Abdulhafiz Jalolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Abdulhafiz Jalolov
Tugʻilishi 2-fevral 1947-yil(1947-02-02)
Vafoti 29-iyul 2019-yil(2019-07-29)
(72 yoshda)
Namangan

Jalolov Abdulhafiz Marahimovich — 1993-2002 yillarda Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi[1][2].

Biografiya[tahrir]

  • Abdulhafiz Jalolov 1947-yilda Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida, Birlashgan qishlog‘ida tug‘ilgandi.
  • 1969-yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1976 yilda falsafa fani bo‘yicha nomzodlik, 1992 yili doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.
  • 1971 yildan eʼtiboran ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan. ToshDU falsafa kafedrasi o‘qituvchiligidan Falsafa va huquq instituti direktorligigacha (1993 yildan) bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
  • 1994 yilda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi birinchi kotibi etib saylangan.
  • 2000 yil yanvarida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Islom Karimovga yagona muqobil raqib bo‘lgandi. Jalolov mazkur saylov payti amaldagi davlat rahbari uchun ovoz berganini bildirgan.
  • 2001 yilda Falsafa va huquq instituti direktorligi, 2003 yilda XDP Markaziy kengashi birinchi kotibligidan ozod etiladi. Shundan so‘ng Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Oliy pedagogika instituti professori lavozimlarida ishlaydi.
  • Abdulhafiz Jalolov 2019 yil 29 iyul kuni Namangandagi o‘zi tug‘ilib-o‘sgan qishloqda dafn etildi.

Manbalar[tahrir]