Akademik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akademik — ayrim mamlakatlarda yuksak ilmiy unvon. Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasida A.lar saylanadi. A. lik unvoni Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va boshqa ilmiy hamda oʻquv muassasalarining olim va ijodkorlari, shuningdek ayrim shaxslarga beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida A.lar ilm-fanni jahon ando-zalari talablari darajasida yuksak ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari mamlakatning intellektual va iqtisodiy salohiyatini rivojlan-tirish va kuchaytirishga javob beradigan, yoshi 65 dan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan fan doktorlaridan saylanadi. Fanlar Akademiyasi akademigi ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etadi; tadqiqotlarning istiqbolli va ilgʻor yoʻnalishlarini shakllantiradi va fanning oʻzi saylangan sohasining yuksak ilmiy darajasi uchun mas’uddir; yuqori malakali ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlash ishlarida, ilgʻor ilmiy maktablarni shakllantirish va rivoj-lantirishda bevosita ishtirok etadi; i.tlarni amalga oshirishda, yuqori mala-kali ilmiy kadrlar tayyorlashda shaxsan erishgan yutuqlari, ilmiy asarlarini oʻz ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni hamda oʻzi saylangan fan sohasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni har yilda Fanlar Akademiyasi ga taqsim etadi; Fanlar Akademiyasi Hay’ati, Fanlar Akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy ko-tibning topshiriqlarini bajaradi, Fanlar Akademiyasi ning Umumiy majlisi ishida faol qatnashadi. Akademiklar Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalarida tanlovdan oʻtmasdan ilmiy lavozimlarni egallash, oʻzining ilmiy asarlarini nashr etish, Fanlar Akademiyasi Umumiy majlisi va Hay’atida koʻrib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish, belgilangan tartibda A.likka nomzodlar koʻrsatish, vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar faoliyatida, ular fanning qaysi yoʻnalishiga taalluqli ekanligidan qatʼi nazar, ishtirok etish, vitse-prezi-dentlar huzurida ilm-fanning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha muayyan Ilmiy kengashlar tuzish haqida takliflar kiritish huquqiga egadirlar. Fanlar Akademiyasi A.lari akademiklik unvoni uchun har oyda belgilangan gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar. A.likka saylovlar Fanlar Akademiyasi ning Umumiy majlisi qaroriga muvofiq ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy majlis aʼzolarining kamida 2/3 qismi ovozini olgan nomzodlar say-langan hisoblanadilar. Ixtisosliklar boʻyicha A.likka nomzodlar koʻrsatish huquqi A.lar, ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muas-sasalari ilmiy kengashlariga beriladi. Fanlar Akademiyasi da akademiyaning xorijiy aʼzosi unvoni ham mavjud. Fanlar Akademiyasi ning xorijiy aʼzolari ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi 251va madaniyati rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan, xalqaro hamkorlikka, tinchlik, barqarorlik ishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qoʻshgan xorijiy fuqarolardan saylanadi. Fanlar Akademiyasi ning xorijiy aʼzolari Hay’atning taqdimnomasiga binoan Fanlar Akademiyasi ning Umumiy majlisida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Fanlar Akademiyasi ning xo-rijiy aʼzolari A.larga tegishli barcha huquqlardan foydalanadilar. Akademiyaning rahbariyatiga saylanish, A.larni saylashda ovoz berish, A.lik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Badiiyot akadimyasi da A.lar milliy, tasviriy, amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik sohalarini yirik asarlari bilan boyitgan va oʻz ijodi, ilmiy, pedagogik faoliyati bilan soha taraqqiyoti uchun ulkan hissa qoʻshayotgan, oʻzbek madaniyati va sanʼatining kelaja-gi uchun munosib, yuqori malakali muta-xassislar tayyorlashda katta yutuklarga erishgan, yoshi 65 dan oshmagan ijodkorlardan saylanadi. Badiiyot akadimyasi haqiqiy aʼzosi akademiya raisi, Boshqaruv kengashi va tegishli A. boʻlimlarning qaror, buyruq, topshiriqlarini bajarishi, sanʼatni yuksak, yorkin ijodiy va ilmiy yutuqlar hamda kashfiyotlar bilan boyitishi, sanʼat yoki sanʼatshunoslik sohasining har tomonlama rivojlanishi uchun shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi, sanʼat va sanʼatshunoslik sohalariga tegishli mutaxassislarni tayyorlashda bevosita qatnashishi lozim. Badiiyot akadimyasi aʼzolari akademiya tarkibida yaratilgan sha-roitlardan foydalangan holda ijodiy, ilmiy asarlar ustida ishlash, akademiyaning ijodiy, ilmiy, oʻquv muassasalaridagi mavjud ilmiy lavozimlarni tanlovda ishtirok etmagan holda egal-lash, ijodiy, ilmiy asarlarini taqdim etish, chop ettirish, akademiya Boshqaruv kengashiga ijodiy, ilmiy, tashkiliy ma-salalar, takliflar bilan murojaat qilish va muxrkamada ishtirok etish huquqiga egadirlar. A. likka saylovlar Badiiy ijodkorlar uyushmasi majlisi va aka-demiyaning Boshqaruv kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan haqiqiy aʼzolarning kamida 50% ovozini olgan nom-zodlar saylangan hisoblanadilar. Ovoz berishda Boshqaruv kengashi aʼzolarining 2/3 qismi qatnashishi shart. Nom-zodlarni davlat, jamoat tashkilotlari va xalqaro tash-kilotlar, madaniyat va sanʼat sohasidagi oliy oʻquv yurtlari koʻrsatishi mumkin. BAda akademiyaning faxriy va xorijiy aʼzosi unvonlari ham mavjud. BAning faxriy aʼzosi etib vatan va jahon madaniyati, sanʼati oldidagi xizmatlari uchun yoshi 65 dan oshgan soha namoyandalari saylanishi mumkin. BAning xorijiy aʼzosi jahon madaniyati, sanʼati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan xorijiy arboblardan saylanadi. Akademiyaning dastlabki haqiqiy, faxriy va xorijiy aʼzolari Badiiy ijodkorlar uyushmasi majlisi tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil