Kontent qismiga oʻtish

Dilorom Toshmuhamedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova
Дилором Ғофуржоновна Тошмуҳамедова
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri
Mansab davri
2007-yil 20-yanvardan – 2015-yil 5-yanvargacha
Oʻtmishdoshi Erkin Halilov
Vorisi Nurdinjon Ismoilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-fevral 1962-yil (1962-02-19) (62 yosh)
Toshkent viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi
Mukofotlari

Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova (1962-yil 19-dekabr, Toshkentda tavallud topgan) — oʻzbekistonlik shifokor, siyosatchi, jamoat arbobi. 2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari. 2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori. 2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri[1]. Tibbiyot fanlari nomzodi.

Maʼlumoti boʻyicha shifokor. 1984-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini va 2003-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan[1].

1984-1993-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida turli lavozimlarda ishlagan.

1993-1997-yillarda „Farmed“ xususiy korxonasi direktori.

1997-2002-yillarda Oliy Majlisning xalqaro aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.

2002-2007-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalar qoʻmitasi raisi.

2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri.

2007-yilda prezidentlikka nomzod boʻlgan.

2015-yil 5-yanvar kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 1-majlisida uning oʻrnini deputat, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Nurdinjon Ismoilov egalladi[2].

2018-yildan 2020-yilgacha — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori.

2020-yil 17-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari[3]

  1. 1,0 1,1 „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti parliament.gov.uz | Toshmuhamedova Dilorom Gʻofurjonovna“. 2014-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
  2. Parlament Uzbekistana rukovodit Nuriddin Ismoilov, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-13
  3. „Dilorom Toshmuhamedova "Oila" markazi direktori lavozimidan ketdi“.