Botirali Hakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Botirali Juraboyevich Hakimov
Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1990 – 1991
Oʻtmishdoshi Madaminjon Obidshoyev
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-mart 1940-yil (1940-03-10) (84 yosh)
Namangan viloyati Chortoq tumani
Siyosiy partiyasi KPSS

Botirali Juraboyevich Hakimov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1940-yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

1959-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1959-1991-yillarda SMU montajchisi, kolxoz bosh muhandisi, Chortoq tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi bosh muhandisi, instruktor, Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari, Yangiqoʻrgʻon tuman ijroiya qoʻmitasi raisi, Yangiqoʻrgʻon RK KPU 1-kotibi, Chortoq RK KPU 1-kotibi, Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston SSR Davlat qishloq xoʻjaligi qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi, O'zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasining 1-kotibi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11 va 12-chaqiriqlari deputati etib saylangan. KPSS XXVII va XXVIII qurultoylari delegati.

Oʻzbekistonda yashaydi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]