional musiqa sanʼati oʻrta asrlarda shakllana boshladi (grigorian, 16-asrdan protestant xoralch).

Birinchi fin operasi ("Qirol Karl ovga chiqdi", 1852) va milliy madhiya muallifi — F. Pasius, birinchi simfoniya (1847) muallifi — A.G.Ingelius. Fin musiqasida F.Shans birinchi marta "Kalevala"dagi milliy ohanglardan foydalanib, "Kullervo" simfonik uvertyurasini yaratdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida M.Vegelius (1882 yil Xelsinkida Musiqa intini tashkil etgan; 1939 yildan Ya.Sibelius nomidagi Musiqa akademiyasi) va R.Kayanus (professional simfonik orkestr tuzgan) milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridir. Ya. Sibelius ijodida milliy musiqa anʼanalari kamol topdi. Zamonaviy kompozitorlar orasida E.Englund, E.Bergman, Y.Kokkonen, E.Rautavara, dirijyorlar orasida G.Shnefoxt, A.Yarnefelt, L.Segerstam, pianinochilar orasida K.Ekman, A.Valeta, yakkaxonlar orasida I.Ekman, A.Rautavara va boshqa mashxur. Xelsinkida opera teatri (1911; 1956 yildan F. Milliy teatri), shahar simfonik va kamer orkestrlari, F. radiosining simfonik orkestri, Xalq konservatoriyasi, F. musikachilar uyushmasi va boshqa ishlaydi. F.da bir nechta Xalqaro musiqa festivali va tanlovlari muntazam ravishda oʻtkaziladi.

Teatri. 1827 yil Helsinkida dastlabki teatr binosi — Teatr uyi qurildi. Unda rus, nemis, shved drama va opera truppalari tomosha koʻrsatdi. 1860 yil bu yerda shved aktyorlaridan iborat birinchi professional teatr faoliyat boshladi. 1872 yil fin tilidagi professional teatr (drama va opera truppalari) tashkil etildi. 1902 yil drama truppasi opera truppasidan ajralib chiqib, Fin Milliy teatri nomini oldi. I.Aalberg , K.Avellan, A.Lindfors, K.Halme, R.Snelman, U.Somersalmi (19-asr oxiri — 20-asr boshi), T.Palo, E.Eronen, E.Volanen, A.Ikonen, X.Salin, E.Yurkka (20-asrning 50—80-yillari) teatrning yetakchi aktyorlaridir. Turli yillarda ishlagan mashhur rej.lar: K.Bergbum, Ya.Xal, Ya.Laxdensuo, E.Kalima, K.Kivima, D.Vitikka, V.Ilmari. Helsinkida Xalqishchi teatri (1914), Milliy shved teatri, Intim teatri, loʻlilarning "Drom" teatri (1982) ham ishlaydi. Tampere, Turku, Laxti, Kuopio va boshqa shaharlarda ham teatrlar bor.

Ularda jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari ham sahnalashtiriladi. Teatr xodimlari Xelsinkidagi Oliy teatr maktabi (1943)da tayyorlanadi.

Kinosi. 1904 yil F.da xronika filmlari suratga olina boshladi. 1906 yil "Apollo" kinofirmasi tuzildi. 1907 yil "Pinhona haydovchilar" (rej. T.Sparre va T. Puro) qisqa metrajli badiiy filmi chiqarildi. 20-yillarda koʻproq milliy adabiyot asarlari: M.Kant komediyasi asosida "Anna Liysa" (rej. T.Puro va Yu.Snelman), S.Topelius novellasi asosida "Rautakyullik keksa baron" (rej. Fager), A.Kiv komediyasi asosida "Nummi etikdoʻzlari" (rej. E.Karu) ekranlashtirildi. "Komediyafilm", "Fennikafilm" va "AkilaSuomikompaniya" firmalari tashkil etildi. 1933 yil E.Karu F.dagi eng yirik "Suomenfilmiteolisus" firmasini tuzdi. Uning eng yaxshi filmlari: "Yuxa" (1937), "Insonning yoʻli" (1940; ikkalasining rej. N.Tapiovara), "Oq kiyik" (1953, rej. E.Blomberg), "Sutchi Xilya" (1953, rej. T.Syarkkya), "Nomaʼlum askar" (1955, rej. E.Layne), "Qizil chiziq" (1959, rej. M. Kassila). 60—70-yillarda ijtimoiytanqidiy yoʻnalishdagi "Ishchining kundaligi" (rej. R.Yarva), "Kalamushlar jangi" (rej. M.Kurkvara), "Zavoddagi otishma" (rej. E.Kivikoski) filmlari yaratildi. 20-asrning oxirgi oʻn yilliklaridagi yaxshi filmlar: "Yovvoyi hayvon belgisi" (rej. Ya.Pakkasvirt) va "Dengiz boʻyidagi tun" (rej. E.Kivikoski).

Finland (Finland Respublikasi) poytaxti — Helsinki shahri. BMT aʼzosi